So’nggi yangiliklar

13:50Бу - футбол эмас, цирк!  3 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  3 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  5 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  10 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  7 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  2 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  1 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  7 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  4 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  8 08:57"Реал Мадрид"да Суперкубокдан аввал йўқотиш бор. Жамоанинг асосий футболчиси "Аталанта"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  8 08:29Про лига. Бугун 16-тур баҳсларига старт берилади  2 07:59МЛСда трансфер ойнаси қачон ёпилади? "Атланта"нинг Шомуродовни қўлга киритиш учун жуда кам вақти қолди  3 07:30Саудия Суперкубоги. "Ал Ҳилол" камбек қилиб финалга йўл олди. Финалдаги рақиб бугун аниқланади  5

Birinchi ligada kimlar murabbiylik qilmoqda? Yangiliklar

Birinchi ligada kimlar murabbiylik qilmoqda?

Birinchi ligada ham kurash boshlandi. Bu yil 18ta jamoa bitta hudud bo'lib o'zaro bahs yuritmoqda.

Aytish kerakki, birinchi ligada ham huddi oliy ligadagi kabi o'z vaqtining etuk futbolchilari bo'lgan kishilar murabbiylik qilib kelmoqda. Ular aynan kimlar ekanligi esa bizningcha ishqibozlarni ham qiziqtirsa kerak. SHu bois keling quyida shu haqda tanishtiruvimizni davom ettirsak.

“UzDongJu” – Abdurashid Ismoilov
Andijonlik taniqli murabbiylardan biri. Bir necha yil viloyatning bosh jamoasida ham ishlagan. So'nggi mavsumlarda esa birinchi liga ishtirokchisi “UzDongJu”ni boshqarib kelmoqda. Avvaliga bu klubga yordamchi sifatida kelgandi. Lekin o'tgan yili yozda bosh murabbiy Nozim Mullaoxunov “Andijon”ga o'tgach, boshqaruv posti Ismoilovga ishonib topishirildi. Joriy yildan u mustaqil ravishda tarkibni shakllantirdi. Murabbiylar shtabida Ismoilovga Nozim Mullaoxunov, Fozil Boborahimov va Hamidullo Zokirov yordam berib kelayotir. Abdurashid Ismoilov bilan bir necha bor suhbatlashganmiz. Juda kamtar va og'ir-bosiq inson. Mahalliy yoshlarni yuzaga chiqarish u kishining qandeydir xobbisiga aylanib qolgan desak mubolag'a bo'lmaydi.  


“NBU-Osiyo” – Rufat Akramxo'jaev
“Bankirlar”ni bu yilgi mavsumga ham Rufat Akramxo'jaev tayyorladi. Asosiy etiborni yoshlarni tarbiyalashga qaratadigan mutaxassis yodingizda bo'lsa, o'tgan yili jamoani qabul qilib olgandi. Dastlabki yil u yomon natija qayd etgani yo'q deyish mumkin. Akramxo'jaevga Rustam Oripov yaqindan yordam berib kelmoqda. SHuningdek “Andijon”dagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Ikrom Ibragimovni ham aytish lozim. Rufat Akramxo'jaev OAV bilan muloqotlardan hech qachon o'zini olib qochmaydi va doimo “labbay” deb javob beradi.


“Nurafshon” – Gennadiy Kochnev
Uzoq yillik tanaffusdan so'ng yana birinchi ligada ishtirok eta boshlagan Buxoroning “Nurafshon” jamoasini ko'pchilikka yaxshi malum bo'lgan Gennadiy Kochnev boshqarmoqda. So'nggi yillarda “Buxoro” klubi rahbariyatida faoliyat yuritib kelgan Kochnev o'tgan mavsum jamoa bilan xayrlashgach, “Nurafshon”ni qayta tiklanishida o'z hissasini qo'shdi va jamoani bu yil birinchi ligada ishtirok etishida uning munosib ulushi bor ekanligini takilash joizdir. Gennadiy Kochnev aftidan joriy mavsum “Nurafshon”ni kuchlilar safiga olib chiqishni maqsad qilgan ko'rinadi. CHunki ko'pchilikda shunday tahmin bo'lmoqda. Aytishlaricha eng asosiysi klubda moliyaviy ahvol qoniqarli darajada. Murabbiylar shtabida muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan va Kochnevning “Buxoro”dagi hamrohlari -  SHuhrat Fayziev, Evgeniy Antonenko va Nurullo Habibovni uchratish mumkin. O'tgan yili “Buxoro”ning qayd etgan salbiy natijalaridan keyin mahalliy muxlislar Kochnevni unchalik ham yoqtirmay qolgani ayni haqiqat.


“Cementchi” – Abdumalik Hakimov
Abudmalik Hakimov endigina murabbiylik sohasida ish boshlagan bo'lishiga qaramay, shaxsan o'zimizda ijobiy taassurot qoldirmoqda. Kasbimiz yuzasidan Hakimov bilan ko'p muloqotda bo'lganmiz va shunda u kishining juda ham kamtar inson ekanligiga amin bo'lganmiz. Garchi o'tgan mavsum “Cementchi” ijobiy natija qayd etgan bo'lishiga qaramay, Abdumalik aka qiladigan ishlar ko'pligini aytib, “katta” gapirmaslikka intiladi. Oliy ligaga chiqish haqida gap ochilib qolgudek bo'lsa, ertangi kunni o'ylab, oldin mustahkam poydevor qo'yib olish kerakligini aytib, bu borada shoshilmaslikni takidlaydi. Ushbu jihatlari ham hurmatga sazovordir. “Cementchi” rahbariyati ham mahalliy bo'lgan Hakimovga imkoniyat berib, hamjihatlikda ishlashni lozim topmoqda. O'z navbatida bosh murabbiy ham berilgan imkoniyatdan samarali foydalanib qolishga intilmoqda. Hakimov o'z yoniga ilgari “Cementchi”da birga ishlagan sobiq jamoadoshi Ilhom Zaylobiddinovni olgan. Ushbu yordamchisi ham huddi o'zi kabi juda kamtar insondir. SHuningdek Abdug'affor Hakimovni ham murabbiylar shtabida uchratish mumkin. Ushbu trio yaqin yillar davomida “Cementchi”ni oliy ligaga qaytarishga urinib ko'radi. 


“Orol” – Temur Turdiev
“Orol”ni ko'p yillardan buyon boshqarib kelgan Nematullo Quttiboev o'z arizasiga binoan istefoga chiqishga qaror qilganidn so'ng, klub rahbariyati uning o'rniga Temur Turdievni tayinladi. O'tgan mavsumning birinchi qismini “Buxoro”da o'tkazgan futbolchi endi bu yildan boshlab “Orol”ning natijalariga javob beradi. Turdiev aslida Quttiboevni jiyani ekanligini ko'pchilik yaxshi bilmasa kerak. Garchi boshqaruvi postiga kelgan bo'lsada, Temur hali beri butsalarini mixga ilmoqchi emas. CHunki u bu yil jamoada o'ynovchi murabbiy sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Turdievga ilgari birinchi ligada to'purarlik mahorati bilan tanilgan Mansur Abdullaev ko'maklashmoqda. Ikkisi ham yosh. Asosan mahalliy futbolchilardan tashkil topgan “Orol” tarkibida bu yil etiborga molik o'zgarishlar yuz berganini ham aytib o'tish kerak. “S” murabbiylik licenziyasiga ega bo'lgan Temur Turdiev yaqin orada “V”ga o'qishni maqsad qilgan. Ko'ramiz undan qanday murabbiy chiqar ekan. 


 
“Norin” – Ravshan Bozorov
Haqqulobodliklar birinchi ligaga Fayzullo Ahmedov boshchiligida chiqqach, keyinchalik boshqaruvi postiga taniqli sobiq hujumchi Ravshan Bozorovni taklif etdi. Surxondaryo o'g'loni bo'lmish Ravshan Bozorov ilgari birinchi ligada “NBU-Osiyo” jamoasini ham boshqargan. Bungacha “Lokomotiv” futbol maktabida yosh bolalarga millionlar o'yinining sir-asrorlarini o'rgatib kelgan Bozorov joriy yildan yana katta futbolga qaytdi. “Norin”ga u o'zi bilan birgalikda Arslon Tolipovni ham olib kelgan. SHuningdek Fayzullo Ahmedov ham yordamchi sifatida ish olib bormoqda. Ravshan Bozorov yangi jamoasiga o'zi yaxshi bilgan Artur Parvanov, Sarvar Safarov, Farruh Nurliboev va Eldor Ergashev kabi futbolchilarni taklif etib, tarkibini shakllantirib oldi. 


“G'ijduvon” – SHerzod Sattorov
O'tgan mavsum ham birinchi ligada ishtirok etgan “G'ijduvon”ni mahalliy yosh murabbiy SHerzod Sattorov boshqarib kelmoqda. Tadbirkor Mamur Otaqulov otalig'ida bo'lgan “G'ijduvon” jamoasida hozircha hammasi professional darajada emas. SHu bois murabbiylar shtabida birgina Sattorovning o'zi faoliyat yuritib kelayotganini to'g'ri tushunish lozim. Ularning maqsadi birinchi ligada imkon qadar o'z o'rnini saqlab qolish va tumanda yosh futbolchilarga kashf etib borishdir. Tabiiyki moliyaviy imkoniyatlar ham shunga monand. 


“Zomin” – Asqar Umarov
Zominliklar birinchi ligada o'ziga yarasha xurmatga sazovor klub ekanligini aytish lozim. Har yili kurashchan jamoa shakllantirib kelishmoqda. Jamoa menedjeri Asqar Umarov mashg'ulotlarni o'tkazish bilan birga tashkiliy ishlar bilan ham o'zi shug'ullanadi. Unga Berdiyor Mamirov yordam berib kelmoqda. Ushbu murabbiylar juftliginining faoliyatini ijobiy baholash mumkin. Sababi “Zomin”dan iqtidorli yoshlar etishib chiqmoqda. Garchi ularning ko'pchiligi ijara asosidagi futbolchilar bo'lsada. 


“Xorazm” – Mixail Kim
O'tgan mavsum “Xorazm”ni Vali Sultonov boshqarganini muxlislar yaxshi eslasa kerak. Joriy yil murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuz berdi. Aytishlaricha bosh murabbiy sifatida Mixail Kim PFL ro'yxatidan o'tkazilgan. Toshkentlik bo'lgan mutaxassisda tegishli licenziya borligi tufayli, rasmiyatchilik yuzasidan u kishini bosh qilishgan. Amalda esa sobiq futbolchi Umid Tojimov ishlamoqda. Unga Oleg Tyulkin ko'maklashyapti. O'z vaqtida oliy ligada ishtirok etgan “Xorazm” jamoasining yaqin orada yana kuchlilar safiga qaytishiga ishonish qiyin. CHunki jamoadagi futbolchilar bilan suhbatlashganimizda, sharoitlar bunga yo'l qo'ymasligini afsus bilan aytib qolishadi. Etibor juda ham pasayib ketganini takidlab, bu borada matbuotda tanqidiy chiqish qilishimizni so'rashmoqda. Ammo birgina tanqid bilan “Xorazm”ni elitaga qaytarishning imkoni yo'q. Agar shunday bo'lganida, hozir nafaqat Urganchga katta futbol qaytardi balki birinchi ligada jiddiy o'zgarishlar amalga oshiriladi.

“Lokomotiv-BFK” – Vohid Xolboev
“Lokomotiv-BFK” – Vohid Xolboev
Avvalo shuni aytib o'tishni istardikki, birinchi ligadagi “Lokomotiv-BFK” farm-klub emas. Ularning “qozoni” boshqa. Istasa oliy ligaga chiqishi mumkin. Lekin jamoa rahbariyati asosiy etiborni yoshlarni tarbiyalashga qaratadi. Murabbiylar shtabida ham yoshlarni uchratish mumkin. Yosh mutaxassis Vohid Xolboev ayni damda “Lokomotiv-BFK” bosh murabbiyi sifatida mehnat qilib kelmoqda. Unga Pavel Zaxarov yordam berayotir. Ushbu tandem yoshlarni yuzaga chiqarishda astoydil mehnat qilmoqda. Xolboevning insoniylik jihatlari xurmatga sazovor. Muloqotga chorlaganimizda o'zini olib qochadiganlardan emas.

“Mashal-2” – Ruslan Ahmedov
Birinchi ligadagi farm-klublardan biri bo'lgan “Mashal-2”da bu borada vaziyat umuman boshqacha ko'rinish olgan. Ga shundaki, rasmiy bosh murabbiy Ruslan Ahmedov sanaladi. Ammo ushbu mutaxassis amalda “Mashal” yoshlar jamoasi bilan shug'ullanmoqda. “Mashal-2” futbolchilarini safar o'yinlariga Nikolay Lapa olib borayotganini va uchrashuv chog'ida aynan u ko'rsatma berib turganini ko'rdik. Klub matbuot xizmatidan bu haqda so'raganimizda, Lapada tegishli licenziya yo'qligi tufayli u rasmiy ravishda jamoa boshlig'i sifatida ro'yxatdan o'tkazilganligi malum bo'ldi. Unga Aktam Berdiev ko'maklashmoqda. “Mashal-2” tarkibida asosan akademiya bitiruvchilari o'ynamoqda. Ular yoshlar jamoasiga o'tish uchun xarakat qiladi. So'ngra asosiy jamoaga. Darvoqe, o'tgan yili “Mashal-2”ni boshqargan taniqli murabbiy Dilshod Andaev bugungi kunda akademiyada katta murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.  

“Yozyovon-Lochinlari” – Islombek Ismoilov
Yozyovonliklar ustozi birinchi ligada eng yosh murabbiy sanaladi. Islombek Imoilov 1992 yilda Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahrida tavallud topgan. Taniqli murabbiy Murod Ismoilovning to'ng'ich farzandidir. Ota kasbni tanlagan Islombek o'tgan mavsumdan buyon “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini boshqarib kelayotir. Qishda uning o'rniga Robert Gayni olib kelishgandi. Ammo hech qancha vaqt o'tmay, Robert Sergeevich ortga qaytib ketdi. Natijada rahbariyat Islombekni jamoaga qaytardi. Kamtarona sharoitlar evaziga yakdil jamoa tuzishga intilayotgan Ismoilovga murabbiylar shtabida Lutfullo Haydarov yordam berib kelmoqda. Jamoa tarkibiga nazar tashlasak, asosan mahalliy futbolchilarni ko'ramiz. Ular uchun “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi “tramplin” vazifasini o'tab bermoqda. Bu borada bir nechta futbolchilarni misol tariqasida keltirish mumkin.  


“Dinamo” – Ilhom SHaripov
Samarqandliklarda moliyaviy ahvol yaxshi emasligi aytilmoqda. SHu bois jamoa qishki tayyorgarlikni grandlarga xos ravishda o'tkazdi deya olmaymiz. Asosan o'tgan yilgi tarkibdagi yoshlar saqlanib qolingan. Yig'inlar mahalliy murabbiy Uchqun Qobilov boshchiligida o'tdi. CHempionat starti arafasiga kelib esa, Ilhom SHaripov taklif etildi. 1994 yilgi Xirosi shahrida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari ishtirokchisi bo'lgan SHaripov endilikda o'zini murabbiy sifatida sinab ko'radi. Futbolchilikni yakunlab, malum muddat “Paxtakor”da bosh mamur sifatida ish olib borgandi. Keyinchalik Odil Ahmedov “Anji”ga transfer qilingach, SHaripov futbolchiga hamrohlik qildi. Ilhom SHaripov uchun Samarqand jamoasi begona emas. Boisi ilgari futbolchi sifatida o'ynagan va klub haqida etarlicha tushunchaga ega. Mahalliy ishqibozlar ushbu mutaxassisdan endilikda jamoani yana elitaga qaytarishni talab qilmoqda. Ammo “Dinamo”ning mavsumdagi  starti u qadar muvaffaqiyatli chiqdi deya olmaymiz. Mavsum uzoq davom etishini inobatga olsak, oldinda vaziyatni o'nglash uchun etarlicha imkoniyat borligini aytish lozim. 

 

“Xotira-79” – Rustam Do'rmonov
Uychiliklarning har yili murabbiy almashtirishi tobora odatiy tusga kirib bormoqda. Mavsumni avvaliga Usmon Asqaraliev bilan boshlamoqchi bo'lishadi. Ammo keyinchalik o'zgarishlarga qo'l uriladi. O'tgan mavsum Tohir Madrahimov faoliyat yuritgandi. Bu yil esa qishda jamoa bilan Asqaraliev yig'in o'tkazdi. Lekin bu safar ham Usmon Ahmedovichga uzoq muddat ishlash nasib etmadi. Sababi klub rahbariyati boshqaruv postiga Rustam Do'rmonovni olib kelishga qaor qildi. Ilgari “Neftchi” murabbiylar shtabida Yuriy Sarkisyanga yordam bergan Rustam Do'rmonovni farg'onaliklar bilan xayrlashgach, hech bir klubda uchratmay kelayotgandik. Nihoyat surxondaryolik murabbiy yana sevgan kasbi bilan shug'ullana boshladi. Ezgu niyatlar bilan Uychi tumani jamoasida ishlashga qaror qildi. Rustam Do'rmonovni ilgari “Neftchi” yoshlar jamoasida samarali ish olib borganini uning Farg'onadagi shogirdlari ko'p bor takidlaydi. Iqtidorli yoshlarni payqay olish xususiyatiga ega ekanligi ham aytiladi. Ko'ramiz Rustam aka “Xotira-79” bilan qay darajada natija ko'rsata olar ekan.  

“Paxtakor-2” – Artyom Petrosyan
“Paxtakor-2” ham farm-klub sanaladi. Bu yil boshqaruv to'laligicha Artyom Petrosyan qo'liga o'tdi. Bungacha Jasur Abduraimov ishlab kelayotgandi. Ammo ushbu mutaxassis terma jamoaga o'tgach, uning yordamchisi Petrosyan jamoa natijalariga javobgar shaxs bo'lib qoldi. SHuningdek “Paxtakor-2”da jamoa boshlig'i sifatida SHuhrat Rahmonqulov ham borligini aytish lozim.  

“Nasaf-2” – Nurali Sultonov
“Nasaf-2”da bu yil ham ko'chpilikka yaxshi tanish bo'lgan Nurali Sultonovning ishlayotganini ko'rish mumkin. Ushbu mutaxassis ilgari “Nasaf” tarkibida o'ynaganini ishqibozlar yaxshi eslashsa kerak. Murabbiylik faoliyatini quyidan boshlashga qaror qilgan Nurali Sultonov bir necha yil yoshlar bilan ishladi. So'nggi mavsumlarda esa birinchi liga jamoasi unga ishonib topshirilgan. Murabbiylar shtabida sobiq darvozabon SHerzod Kattaev unga yordam berib kelayotir.  

“Oq-tepa” – Ro'zmet Quryozov
Har yili oliy ligaga chiqishga asosiy darvogarlardan biri bo'lib keladigan Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi bu yil qishki yig'inlarni Marat Miftaxuddinov boshchiligida o'tkazib, chempionatga Ro'zmet Quryozov bilan kirib keldi. Futbolchilik faoliyati davomida asosan “Xorazm”da to'p surgani Quryozovni keksa ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak. Tegishli licenziyasi borligi tufayli bu yil u kishi “Oq-tepa” bosh murabbiyi sifatida ro'yxatdan o'tkazildi. Unga darvozabonlar murabbiyi Aleksandr Kit yordam bermoqda. SHuningdek hozircha murabbiylik licenziyasiga ega bo'lmagan Andrey Vlasichev ham “Oq-tepa”da norasmiy sifatida mexnat qilayotgani aytilayotir.


“Kosonsoy” – Mehmon Solixo'jaev
Kosonsoyliklar mana bir necha yildirki, mahalliy murabbiyning xizmatiga tayanib kelmoqda. Mehmon Solixo'jaev kamtarona sharoitlardan kelib chiqib, namanganlik futbolchilardan kurashchan jamoa tuzishga xarakat qilib kelmoqda. Bu yil ixtiyoriy ravishda O'zbekiston Kubogida ishtirok etmaslikka qaror qilgan “Kosonsoy” asosiy etiborni chempionat o'yinlariga qaratgan.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика