Kecha ushbu nazorat uchrashuvlaridan dastlabkisi bo'lib o'tdi.
12 avgust kuni Toshkentda yig'inga kirishgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi ikki kunlik mashg'ulotlardan so'ng yig'inni davom ettirish uchun 15 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo'nab ketgan edi.
Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Bahsda yosh "qaldirg'ochlar" vakillari tomonidan kiritilgan gollar yoshlar terma jamoamizga g'alaba keltirdi. Albaniyaning bitta goliga Zabihillo O'rinboev ikkita , Xurshid G'iyosov bitta gol bilan javob qaytardi.
Turkiyadagi yig'in davomida Ravshan Haydarov shogirdlari 19 avgust kuni Albaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi borasida kelishib olingan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar shu yilning 9-23 oktyabr kunlari Myanma mamlakatida o'tkaziladigan Osiyo Chempionati bahslarida ishtirok etadi.