So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  9 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

"Bobur Arena" projektorlari 1340 lyuksga etkazildi Yangiliklar

"Bobur Arena" projektorlari 1340 lyuksga etkazildi

"Bobur Arena"ni Superliga bellashuvlariga tayyorlash ishlari davom etmoqda.

"12 iyul kuni Liga mutaxassislari Andijonda bo'lib, rasmiy uchrashuv o'tkazish bo'yicha qilinishi lozim bo'lgan, biroq rejadan ortda qolayotgan masalalarni bayonlashtirgandi. 21-23 iyul kunlari Liga Andijonga navbatdagi bor o'z mutaxassislarini yubordi. 

Kelishuvga ko'ra, "Bobur Arena" stadioni projektorlari 19 iyul sanasiga qadar 1500 lyuksni tashkil qilishi kerak edi. Biroq 22 iyul holati bo'yicha projektor yorug'ligi o'rtacha 1340 ni ko'rsatdi. Kiyim almashtirish, hakamlar, komissar va boshqa xonalarni tayyorlash ishlari deyarli yakuniga etgan bo'lib, mazkur xonalarni jihozlash ishlari qolgan. Ish qay tariqa bajarilayotganini ko'zdan kechirish maqsadida kecha – 23 iyul kuni viloyat hokimi SHuhrat Abdurahmonov ham "Bobur Arena"ga tashrif buyurgan.

O'tgan yilning 16 noyabr kuni viloyat hokimi hamda Liga rahbari o'rtasidagi kelishuv asosida "Bobur Arena"da sug'orish va drenaj tizimi, shuningdek, maydon talab darajasiga keltirildi. Projektorlarni sozlash xarajatlari qoplab berildi. Ayni kunlarda projektorning qolgan texnikasi O'zbekistonga kirib kelayotgan bo'lib, yaqin kunlar ichida uning yorug'lik darajasi o'rtacha 1800-2000 lyuksga etkazilishi ko'zda tutilgan. 

SHunga qaramay, Bo'ston dahasida joylashgan stadion bilan bog'liq kamchiliklar bartaraf etilmagan. "Andijon" klubi rahbariyati shu yilning may oyida Ligaga rasmiy xat bilan chiqib, U-21 jamoasining uy uchrashuvlarini shartli ravishda Bo'stonda o'tkazish masalasida yordam so'ragan. Biroq hozirgi kunga qadar texnik zona bilan bog'liq talablar umuman bajarilmagan.

Andijon viloyati hokimligi, viloyat futbol associaciyasi hamda Liga "Bobur Arena"ga Superligani qaytarish ustida ishlamoqda. Ishonamizki, juda qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ishni amalga oshirishning imkoniyati bo'ladi", – deyiladi O'zPFL xabarida.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика