So’nggi yangiliklar

09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  0 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  1 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  0 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  2 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  27 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  87 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  19 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  1

Bobur Abdurahmonov: “Oq-tepa”da meni yaxshi qabul qilishdi” Yangiliklar

Bobur Abdurahmonov: “Oq-tepa”da meni yaxshi qabul qilishdi”

Kuni kecha jamoamiz yarim himoyachisi Bobur Abdurahmonov “Asr Futboli” gazetasi muxbiriga intervyu berdi. Quyida suhbatning “Oq-tepa”ga tegishli qismini o'qishingiz mumkin.
- Bobur, “Oq-tepa”ga kelib qolishingiz qanday amalga oshdi?
- “Paxtakor-2”ning bosh murabbiyi Ilhom aka Mo'minjonovning tavsiyasi bilan keldim. Maruf Zokirjonov ikkimiz davralar oralig'ida mashg'ulotlarga qo'shildik. Jamoaning tog'da tashkil qilgan yig'inida ishtirok etdik. Harakatlarimiz murabbiylarimizga manzur kelgan shekilli, Burchmulladagi yig'indan so'ng “Oq-tepa”da qolishimiz aniq bo'ldi.

- Klubdagilar sizni qanday qarshi olishdi?
- Jamoada bizni yaxshi kutib olishdi. Boz ustiga, bu erdagi bolalarning aksarini avvaldan tanirdim. Xususan, Xislat Usmonov bilan bolalikdan birga katta bo'lganmiz. “CHig'atoy”da ham birga shug'ullanganmiz. Azamat Mamajonov bilan “Paxtakor-2”da birga o'ynaganmiz. Xullas, “Oq-tepa”ning ichki muhitiga moslashib olishim unchalik qiyin kechgani yo'q.

- Jamoaga qo'shilganingizda asosiy tarkibda joy olishingizga ishonganmidingiz?

- “Oq-tepa”ning yarim himoyasida tajribali o'yinchilar to'p surishi tufayli raqobat kuchli ekanligini inobatga olgan holda bosh murabbiyimiz menga ilk uchrashuvdayoq ishonch bildirishini kutmagandim. Lekin hammasi teskari bo'lib chiqdi. Xursand bo'ladigan jihat shuki, Aleksandr Sultanovichning ishonch sababli o'zimga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Mashg'ulotlarda o'z ustimda ishlab, bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qildim.

- “Oq-tepa” sizga nimasi bilan yoqdi?
- Jamoadagi bolalarning bir-biri bilan ahilligi yoqdi.

- Yakunlangan mavsum haqida fikrlaringiz?
- Birinchi ligada ilk bor o'ynadim. Bunga qadar “Paxtakor” o'rinbosarlari safida va Estoniya chempionatida to'p surganman. “Oq-tepa” uchun mavsumning ikkinchi qismi yaxshi o'tdi. 23 o'yinda mag'lubiyat neligini bilmagan “Mashal”ning “yurishini” to'xtatganimiz esda qolarli bo'ldi.

- Nega mavsumning so'nggi uchrashuvlarida “Oq-tepa”ning o'yinida pasayish kuzatildi. Jamoa hatto uydagi bahslarda ham ochko yo'qotdi?!
- Ikkinchi bosqich avvalida tajribali himoyachilar Doniyor Usmonov va Andrey SHashkov jamoani tark etdi. Natijada tarkibimiz sezilarli darajada yoshardi. Tabiiyki, bu o'yinimizga ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi.

- Unda aytingchi, safardagi bahslardan g'alaba bilan qaytishga nima etishmadi?
- Asosiy sabab, o'yinga uchrashuv kuni etib borishimiz bo'lsa kerak?! Sababi, yo'l azobi har qanday kishini charchatadi. CHarchagan holda maydonga chiqib, o'z o'yinini namoyish qilish qiyin. Qolaversa, ayrim bellashuvlarda hakamlar ham g'alabamizga to'sqinlik qildi. Oddiy misol, “Registon” bilan Samarqanddagi bellashuvning qo'shib berilgan daqiqalarida hakam yo'q joydan darvozamizga penalti belgiladi. Raqib azosi jarima maydonchamiz ichida sirpanib yiqilib tushgani uchun jazolandik. Bunaqasi har doim ham uchrayvermaydi.


MA'LUMOT UCHUN
BOBUR ABDURAHMONOV
Tug'ilgan sanasi:
19.04.1992 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: markaziy yarim himoyachi
Birinchi murabbiylari: Oybek Abdurahmonov, Ahmad Ubaydullaev
“CHig'atoy” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi.
To'p surgan jamoalari: “Paxtakor” (o'rinbosarlar, 2009 – 2011 yillar), FK “Lootus” (Estoniya, 2012 yil), “Paxtakor-2” (2013 yil, birinchi davra), “Oq-tepa” (2013 yil, ikkinchi davra)
Kumiri: Mirjalol Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика