So’nggi yangiliklar

17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   6 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  3 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  2 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  1 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  10 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  1 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  9 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1 13:42Ротен ПСЖдаги Месси ҳақида: "Пиёда юрарди, ўзини бағишламасди. Бу ҳақда сукут сақлаганларнинг ҳаммаси эркак эмас"  20 13:12Марказий Осиё. Қозоғистонда кубок ярим финали ўтказилади, "Истиқлол" 3-ўринга кўтарилди, "Аркадағ" эса энг яқин таъқибчисидан 11 очко илгарилаб кетди  0 12:52"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди  1 12:22Ўзбекистон терма жамоаси футболчилари ўзлари туғилган ҳудудлардаги академияларга ташриф буюришди  4 12:17Расман: Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  1

Birinchi liga yakunlari. Mavsum davomida eng ko'p to'p kiritilgan uchrashuvlar Yangiliklar

Birinchi liga yakunlari. Mavsum davomida eng ko'p to'p kiritilgan uchrashuvlar

Teglar :  Birinchi liga
Yakuniga etgan Birinchi liganing navbatdagi mavsumida ham gollarga boy bahslar ko'p bo'ldi.

Bugun quyida mavsum mobaynidagi eng ko'p to'p kiritilgan o'yinlar xususida so'z yuritamiz.

10-tur. “CHig'atoy” – “Zomin” – 4:6 (2:3)
Butun mavsum davomida bitta o'yinda eng ko'p to'p kiritilgan uchrashuv 10-turda “CHig'atoy” – “Zomin” uchrashuvida qayd etildi. SHu kuni mehmonlar raqib darvozasini 6 marotaba to'p kiritdi va raqibidan 4ta to'p olib chiqdi. Birinchi liga to'purari bo'lgan Muhammad Odilov shu kuni dublga erishdi.

“CHig'atoy” – “Zomin” – 4:6 (2:3)
Toshkent. “CHig'atoy” stadioni. 37 tomoshabin.
Gollar:
Abdulloh Xikmatov, 1 (1:0), Doniyor Valiev, 11 (2:0), Begzod Ahmedov, 13 (2:1), Muhammad Odilov, 17 (2:2), SHuhrat Sadirdinov, 43 (2:3), Muhammad Odilov, 52 (2:4), Kamronbek Abdulhamidov, 67 (2:5), Sardor Olmov, 79 (3:5), SHerzod Olimov, 79 (4:5), Muhammadazim Nurmatov, 83 (4:6)



12-tur. “Zomin” – “Paxtakor-79” – 8:1 (4:0)
“Zomin” 12-turda ham gollar shousini tashkil qilib berdi. O'z maydonida to'p tepgan Asqar Umarov shogirdlari 8:1 hisobida “Paxtakor-79”ni mag'lubiyatga uchratdi. Aytish kerakki, to'purar Muhammad Odilov shu kuni xet-trikka erishdi.

“Zomin” – “Paxtakor-79” – 8:1 (4:0)
Zomin. “Markaziy” stadion.
Gollar:
Eldor Karimov, 2 (1:0), Muhammad Odilov, 3 (2:0), Otabek Ahmadjonov, 35 (3:0), Otabek Ahmadjonov, 38 (4:0), Muhammad Odilov, 48 (5:0), Eldor Nigmatov, 54 (5:1), Muhammad Odilov, 64 (6:1), Eldor Karimov, 67-pen. (7:1), Begzod Ahmedov, 74-pen. (8:1)


21-tur. “G'ijduvon” – “Bunyodkor-FARM” – 6:3 (3:0)
Pro-ligaga yo'llanma olgan “G'ijduvon” mavsum davomida ko'p o'yinlarda gollar shousini uyushtirib berdi. 21-turda esa o'z muxlislari qarshisida “Bunyodkor-FARM” darvozasini 6 marotaba ishg'ol qildi. Bunga esa yosh “qaldirg'ochlar” 3 bor javob qaytarishdi.
“G'ijduvon” – “Bunyodkor-FARM” – 6:3 (3:0)
G'ijduvon. “Navro'z” stadioni.
Gollar:
Islom Boysariev, 3 (1:0), Islom Boysariev, 40 (2:0), Song Longji, 41 (3:0), Zafar Tursunov, 52 (3:1), Song Longji, 64 (4:1), Abbosbek Jumaqulov, 67 (4:2), Abbosbek Jumaqulov, 75-o'z darv. (5:2), Maxsudjon Mahmudov, 86 (6:2), Sanjar Rixsiboev, 88 (6:3)


21-tur. “Zomin” – “CHig'atoy” – 6:3
Bu jamoalar o'rtasida birinchi davra uchrashuvida 10ta to'p kiritilgan edi. Zomindagi bellashuvda darvozaga 9 marotaba to'p yo'llandi. “Zomin” 207 nafar muxlisi qarshisida
“CHig'atoy”ning yosh futbolchilariga mahorat darsini o'tab berdi. Qizig'i shundaki, ushbu bahsda ham mezbonlar to'purari “poker”ga erishib, golari sonini 16taga etkazib oldi.

“Zomin” – “CHig'atoy” – 6:3 (2:0)
Zomin. “Zomin” markaziy stadioni. 207 tomoshabin.
Gollar:
Muhammad Odilov, 18 (1:0), Muhammad Odilov, 26 (2:0), Sunnatullo Rustamov, 47 (3:0), Muhammad Odilov, 52 (4:0), Samandar Sodiqov, 54 (4:1), Ravshan Xursanov, 62 (4:2), Muhammad Odilov, 71 (5:2), Ravshan Xursanov, 74 (5:3), Begzod Ahmedov, 84 (6:3)



13-tur. “Bunyodkor-FARM” – “Zomin” – 6:2
Etibor bersangiz, bu o'yinda chempionlikni qo'lga kiritgan kiritgan “Zomin” jamoasi yirik hisobda yutqazib qo'ydi. “Bunyodkor-FARM” shu kuni tajrabali raqibini ayab o'tirmadi. Bu esa zominliklarning mavsum davomidagi eng yirik mag'lubiyati bo'ldi.

“Bunyodkor-FARM” – “Zomin” – 6:2 (2:0)
Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Gollar: Farhod O'tkirov, 6 (1:0), Abdurasul Komilov, 31 (2:0), Abbosbek Jumaqulov, 65 (3:0), Otabek Ahmadjonov, 57 (3:1), Elbek Bo'riev, 67 (4:1), Bahodir Daminov, 75 (4:2), Sanjar Rixsiboev, 79 (5:2), Farhod O'tkirov, 89 (6:2)


11-tur. “G'ijduvon” – “Lochin” – 7:1 (2:1)
Dastlabki turda “CHig'atoy” darvozasiga javobsiz 7ta gol urgan “Lochin” 11-turda jiddiy qiyinchilikga duch keldi. “G'ijduvon”da o'tgan bahsda darvozalarga jami 8ta to'p kiritilgan edi. Qizig'i shundaki, shu kuni “G'ijduvon” safida Song Longji naqd 5ta to'pni "Lochin” darvozasiga yo'lladi.

“G'ijduvon” – “Lochin” – 7:1 (2:1)
G'ijduvon. “Navro'z” stadioni.
Gollar:
Song Longji, 15-pen. (1:0), Abdulaziz Jo'raev, 32-pen. (1:1), Song Longji, 45+1 (2:1), Durbek Kamolov, 65 (3:1), Song Longji, 66 (4:1), Song Longji, 76 (5:1), Song Longji, 90+1 (6:1), Islom Boysariev, 90+3 (7:1)


15-tur. “G'ijduvon” – “Lokomotiv-BFK” – 6:2 (2:1)
Buxoroliklar bu safargi bahsda "Lokomotiv-BFK"ni ayab o'tirmadi. Jamshid Hasanovning xet-trikki, Song Longji va Estevn Ospinalar tomonidan kiritilgan gollar evaziga chiroyli g'alaba qo'lga kiritilgandi.

“G'ijduvon” – “Lokomotiv-BF” – 6:2 (2:1)
G'ijduvon. “Navro'z” stadioni.
Gollar:
Islom Boysariev, 15 (1:0), Diyorbek Inoiov, 26 (1:1), Jamshid Hasanov, 36, (2:1), Song Longji, 49 (3:1), Roman Jo'raev, 54 (3:2), Jamshid Hasanov, 58, (4:2), Jamshid Hasanov, 65, (5:2), Estevan Ospina, 60 (6:2)


21-tur. “Jomboy” – “Lochin” – 6:2 (2:1)\
Samarqand klubi mavsum davomida turli natijalar qayd etdi. Ligada debyutant bo'lgani bois, ayrim o'yinlarda jamoaga omad va tajriba etishmadi. 21-turda esa "Jomboy" o'z maydonida 6:2 hisobida "Lochin"ni mag'lubiyatga uchratdi. Samarqandliklar safida Abdulla Nabiev xet-trikka erishdi.

“Jomboy” – “Lochin” - 6:2 (2:1)
Jomboy. “Jomboy” stadioni. 57 tomoshabin.
Gollar: M
irzoir Mirqosimov, 10 (0:1), Abdulla Nabiev, 13 (1:1), Abdulla Nabiev, 14 (2:1), Abdulaziz Jo'raev, 49 (2:2), Oybek To'raboev, 56 (3:2), Abdulla Nabiev, 63 (4:2), Nurbek Xoljigitov, 72 (5:2), Alisher Egamov , 82 (6:2)

1-tur. “CHig'atoy” – “Lochin” – 0:7 (0:3)
Mavsumning ilk o'yinida ikki debtant qarama-qarshiligida "Lochin" 7:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan edi. "CHig'atoy" klubi asosan yoshlardan iborat ekanligi ham o'z tasirini ko'rsatdi. Keyinchalik "Lochin" kutilmagan yirik mag'lubiyatlarni ham qabul qildi va birinchi turdan keyingi ijobiy fikrlarga yo'qqa chiqargandi.

“CHig'atoy” – “Lochin” – 0:7 (0:3)
Toshkent. “CHig'atoy”. 75 tomoshabin
Gollar:
Abdulaziz Jo'raev, 6 (0:1), Soyib Safarov, 13 (0:2), Abdulaziz Jo'raev, 34 (0:3), Amir Fayziev, 66 (0:4), Soyib Safarov, 71 (0:5), Amir Fayziev, 75 (0:6), Dilshod Fayziev, 77 (0:7)

3-tur. “Paxtakor-79” – “Bunyodkor-FARM” – 5:2 (2:1)
Uychi tumanida o'tkazilgan bahsda mezbonlar akademiya tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan "Bunyodkor-FARM"ni yirik hisobda engdi. SHu kungi bahsda darvozalarga jami 7ta to'p kiritildi.

“Paxtakor-79” – “Bunyodkor-FARM” – 5:2 (2:1)
Uychi. “Paxtakor” stadioni. 123 tomoshabin.
Gollar:
Orifjon Yusupov, 12 (1:0), Farhod O'tkirov, 32 (1:1), SHohruhmirzo Ahmadaliev, 42 (2:1), Orifjon Yusupov, 63 (3:1), Hayotbek Sotvoldiev, 66 (4:1), Bobur Mamajonov, 71 (5:1), Aleksandr Zevadinov, 85 (5:2)

11-tur. “Lokomotiv-BFK” – “Paxtakor-79” – 4:3 (0:1)
Birinchi liganing doimiy ishtirokchisi "Lokomotiv-BFK" 11-tur uchrashuvida "Paxtakor-79"ga qarshi gollar shousini namoyish etdi. O'yinda darvozalarga naqd 7ta to'p kiritildi.

“Lokomotiv-BFK” – “Paxtakor-79” – 4:3 (0:1)
Toshkent. “Futbol akademiyasi” maydoni. 32 tomoshabin.
Gollar:
Bobur Mamajonov, 9 (0:1), Bobur Mamajonov, 49 (0:2), Yusuf SHoimov, 56-pen. (1:2), Yusuf SHoimov, 59 (2:2), Farhod Imomov, 78 (3:2), Orifjon Yusupov, 83-pen. (3:3), O'tkirbek O'ktamov, 90+1 (4:3)




16-tur. “Lochin” – “Paxtakor-79” – 3:4 (1:2)
CHirchiqda kechgan uchrashuvda "Paxtakor-79" biroz bo'lsa-da tajribali ekanini namoyish qilib, yakunda g'alaba qozondi. Mezbonlar safida Abdulaziz Jo'raev shu kuni xet-trikka erishdi.

“Lochin” – “Paxtakor-79” – 3:4 (1:2)
CHirchiq. O'zDJTSU stadioni.
Gollar:
Abdulaziz Jo'raev, 9 (1:0), Orifjon Yusupov, 21 (1:1), Orifjon Yusupov, 26 (1:2), Abdulaziz Jo'raev, 51 (2:2), Orifjon Yusupov, 64-pen. (2:3), Abdulaziz Jo'raev, 84 (3:3), Bobur Mamajonov, 90+3 (3:4)


17-tur. “Jizzax-Bars” – “Zomin” – 3:4 (2:2)
Jizzax derbisida 7ta to'p kiritildi. Baribir yakunda raqibidan ancha tajribali bo'lgan "Zomin" jamoasi futbolchilari 4:3 hisobidagi g'alabani tantana qildi.

“Jizzax-Bars” – “Zomin” – 3:4 (2:2)
Zomin. “Zomin” markaziy stadioni.
Gollar:
Maradona Safarov, 2 (0:1), Murodxo'ja Jabborov, 10 (1:1), Eldor Karimov, 23 (1:2), Fazliddin Abduvaliev, 32 (2:2), Muhammad Odilov, 48 (2:3), Jahongir Safarov, 52 (3:3), Eldor Karimov, 84-pen. (3:4)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика