Boateng: Ronalduni butkul yopib qo'yishning ilojisi yo'q
24 apr 2018 09:25
Yangiliklar


Boateng: Ronalduni butkul yopib qo'yishning ilojisi yo'q
“Bavariya” himoyachisi Jerom Boateng ECHL yarim final bahsi doirasida “Real”ga qarshi kechadigan o'yinlarda madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduni qanday to'xtatib qolish mumkinligi haqida to'xtaldi.
“Faqat jamoaviy o'yin evaziga Ronalduni to'xtatib qolishimiz mumkin. Raqib jarima maydoni ichida u xuddi mashinadek ishlaydi. Ronalduni butkul yopib qo'yishning ilojisi yo'q, u har doim o'ziga qulay vaziyat yarata oladi. “Real” o'z o'yinini uning atrofida quradi, shu boisdan Ronalduga bo'sh zona taqdim etmaslik juda zarur”, — deydi Boateng.
Malumot uchun, jamoalar o'rtasidagi o'yin 25-aprel va 1-may kunlari bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar