So’nggi yangiliklar

02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  5 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  2 01:52А Серия. "Интер" Туринда ғалабага эришди, "Наполи" ўз уйида "Женоа"ни мағлуб этолмади — икки тур қолганда орадаги фарқ бир очко  2 00:07Ҳаким Фузайлов: "Бугун "Навбаҳор"га мағлуб бўлдик, аммо ортда қолган ҳеч бир беллашувда ўйин борасида рақибга ютқазмадик"  1 23:45РПЛ. "Рубин" 90-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ашурматов эса...  0 22:47Никола Лазаревич: "Иккинчи бўлимда кўпроқ гол уришимиз мумкин эди"  2 22:44АПЛ. "Арсенал" тўртта тўп киритилган "Ливерпуль"га қарши ўйинда ирода қайд этди  12 22:34Асрор Алиқулов: "Рақиблардан чўчиётганимиз йўқ"  1 22:20Суперлига. "Сўғдиёна" "Шўртан" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  10 21:55Эл Классико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 4:3, Мбаппедан хет-трик, Рафинядан эса дубл  48 21:41"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан музокара ўтказмоқда  2 21:19ЛаЛига. "Барселона" мавсумдаги тўртинчи Класикода ҳам ғалаба қозонди  531 21:07ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жасур Жалолиддинов эса...  3 20:50Суперлига. "Машъал" ва "Қизилқум" жанговар дуранг қайд этди  3 20:29Бундеслига. "Байер" — "Боруссия Дортмунд" ўйинида 6 та гол урилди  1

Bobur Akbarov: “Bunyodkor” bilan yana bir yillik shartnomam bor, lekin...” Yangiliklar

Bobur Akbarov: “Bunyodkor” bilan yana bir yillik shartnomam bor, lekin...”

Joriy mavsum dastlab “Bunyodkor” va keyinchalik “Navbahor” tarkibida o'ynagan Bobur Akbarov huquqiy jihatdan “qaldirg'ochlar” azosi sanaladi.
U yana Toshkent jamoasiga qaytadimi yoki “Navbahor”da qoladimi? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida 25 yoshli himoyachining o'zi bilan suhbatlashdik.

- Mavsumni ikki jamoada o'tkazdingiz. Faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- To'g'ri aytasiz, avvaliga mavsumni “Bunyodkor”da boshladim. Takidlash joizki, “qaldirg'ochlar” safida hammasi men uchun yaxshi boshlangandi. Nufuzi jihatdan Osiyoda eng yuqori o'rinda turadigan OCHLda debyut qildim. Biroq keyinchalik kutilmaganda jarohatga yo'liqib safdan chiqdim. Ko'plab mashg'ulotlarni o'tkazib yubordim. Boz ustiga keyinchalik jamoada bosh murabbiy o'zgardi. Sergey Lushan boshqaruvni o'z qo'liga olgach, menga imkoniyat bermadi. SHunda muhitni o'zgartirishga qaror qildim.

- “Navbahor”ga tabiiyki bosh murabbiyning taklifiga binoan borgan bo'lsangiz kerak?


- Ha. Baxtiyor Ashurmatov oliy ligada o'ynab ketishimda katta hissa qo'shgan inson. Ham inson, ham murabbiy sifatida u kishini hurmat qilaman. O'tgan yili “Guliston”da samarali faoliyat yuritganmiz. SHuning uchun “Navbahor”ga ham taklif etdi. Murabbiyga ishonganim uchun ham namanganliklar safiga borib qo'shildim.

- “Navbahor”ga o'tganingizdan keyin asosiy tarkibda o'ynay boshladingiz. Futbolchi uchun aslida ham o'yin amaliyotiga ega bo'lish muhimdir. Namanganliklar taklifini qabul qilib adashmadim deb o'ylaysizmi?


- Albatta. “Navbahor”da o'zimni juda yaxshi xis etdim. Yigitlar huddi bir oiladek inoq bo'lib ketishgan. Murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi munosabat alo darajada. Imkoni bo'lsa yana “Navbahor”da qolib, faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Jamoa bilan sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz. Bu borada imkoniyatimiz borligiga shubha qilmayman.

- Ikkinchi davrada ko'pchilik “Navbahor”ning himoyachilari bo'sh o'yin ko'rsatganlikda deb aytdi. Ayniqsa markaziy himoyachilarning bir qator xatolarga yo'l qo'yilgani aytildi. Bu borada fikringiz qanday?


- Hammani o'z qarashi bor. To'g'ri, bazi vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ygan bo'lishimiz mumkin. Hamma ham xato qiladi. “Bunyodkor”da o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganimdan keyin yangi jamoaga moslashish jarayoni bir oz cho'zilib ketdi. Yigitlar bilan o'yin tomondanar ayrim tushunmovchiliklar yuzaga keldi. Lekin bu uzoq davom etmadi. Agar xatolarimiz juda ko'p bo'lganida murabbiy bizni zaxirada qoldirardi. Lekin unday xolat bo'lgani yo'q. Deyarli barcha o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdim. Buning uchun murabbiylarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- "Navbahor" futbolchilar bilan haligacha to'liq hisob kitob qilmagan. shunga qaramay jamoada qolib, faoliyatingizni yana shu klubda davom ettirishni o'ylayotganingizni qanday tushunish mumkin?


- Bu gapizga qo'shilmayman. To'g'ri, to'liq hisob-kitob qilmagan bo'lishi mumkin. Lekin u qadar vahima kiladigan darajada qarzi yo'q. Aniq aytishim mumkin, qolgan o'sha oz miqdordagi qarzidan yaqin kunlarda qutiladi. Buni aslida qarz ham deb bo'lmaydi aslida. Deyarli berib bo'lgan. Kolaversa Baxtiyor Ashurmatov vadasini ustidan chiqadigan murabbiy. Biz futbolchilar unga to'liq ishonamiz. Bu murabbiy bilan “Guliston”da ishlagan paytlarimizda ham pullarimizni to'liqligicha berishgandi. Boshka jamoalarda ham bu kabi muammolar bor. Lekin “Navbahor” u darajadagi jamoa emas.

- Oliy liga jamoalari hademay yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Keyingi taqdiringizni qaysi jamoa bilan bog'lamoqchisiz?  


- “Bunyodyokor” bilan yana bir yillik amalda shartnomam bor. Lekin hozir aniq to'xtamga kelingani yo'q.

- U holda yig'inni dastlab “qaldirg'ochlar” bilan boshlashingiz mumkin ekanda?


- SHunaqa bo'lsa kerak. Lekin klubdan hech kim menga hozirgacha aloqaga chiqmadi.

- “Bunyodkor”ga qaytish borasida o'zingiz o'ylab ko'rdingizmi?

- Hozirgi bosh murabbiy Sergey Lushanning menga imkoniyat berishiga ishonchim yo'q. Negaki, o'tgan yili o'ynash uchun 5 daqiqa ham imkoniyat bermagan edi. Bunday sharoitda futbol o'ynash juda qiyin. Futbolchi sport formasidan chiqib ketishi ham hech gap emas. Bu vaziyatni boshimdan o'tkazdim. SHuning uchun mavsumning  ikkinchi yarmini “Navbahor”da o'tkazishga karor qilgandim.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика