So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  6 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

Biz kutgan “klassiko” Yangiliklar

Biz kutgan “klassiko”

“Real” va “Barselona” o'rtasidagi to'qnashuvlar sababli har bir mamlakatdagi eng principial to'qnashuvlarni klassik turkumga kiruvchi o'yinlar sifatida atash odatga kirgan.
Oliy ligamiz ham o'z darajasida shunday bellashuvlarga ega. Boshqa jamoalar bilan qarama-qarshilik har qancha kuchaymasin, baribir “Paxtakor” va “Neftchi” o'rtasidagi uchrashuvlar ishqibozlar tomonidan o'zgacha intiqlik bilan kutiladi.

Bir necha yildan beri “Neftchi” sovrinli o'rinlar uchun kurashmay qo'ygani tufayli oliy ligadagi eng keskin to'qnashuvlarga etibor yuqori emasdi. SHunga qaramay, bu jamoalar uchrashganda maydonga tushgan futbolchilar bahs ahamiyatini his qilib, yuqori saviyada va hujumkor futbol namoyish etib berishga harakat qilishadi. 16 may, shanba kuni 2015 yilgi to'qnashuvlarning birinchisi “Paxtakor” stadionida o'tkaziladi. Farg'onaliklar 2007 yildan beri birinchi marta ushbu to'qnashuvga peshqadam sifatida tashrif buyurishadi. Bunday holat anchadan buyon sodir bo'lmagandi. Mavsum oldidan kimdir “Neftchi”ni 9-turdagi mazkur o'yinga peshqadam sifatida tashrif buyurishini aytganda uni telbaga chiqarish mumkin edi. Lekin bu aniq voqelikka aylandi. Safarda “Lokomotiv” va “Bunyodkor” singari etakchilardan ochko olgan Murod Ismoilov shogirdlari endi “Paxtakor” sinovidan o'tishadi.



O'yin arafasida har ikki jamoaning holatiga batafsil to'xtalib o'tsak. “Paxtakor” mezbon va “sherlar” faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushishadi. Jamoa CHempionlar ligasida o'tkazgan ketma-ket bahslardan so'ng endi o'ziga kelayotgandek. Tan olish kerak, mavsumni oliy ligadan ikki karra ko'proq kuch talab qiladigan CHempionlar ligasi uchrashuvlari bilan boshlash hech kimga oson bo'lmadi. Unda qatnashgan 4 klubimiz jismoniy jihatdan malum bir davrda boshqalardan ko'ra ko'proq yuklamaga duch kelishadi. Samvel Babayan jamoasi Bekoboddagi bellashuvda ancha yaxshi holatga kirib borayotganini namoyish qildi. Endi ashaddiy raqib bilan o'tadigan bellashuvda jamoa ishqibozlarini xursand qilishga intilishi tabiiy. Tarkibga Kaxi Maxaradzening qaytgani yarim himoyani kuchaytirdi. Jamshid Iskanderov esa jarohatdan forig' bo'ldi va mashg'ulotlarda qatnashishni boshlaydi.

Uning “Neftchi” bilan o'yinga tiklanishi ehtimoli qandayligini bilmaymiz. Darhol uni keskin o'tadigan bellashuvda maydonga tushirish tavakkal bo'lishi mumkin. “Paxtakor”da bu yil himoyada muammolar yaqqol ko'zga tashlanyapti. Tajribali Kamoliddin Tojievning o'rni sezilib turibdi. Farg'onaliklar aynan himoyadagi kamchiliklardan foydalanishga urinib ko'rishlari mumkin. SHuningdek, hujumlarning haddan tashqari qanotlar orqali uyushtirilishi ham muammoga aylanib qolgandek edi. Biroq “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda Samvel Babayan Sergeevni chap qanot yarim himoyasiga, Pardaevni hujumga tushirish orqali buni hal qilgandek bo'ldi.

SHu kuni “Paxtakor” kiritgan har ikki to'p markazdan tashkil etilgan hujumlardan keyin yuzaga keldi. Agar “Neftchi” himoyada zich va keskinroq harakat qiladigan bo'lsa, bundan “sherlar”ning qanday chiqib ketishlarini uchrashuvda ko'rib olamiz.

“Neftchi” ayni paytda ruhiy jihatdan ko'tarilish pallasida. Bunday vaziyatda futbolchilarga tegishli ko'rsatmalari berilsa kifoya, ular uni bajarish uchun bor kuchlarini ishga solishadi. O'tgan yili jamoaning o'yinini tanqid qilganlar ko'p edi. Rostdan ham faqat natija emas, balki o'yin sifatining o'zi ko'ngildagidek emasdi. Buni Murod Ismoilovning o'zi ham tan olib, jamoaga 3-4 nafar yaxshi ijrochilar etishmayotgani to'g'risida to'xtalgandi. Mavsum oldidan SHukur Po'latov, Mansur Saidov va Baxtiyor Yoqubovni tarkibga qaytargan mutaxassis o'zi xohlayotgan o'yin tashkil qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. “Qo'qon-1912”dan taklif etilgan Otabek Haydarov ham yomon taassurot qoldirmayapti. Farg'ona jamoasining bu yilgi transferlari har taraflama foydali bo'ldi.



Darvozabon Evgeniy CHeremisin zarur pallada muqarrar gollardan qutqarib qolganiga guvoh bo'ldik, Abbos Maxsitaliev ham endi o'z joyini topgandek. Albatta, “Neftchi”da ham muammolar etarlicha topiladi. Kombinacion o'yin ko'rsatish, kuchli raqiblarga qarshi to'pni ko'proq saqlab turishda kamchiliklar borligi ko'rinib turibdi. SHunday bo'lsa-da, jamoa qayd etayotgan natijalar hozirning o'zida ijobiy deb aytish mumkin. Oliy ligada har bir bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rish orqali barcha raqibni dog'da qoldirsa bo'ladi. Buning uchun shunga yarasha mehnat qilish kerak xolos. Raqib uslubiga qarab taktika va o'yin uslubi tanlash, futbolchilar poziciyasini o'zgartirish, uchrashuv mobaynida bir uslubdan boshqasiga o'ta olish qobiliyati, raqibning ustun taraflarini oldindan ko'rib, unga qarshi chora qo'llash orqali buni uddalash mumkin. Bir haftada bir o'yinda maydonga tushish talab etilganda bemalol sovrinli pog'onalar uchun kurashish imkoniyati mavjud.

Ushbu jamoalar oliy liga, O'zbekiston Kubogi va “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada ham o'zaro to'qnash kelishgan. Murod Ismoilov o'zi boshqargan va murabbiylik faoliyatini boshlagan jamoaga qarshi bellashuvda nimalarga qodir ekanligini namoyish qilishni yanada ko'proq istashi tabiiy. Har ikki jamoa safida bu to'qnashuv nima ekanligini yaxshi tushunadigan futbolchilar etarli. Krimec, Kozak, Maxaradze, Sergeev, Hoshimov, Karimov, Sohibov, Ismatullaev, Po'latov, Ermatov, Saidov, Yoqubov, Hakimov singari o'yinchilar yoshligidan bunday o'yinlar maqomi, ahamiyati va shiddatini bilib, katta futbolga kirib kelishgan. SHunday ekan, bizni keskin hamda qiziqarli o'tishi kutilayotgan ajoyib futbol kutib turganiga shubha yo'q.

Hozirgacha oliy ligada “Paxtakor” va “Neftchi” 46 marta maydonga tushgan. Etiborli tarafi shundaki, milliy chempionatlar tarixida har ikki jamoa raqibidan boshqa klublarga qaraganda ko'proq ochko tortib olgan. “Paxtakor” “Neftchi”ni, “Neftchi” esa “Paxtakor”ni yurtimizdagi boshqa jamoalarga nisbatan ko'proq mag'lubiyatga uchratgan. Hozircha poytaxtliklar 22, farg'onaliklar 17 g'alabaga ega. 7 bellashuvdagina durang natija qayd etilgan xolos.
SHanba kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv bizni yana avvalgi o'yinlarga qaytarayotgandek. Har ikki jamoa peshqadamlar safida, “Paxtakor” g'alaba qozonsa, yo'qotilgan ochkolar kamligi bo'yicha peshqadamlardan biri maqomini saqlab qoladi, “Neftchi” yutgan taqdirda birinchi o'rinda yurishni davom ettiradi. Umid qilamizki, nafaqat bu klublar ishqibozlari, balki boshqa jamoalar muxlislari ham o'yinni kuzatish uchun “Paxtakor” stadioniga tashrif buyurishadi. Tarixdagi keskin “klassiko”lardan qolishmaydigan uchrashuvni kuzatishdan barchamiz umidvor bo'lib qolamiz.

Behzod NAZAROV.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика