So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Biz siz bilan faxrlanamiz! Yangiliklar

Biz siz bilan faxrlanamiz!

Jismoniy imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizning xalqaro miqyosdagi turli nufuzli sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani mamlakatimizda muxtaram Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ommaviy sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlarning samarasidir.
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni. Bu kun yurtimizda aholining ko'makka muhtoj qatlami, imkoniyati cheklangan insonlarga moddiy va manaviy yordam berish, ularni jamiyatda o'z o'rnini topishi uchun ko'maklashishga chorlash, bir-birimizga mehr-muruvvat ko'rsatishga undash ramzi sifatida nishonlanib kelinadi.

Malumki o'zbek xalqi  mentalitetida uzoq  o'tmishdan atrofdagilarga  nisbatan manaviy xamdardlik, moddiy  jihatdan  bir-birini  qo'llab – quvvatlashga moyillik, rahmdillik, uyushib, hamjihat bo'lib  yashashga  intilish  kabi  insoniy  xislatlar  doimo  etakchilik qilib kelgan. Eng avvalo, ota-onaga, qavm-qarindoshlarga, do'stu-birodarlariga mehr-muruvvat ko'rsatish  istagi  bilan  yashash  xalqimiz xayotining  ibratli  jihati  bo'lib kelmoqda.   

Qadim tarix va yuksak madaniyatga ega bag'rikeng o'zbek halqi har doim nogiron va nochorlarning boshini silab kelgan. Inson manfaatlari qadrlanadigan mamlakatimizda qalbi o'ksik insonlarga qaratilayotgan etibor, g'amxo'rlik har jihatdan etirofga loyiq.

Yurtimizda milliy futbolimiz jadallik bilan rivojlanmoqda. Bundan 10-15 yil avvalgi o'zbek futboli bilan bugungisini taqqoslab bo'lmaydi, endilikda xar bir bir terma jamoamizdan eng yuqori natijalar talab etilishi mamlakatimizda millionlar o'yinini rivojlanayotganligidan dalolatdir. SHu o'rinda millionlar o'yiniga mexr qo'yib, xaqiqiy vatanparvarlik tuyg'usini ko'rsatib, ketma-ket 3 marotaba futbol bo'yicha nogironlar o'rtasida jaxon chempioni bo'lgan nogironlar terma jamoasiga qo'limizni ko'ksimizga qo'ygan xolda “Biz siz bilan faxrlanamiz!” deb qolamiz.

Darhaqiqat, amputantlarimiz erishayotgan yutuqlar taxsinga loyiqdir, biz shunday fidoiy yurtdoshlarimiz bilan xar qancha faxrlansak arziydi. Axir milliy terma jamoamiz jaxon chempionatiga chiqa olmayotgan pallada nogironlar jaxon chempionatida qatnashib, chempion bo'lishi xaqiqiy mardlik, xaqiqiy vatanparvarlik bo'lsa kerak.

Yurtimiz faxriga aylangan O'zbekiston amputantlar terma jamoasi 2007 va 2010 yilgi jahon chempionatlari g'olibi hisoblanadi. 2007 yilgi musobaqa finalida yurtdoshlarimiz chempionlikka asosiy davogar Rossiyani mag'lubiyatga uchratishgan bo'lsa, 2010 yili Argentinada bo'lib o'tgan turnirda Anvar Ismoilov qo'l ostida to'p surgan terma jamoa hal qiluvchi final o'yinida mezbonlarni 3:1 hisobida mag'lub qilgan edi.

Rossiyaning Kaliningrad shahrida tashkil etilgan nogiron-amputantlar terma jamoalari o'rtasidagi 2012 yilgi jahon chempionatida xam vakillarimiz muvaffaqiyat qozonishdi. 14 oktyabr kuni bo'lib o'tgan musobaqaning final uchrashuvida Rossiyalik minglab muxlislarning o'z termasini qo'llab-quvvatlab turishlariga qaramay O'zbekiston amputantlar terma jamoasi musobaqa mezboni Rossiya terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioni unvonini o'zida saqlab qolishdi. O'zbekiston amputantlar terma jamoasiga tarixdagi uchinchi jahon chempionligini taqdim etgan yagona gol Haydarali Tursunboev hisobiga yozildi.

Takidlash joiz, Mavzurxodja Umarxadjaev shogirdlari musobaqa davomida birorta ham o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilishmadi. Jumladan, musobaqa Turkiya terma jamoasiga qarshi 6:1 hisobidagi g'alaba bilan boshlangan bo'lsa, guruh bosqichining 2-turida Yaponiya terma jamoasi darvozasiga javobsiz 7ta gol urildi. Keyinchalik esa Liberiya (8:2), Angliya (4:2) va Ukraina (4:0) terma jamoalari ham mag'lubiyatga uchratildi. 2010 yilgi jahon chempionati finalchisi – Argentina terma jamoasiga qarshi kechgan yarim final o'yinida esa o'zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

Amputantlar erishayotgan yutuqlarimiz davlatimiz tomonidan xam munosib taqdirlanib kelinmoqda, 2012 yilgi jaxon chempionatidan so'ng muxtaram yurtboshimizning  qarori elon qilindi. Unga ko'ra Rossiya Federaciyasida o'tkazilgan 2012 yilgi jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz shanini munosib himoya qilishda jasorat va matonat namunasini ko'rsatgani uchun nogironlar terma jamoasi bosh murabbiyi Umarxadjaev Mavzurxodja “Do'stlik” ordeni, terma jamoa azolari Tursunov Nuritdin va Xasanov Xakimjonlar “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

Yurtboshimiz tomonidan ko'rsatib kelinayotgan bunday g'amxo'rlikka javoban sportchilarimiz xalqaro turnilarda xam zafar quchishmoqda. Joriy yilning sentyabr oyida Rossiyaning Suxumi shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda ham terma jamoamiz tajriba va mahorat, matonat va jasorat bobida tengsiz ekanini ko'rsatdi. Finalga qadar barcha raqiblarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgan sportchilarimiz hal qiluvchi bahsda “Grozniy” (Rossiya) jamoasi ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Bir so'z bilan aytganda, jismoniy imkoniyati cheklangan bu kabi kishilarning yuksak istedod namunalarini ko'rsatib, bor qobiliyatlarini namoyon etishida, yuqori natijalarga erishishida, eng avvalo, Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimiz hukumati tomonidan ularga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik va etiborning mustahkam o'rni bor. Biz bunday vatanparvar yurtdoshlarimiz bilan xamisha faxrlanamiz, ko'ksimizni baland ko'tarib shu aziz Vatanda yashayotganimizga shukurona keltiramiz...

Baxtimizga omon bo'ling aziz amputantlar, biz siz bilan faxrlanamiz!


Xayrullo VASIEV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика