Bobir Abdixoliqov: "Saudiya Arabistoni bilan juda qiyin bahs kutib turibdi"
19 jan 2020 21:48
Yangiliklar
Bobir Abdixoliqov: "Saudiya Arabistoni bilan juda qiyin bahs kutib turibdi"
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA - O'zbekiston (1:5) uchrashuvidan keyin Bobir Abdixoliqov mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.
"Xudoga shukur g'alaba qozondik. Maqsadimiz yarim finalga chiqish edi. Uchrashuvni xatolar bilan boshladik va gol o'tkazib yubordik. Lekin tezda o'zimizga keldik. Keyingi o'yinda ham albatta g'alaba uchun maydonga tushamiz.
Ro'ziqul Berdiev hamda Vadim Abramov Tailandga uchib kelib, bizga ruhiy tomonlama dalda berishdi. Xalqimizning, ota-onamizning duolari tufayli g'alaba qozondik deb o'ylayman.
Saudiya Arabistoni bilan juda qiyin bahs kutib turibdi. Bo'lajak raqibimiz yaxshi shakllangan hamda o'rtaga Olimpiada yo'llanmasi tikilgan. Xudo xohlasa finalga va Olimpiadaga chiqamiz", - deydi Bobir Abdixoliqov.
Akramjon Mamadaliev yozib oldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar