So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  5 18:56Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм". Таркиблар маълум  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4

Bobir Abduxoliqov: “Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz” Yangiliklar

Bobir Abduxoliqov: “Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz”

Futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o'tayotgan Osiyo chempionatida chorak final bahsiga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqda.

Etiboringizga jamoamiz hujumchisi Bobir Abduxoliqov bilan guruh bosqichi yakunlari va yigitlarimizning bo'lajak o'yinga olib borayotgan tayyorgarligi haqida suhbatni havola qilamiz: 


–  Guruh bosqichini ko'ngildagidek o'tdi deya olasizmi? 

–  Xudoga shukur, ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqib oldik. O'yinlar haqida to'xtaladigan bo'lsak, shuni aytish lozimki, bizning guruhda juda kuchli jamoalar yig'ilgan edi. O'yinlarimizdan to'la ko'ngil to'ldi deya olmaymanku, lekin asosiy vazifani uddaladik. Endi keyingi bosqichga tayyorlanyapmiz. Buyog'iga xato qilib bo'lmaydi. 


–  Har bir o'yinda yurtimizning turli hududlaridan kelgan ko'p sonli muxlislarimiz sizlarni qo'llab-quvvatlamoqda. Ularning shunday qo'llab turishi qanchalik dalda bo'lmoqda? 

–  Bu borada muxlislarimizga katta rahmat aytib qolaman. Biz ularning qo'llab-quvvatlashlarini his qilib turibmiz. SHuningdek, yurtimizda ota-onalarimiz, millionlab vatandoshlarimiz ham duo qilishmoqda. Biz buni his qilgan holda maydonga tushyapmiz. Ularning bunday qo'llab turishi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Xudo xohlasa, mana shunday qo'llab turishlari ortidan biz Olimpiadaga chiqamiz. 


–  Mana, chorak final o'yini ham yaqinlashib kelmoqda. Raqib biz uchun qanchalik tanish? 

–  Biz BAA jamoasi bilan tayyorgarlik doirasida bir marotaba o'rtoqlik o'yinini o'tkazganmiz. Rasmiy o'yin bo'lmagani uchun ular ham, biz ham bor kuchimiz bilan o'ynamagan edik. CHorak final bitta o'yindan iborat. SHuning uchun unga jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerak. Aytib o'tganimdek, xato qilishga haqqimiz yo'q endi. Allaqachon o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Raqibning guruh bosqichidagi o'yinlarini tahlil qilib chiqyapmiz. Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. 


Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston jamoalari o'rtasidagi chorak final o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика