So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Birinchi liga. “Xorazm”liklar o'ninchi g'alabasini qo'lga kiritishdi Yangiliklar

Birinchi liga. “Xorazm”liklar o'ninchi g'alabasini qo'lga kiritishdi

Mazkur o'yin qiziqarli va keskin o'tishini oldindan bashorat qilish mushkul emasdi.
Negaki, “Mashal-2” jamoasi avvalgi turda o'z maydonida “Orol”(1:2)ga imkoniyatni boy bergan bo'lib, musobaqa jadvalining xavfli yani birinchi bosqichdan so'ng “elak”dang tushadigan qismidagi jamoalarga yaqinlashib qolgandi. Aksincha, “Xorazm”liklar safarda “SHerdor”ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib qaytgandi. Tabiiyki, ular g'alabali odimini o'z maydonida ham davom ettirishiga shubha yo'q edi.
  
...Uchrashuvning 5-daqiqasida urganchliklar “Mashal-2” jamoasi darvozasi oldida dastlabki xavfli vaziyatni yuzaga keltirishadi. Mirza Quryozov deyarli ikki metr masofadan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi. Uning to'piga Husan Olimjonov g'ov bo'ldi. Qaytgan to'pga esa Abror Husinov qayta zarba berdi. Bu gal zarba noaniq bo'ldi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Temur Ismoilov jamoadoshi Temur Bekchanovga to'p kiritish uchun qulay imkoniyat yaratib beradi. Biroq, Temur tepgan to'p oldin darvozabonning qo'liga, keyin esa darvoza to'siniga tegib,  maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Mehmonlar 14-daqiqada ilk bor mezbonlar darvozabonining sergakligini sinab ko'rishdi. Himoyachilarni aldab, jarima maydonchasi ichiga kirib borgan SHokir Yo'ldoshevning tepgan to'pi darvozaning o'ng tomondagi ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Bo'lim o'rtalarida mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Nizomjon Norov hisobni 1:0 ko'rinishga keltirdi. 22-daqiqada muborakliklar oradagi farqni qisqartirishlari mumkin edi. Biroq, SHokir Yo'ldoshevning chamasi 35-metrdan amalga oshirgan jarima zarbasini G'ayrat O'daev mohirlik bilan qaytardi. O'yinning birinchi bo'limi tugashiga sanoqli soniyalar qolganida “Xorazm”liklar navbatdagi xavfli hujumni uyushtirishadi. Ushbu vaziyatda mehmonlar himoyachisi SHohjahon Qilichev o'z jarima maydonchasi ichida darvozaga yo'naltirilgan to'pni qo'li bilan qaytaradi. Penalti. Yuz foizlik imkoniyatdan Sarvar Jumaniyozov unumli foydalanadi, 2:0.
  
Ikkinchi bo'limning boshida maydon egalari biroz faolroq harakat qilishdi. SHu jihatdan ham ular bir necha bor hisobni yanada yiriklashtirish uchun qulay vaziyat sodir etishdi. Ayniqsa, 54-daqiqada T. Bekchanov - N. Norov - M. Quryozov tomonidan yuzaga keltirilgan kombinaciya gol bilan tugashi muqarrar edi. Afsuski, so'nggi pallada Mirzabek darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, uning deyarli o'n metr masofadan tepgan to'pini Husan Olimjonov ilib oladi. Keyingi daqiqalarda “Mashal-2” futbolchilari mag'lubiyatdan qutulib qolish maqsadida qarshi hujumga zo'r berishadi. Ularning say-harakati besamar qolmaydi. O'yinning 75-daqiqasida jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan SHokir Yo'ldoshevni mezbonlar darvozaboni G'ayrat O'daev qoidaga zid ravishda to'xtatib qoladi. Maydondagi hakam N. Boltaev ikkilanmasdan 11-metrlik jarima nuqtasini ko'rsatadi. O'z navbatida Mirjalol Qosimov hisobni bir to'pga qisqartiradi.

Umuman, uchrashuvning qolgan daqiqalari teng kurashlar ostida o'tdi. Urganchliklar hisobni saqlab qolish, mehmonlar esa hech bo'lmaganda hisobni tenglashtirib, duranga erishish harakatida bo'lishdi. Oxir-oqibat, “Xorazm” jamoasi navbatdagi yutug'ini qo'lga kiritadi. Bu vohaliklarning mavsumdagi o'ninchi g'alabasidir.

“G'arb” mintaqasi. 14- tur. 19 iyun (payshanba)

“Xorazm” (Urganch) – “Mashal-2” (Muborak) – 2:1 (2:0). Yangibozor tumani o'yingohi. 905 tomoshabin.
Hakamlar:
N. Boltaev (Navoiy) – 7,9, F. Do'smatov (Guliston) – 7,9, A. Sunnatov  (Guliston) – 8,1,  A. Alimov (Urganch) -8.
Gol: N. Norov (20), S. Jumaniyozov (45+1,penaltidan)  - M. Qosimov (75, penaltidan).
Ogohlantirishlar: A. Husinov (66), G'. O'daev (75)  – B. Abdullaev (36), A. Rahmatullaev (42),  SH. Qilichev (45),M. Yusupov (82).
CHetlatish: M. Yusupov (86, ikkinchi ogohlantirish).
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
“Xorazm”: G'ayrat O'daev, SHahzod Mannonov,  Jasur Otajonov, Temur Ismoilov, Marks Quronboev(Javlonbek Egamov,66), Nizomjon Norov, Temur Bekchanov(Siroj Ro'zmetov,70), Sarvar Jumaniyozov(Jamoliddin Masharipov, 86), Mirza Quryozov(Xushnud Quryozov, 58), Ilyos Xayrov(Mardon Zaripov, 89), Abror Husinov.
“Mashal-2”: Husan Olimjonov, Boburjon Abdullaev, SHohjahon Qilichev, Ahrorjon Inoyatov(Yodgor Nazarov,65), SHamsiddin Sadullaev(Mirjalol Qosimov,62), Jafar Ismoilov(Muni Mirmuhsin Yusupov,60), Sunnatillo Rustamov, Sanjarbek Ahmedov, Aziz Fayziev, SHokir Yo'ldashev, Alibek Rahmatullaev(Bekzod Rahmonov, 60).
     
Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика