So’nggi yangiliklar

17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  2 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  1 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  0 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  5 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  4 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  8 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2

Bobur Abduxoliqov: "Hozirgi jamoamiz Osiyo chempioni bo'lishga qodir" Yangiliklar

Bobur Abduxoliqov: "Hozirgi jamoamiz Osiyo chempioni bo'lishga qodir"

Sizga yaxshi malumki, kelasi yilning yanvar oyida Xitoyda o'tkaziladigan yoshlar (U-22) o'rtasidagi Osiyo chempionatining final bosqichida ishtirok etadigan 16ta jamoaning nomi malum bo'lgan edi.

Xabaringiz bor, saralashning D guruhida bahs olib borgan O'zbekiston termasi o'z kvartetida birinchi o'rinni egallab, qita birinchiligi final bosqichining dastlabki qatnashchisiga aylangandi. Biz jamoaning etakchi hujumchisi Bobur Abduxoliqovdan intervyu oldik.

- Avvalo, Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasi qo'lga kiritilgani bilan tabriklaymiz. Uchta uchrashuvda g'alaba - ajoyib natija. Suhbatimiz avvalida saralashga olib borilgan tayyorgarlik, o'tkazilgan o'yinlar haqida malumot bersangiz.

- Tabrik uchun rahmat. Osiyo chempionati saralash bosqichiga avvaldan belgilangan reja asosida tayyorgarlik ko'rdik. Xalqaro turnirlarda qatnashdik, xorij yig'inlari tashkil etildi.

Buning mahsuli o'laroq, ishonchli g'alabalarga erishdik. Lekin jamoaviy o'yinni shakllantirish bo'yicha hali yana ishlashimiz kerak. Eng muhimi, oldimizga qo'yilgan dastlabki vazifa bajarildi.

Qitaning ko'zga ko'ringan jamoalaridan birini o'z maydonida mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritdik. Qizig'i, BAA termasi guruhda qolib ketdi.

- Amirliklar jamoasiga qarshi kechgan muhim uchrashuvda nimaning hisobiga muvaffaqiyat qozondinglar?

- Raqibni yaxshigina o'rganib chiqqandik. So'nggi tur oldidan bor etiborni BAA termasining kuchsiz tomonlariga qaratib, o'z o'yinimizni shu asosda tashkil qildik. Voqealar rivoji biz xohlagandek davom etdi.

Yani, raqibga qaramay, shunchaki, reja asosida to'p surdik va yakunda chiroyli g'alabaga erishdik. Balki o'sha uchrashuvda uch ochko olishni biz ko'proq xohlagandirmiz?! Mezbonlarni durang ham guruh g'olibi sifatida Osiyo chempionati final bosqichiga olib chiqardi. Menimcha, ular shunga ishonib harakat qilishdi.

- BAAning mezbonligi ularga ustunlik taqdim etishi mumkin edi. Bu holat sizlarni o'yindan oldin xavotirga solmadimi?

- Yo'q, aslo. Lekin mezbon sifatida ustunlikka ega ekanliklarini bilardik. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi, deyishadi-ku.

- Osiyo chempionatiga yo'l olgan barcha termalarning nomi malum bo'ldi. Qaysi jamoa bilan bir guruhga tushmasligimizni yoki aksincha, qaysi biriga to'qnash kelishimizni xohlardingiz?

- Eron, BAA kabi qitamizning kuchli jamoalari Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqa olishmadi. Bu ularning kuchsiz ekanligidan emas, aksincha, boshqa mamlakatlarda ham futbol o'sayotganidan dalolat. Saralashda qayd etilgan natijalarni tahlil qilsangiz, shu paytgacha autsayder maqomida bo'lib kelgan jamoalar ham avvalgidek yirik hisobda yutqazishmayapti.

Garchi Xitoy final bosqichi mezboni bo'lsada, saralashda ishtirok etdi va o'z uyida o'tadigan musobaqa g'olibligiga asosiy davogarlardan biri ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Ular Yaponiyadan ustun kelishdi (2:1). Janubiy Koreya vetnamlik futbolchilarni bazo'r mag'lubiyatga uchratdi  (2:1). SHundan kelib chiqib aytsam, qura natijasi unchalik katta ahamiyatga ega emas.

Hozirgi shakllangan tarkibimiz Osiyo chempioni bo'lishga qodir. SHaxsan men shunday deb o'ylayman. Futbolchilarning bari oliy liga jamoalarida muntazam o'yin amaliyotiga ega. Qura bizga taqdim etgan raqiblardan kelib chiqib, federaciyamiz mutasaddilari tayyorgarlik rejasini ishlab chiqishadi.

- Terma jamoamizda murabbiylar ko'p almashdi. Bu holatga munosabatingiz qanday?

- Bilmadim, ushbu masalada hech qanday fikr bildirolmayman. O'FF shunday qarorga kelayotgan ekan, demak buning uchun etarlicha asos bor. Nima bo'lgan taqdirda ham bu o'zgarishlar o'z samarasini berdi.

- Ravshan Haydarovning asosiy futbol falsafasi nimadan iborat? Hujumkor o'yinmi yoki ...?

- Ravshan Akmalovich jamoaviy o'yinga etibor qaratyaptilar. Raqibga qarab taktika tanlanadi. Kerak vaziyatda hujumga o'tiladi. SHu bilan birga himoyani ham unutmaslikni uqtiradilar. Zamonaviy futbolda hech narsa etibordan chetda qolmaydi.

- Terma jamoamizning kamchiliklari nimalarda ko'zga tashlandi?

- Kamchiliklarni bilamiz. Osiyo chempionatining final bosqichiga qadar etarlicha vaqt bor. Ana shu muddat mobaynida zaif nuqtalarni bartaraf etib boramiz.

Hujumlar juda ko'p, ulardan yanada samaraliroq foydalanishimiz shart. Yuqorida Ravshan Haydarovning asosiy etiborni jamoaviy o'yinni shakllantirishga qaratayotganini aytgandim.

O'ylaymanki, final bosqichiga tayyorgarlik ko'rish jarayonida O'FF kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlarini tashkil etib beradi.

Manba. "Interfutbol" gazetasi


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика