"Bizni mana shunday jang kutayotganini bilgandim". Sautgeyt Daniya bilan o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi
08 iyu 2021 07:55
Yangiliklar
"Bizni mana shunday jang kutayotganini bilgandim". Sautgeyt Daniya bilan o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Daniyaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Futbolchilarimiz bilan faxrlanaman. Bunday g'alabaning bir bo'lagi bo'lish juda ajoyib. O'yin oson bo'lmasligini sezgandim. Rimda (Ukrainaga qarshi o'yin) oddiyroq bo'lgandi.
Finalga chiqishimizga ishonardim, ammo bizni mana shunday jang kutayotganini bilgandim. Daniya bizga ko'plab muammolar tug'dirdi.
Bazi futbolchilarda tajriba kam bo'lishiga qaramay, ajoyib o'yin ko'rsatishdi.
Italiya juda ajoyib jamoa. So'nggi ikki yildan beri mana shunday fikrdaman. Ular yaxshi formada va tajribali himoyachilari bor. Bu ajoyib o'yin bo'ladi", - dedi murabbiy.
Fikrlar