So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Birinchi liga. “Yozyovon-Lochinlari” – “Andijon” o'yini oldidan Yangiliklar

Birinchi liga. “Yozyovon-Lochinlari” – “Andijon” o'yini oldidan

Nurafshonga qarshi bahsning ertasiga tiklanish mashg'ulotini o'tkazgan futbolchilarimizga bir kunlik dam berilgandi

Kuni-kecha yana jamoamiz azolari klub qarorgohida yig'ildi va navbatdagi bahsga hozirlik ko'rilmoqda. Eslatib o'tamiz birinchi liganing 9-turini Andijon safarda o'tkazadi. Bu safargi raqibimiz - Farg'ona viloyatining Yozyovon-Lochinlari jamoasidir. Aytish kerakki, ushbu jamoaga Salimjon Zokirov va Lutfullo Haydarov boshchilik qilib kelmoqda. Jamoa ilk bor birinchi liga o'yinlarida 2015 yildan buyon ishtirok eta boshlagan. SHu bois bu jamoa “Andijon” bilan ilk bor rasmiy o'yinini o'tkazadi. Birinchi ligadagi debyut mavsumida jamoaning turnir jadvalidagi yakunda egallagan o'rni 8-o'rin bo'lgandi. O'sha kezlarda “Yozyovon-Lochinlari”ga dastlab Abdusamad Do'rmonov ikkinchi davradan boshlab esa yosh mutaxassis Islombek Ismoilov bosh murabbiylik qilgandi. Jamoa tarkibida asosan mahalliy futbolchilar o'ynab kelmoqda. Bu o'ziga xos ananaga aylanib bormoqda. Hujumchi Bekzod Maxpraliev sermahsulligi bilan alohida ajralib turadi. Yozyovonliklar hozircha 6 ochko jamg'argan xolda, turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi. 

11 may, payshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinni boshqarib boruvchi hakamlar aniq bo'ldi. Unga ko'ra mazkur bahsda toshkentlik hakamlar brigadasi ishlaydi. 

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Andijon (Andijon)

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurullaev (Toshkent).

Qanot hakamlari: Oybek Kalaxo'jaev (Toshkent), Rahimbek Karimov (Toshkent).

Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика