So’nggi yangiliklar

13:59Футзал. Қўшниларимиз ҳам Тошкентга етиб келишди  0 13:33Футзал. Амалдаги Жаҳон чемпионлари Тошкентга етиб келишди  2 13:07ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ 83 дақиқа битта кам ўйнаб дуранг қайд этди  1 12:38Суперлига. "Нефтчи" — "Қизилқум" учрашуви Яйпанда ўтказилади  0 12:11Суперлига. "Пахтакор" - "Динамо" баҳси санаси ҳам ўзгарди  1 11:45Кожо Жоэль: "Эътиборлироқ бўлишимиз керак эди"  7 11:23Суперлига. "Динамо" — "Бунёдкор" ўйини санаси ўзгарди  2 11:00ПСЖ ва "Челси" собиқ устози АҚШ терма жамоасини ЖЧга тайёрлайди  1 10:31Ёзда шартномаси тугайдиган Салоҳга иккита ТОП клуб қизиқиш билдирмоқда  5 09:56"Арсенал" академияси тарбияланувчиси 14 йилга қамалди  3 09:50Суперлига 18-тур баҳсларининг ҳакамлари маълум. "Навбаҳор" - "Насаф" учрашувини Аҳрол Рисқуллаев бошқариб боради  4 09:22Футзал. Ливия терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 08:50УзПФЛ. Ойнинг барча соврини ҳам «Насаф» аъзоларига насиб этди  5 08:36Жалолиддин Машарипов: "Энди ёш футболчи эмасмиз, айрим вазиятларда масъулиятни ўз бўйнимизга олиб, вазиятни ўзгартиришимиз керак"  20 08:17Футзал. Жаҳон чемпионлигига даъвогар қўшниларимиз Тошкентга етиб келди  3

Birinchi liga. Sardorlik masuliyati kimlarga ishonib topshirilgan? Yangiliklar

Birinchi liga. Sardorlik masuliyati kimlarga ishonib topshirilgan?

Teglar :  Birinchi liga
Futbolda jamoa sardorlarining o'rni katta. Maydonda etakchiligi va jamoadoshlrini oldinga etaklay olish bilan birga maydon tashqarisida ham murabbiy va futbolchilar o'rtasida bog'lovchi vazifasini o'taydi.

Har bir jamoaning o'z etakchisi bo'lishi aniq. Ko'pincha sardor tayinlayotganida uning yoshi va mahalliy ekanligiga etibor qaratiladi. Bugungi birinchi ligaga oid  maqolamizda jamoalarning sardorlarini tanishtirib o'tamiz.  

“UzDongJu” – Bekzod G'oziev, Asror Rahmonov
“Bo'yoqchilar”ni bu yilgi mavsumda ham o'yinlarga Bekzod G'oziev sardor sifatida boshlab tushmoqda. Jamoadagi etakchi futbolchilardan biri bo'lgani bois ham sardorlik masuliyati aynan G'ozievga ishonib topshirilgan. Uchrashuv sog'ida maydon markazida sheriklarini boshqarib turadigan Bekzodda sardorlarga hos xususiyatlar mujassam deya olamiz. Agarda G'oziev maydonga tusha olmasa, sardorlik bog'ichi Asror Rahmonovga berilishi mumkin. Bir necha yillar davomida “Andijon” sharafini himoya qilgan Rahmonov jamoadagi eng keksa va shu bilan birga mahoratli o'yinchilardan ekanligini etirof etish lozim.  

“Cementchi” – Dilshod Eminov, Abduxoliq Qurbonov
“Cementchi” jamoasida sardorlik Dilshod Eminov zimmasiga yuklatilgan. Markaziy himoyachida etakchilik xususiyati mavjud. SHu bilan birga u jamoaning doimiy penaltichisi hamdir. Quvasoylik futbolchi ikkinchi ligadan birinchi ligaga chiqishda katta yordam berganini “Cementchi” ustozi ko'p bor takidlaydi. SHu bois bo'lsa kerak, masuliyat Eminovga ishonib topishirlgan. Vice-sardor esa yana bir himoyachi Abduxoliq Qurbonov ekanligini aytish lozim.

“Nurafshon” – Asqar Muhiddinov
“Qizilqum” bilan xayrlashgan tajribali himoyachi Asqar Muhiddinov bu yil birinchi ligada “Nurafshon” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Jamoadagi eng keksa va shu bilan birga mahoratli o'yinchi bo'lgani bois ham aynan Muhiddinovni sardor etib tayinlashgan. Ilgari “Buxoro”, “Neftchi” kabi oliy liga klublarida o'ynagan Asqar Muhiddinovdan keyingi o'rindagi sardor hozircha aniqlanmagan.

 “Zomin” – SHukurullo Joniqulov
“Zomin” tarkibi asosan yoshlardan tashkil topgan. SHu bois ular sardorni tanlashda bu borada mahalliy futbolchi SHukurullo Joniqulov nomzodida to'xtalgan. Jamoada nisbatan keksa futbolchilardan biri bo'lgan Joniqulov ortda qolgan o'yinlarda “Zomin” sadori sifatida xarakat qildi. Undan keyingi sardor borasida esa hozircha bir to'xtamga kelinmagan. Bundan chiqdiki, qolgani vaziyatga qarab bo'ladi.

“NBU-Osiyo” – Muzaffar Umurzoqov, Mamur Sultonov
“Bankirlar” ustozi Rufat Akramxo'jaev bilan bu borada suhbatlashganimizda, jamoadagi eng tajribali futbolchi Muzaffar Umurzoqov ekanligini bildirib, shu boisdan ham aynan unga sardorlik bog'ichi ishonib topshirilganini takidladi. O'z vaqtida oliy liga klublari va olimpiya terma jamoalari safida xarakat qilgan futbolchining atrofida asosan yoshlar xarakat qilmoqda. SHuning uchun Muzaffardan etakchilikni o'z qo'liga olish talab etiladi. Agarda Umurzoqov maydonda bo'lmasa, sardorlik masuliyati Mamur Sultonovning gardaniga kelib tushadi.   

“Orol” – Islom Seytnazarov, Navro'z Haipov
Nukusliklar ham sardorni tayinlashda futbolchining yoshiga etibor berishgan. Natijada Islom Seytnazarov masuliyatni o'z bo'yniga olgan. Bir necha yillardan buyon “Orol” sharafini himya qilib kelayotgan ushbu futbolchi har qanday xolatda jamoaga sodiq ekanligini amalda isbotlab kelayotgani ham tahsinga sazovor. Undan keyingi sardor esa Navro'z Haipov sanaladi. Jamoaning to'purar hujumchisi o'tgan mavsum ko'rinmay qolgandi. Malum bo'lishicha Haipov xarbiy xizmatni o'tash uchun jo'nab ketgan ekan. “Orol”da ham bu yil asosan mahalliy yoshlar xarakat qilayotganini aytish lozim.   

“G'ijduvon” – Murod Hamdamov, Mansur Otaqulov
G'ijduvonliklar ustozi SHerzod Sattorovdan jamoadagi sardor kim ekanligini so'raganimizda, darhol Murod Hamdamovni aytdi. Buning sababini futbolchi ham mahalliy va tajribali ekanligi bilan izohladi. O'z vaqtida elitada “Vobkent” va “Buxoro” jamoalari safida xarakat qilgan Hamdamov bu yil “G'ijduvon”da qo'nim topdi. Jamoadagi vice-sardor esa Mansur Otaqulov. O'tgan yili bu futbolchi to'purarlik mahoratini ishga solib, “G'ijduvon”ga ko'p uchrashuvlarda foyda keltirgandi.   

“Norin” – Farruh Nurliboev, Artur Parvanov
Haqqulobodliklar jamoa sardori etib taniqli futbolchi Farruh Nurliboevni tayinlashga qaror qilgan. O'z vaqtida milliy terma jamoamiz safida bo'lgan himoyachini muxlislar yaxshi bilishsa kerak, “Olmaliq”da ham o'ynagandi. Joriy yil Ravshan Bozorov “Norin”ni qabul qilib olgach, Farruhni ham jamoasiga taklif etdi. Agarda Nurliboev maydonda bo'lmasa, sardorlik bog'ichini darvozabon Artur Parvanov taqib olishga kelishib olingan.   

“Xorazm” – G'ayrat O'daev, Marks Quramboev
Uzoq yillardan buyon urganchliklar sharafini munosib himoya qilib kelayotgan G'ayrat O'daev jamoadagi eng tajribali futbolchilardandir. Garchi jamoada moliyaviy muammolar bo'lsada, O'daev “Xorazm”ga sodiqligini amalda isbotlab boshqa takliklarni rad etib keladi. SHu bois bo'lsa kerak, jamoa azolari bir ovozdan G'ayratga sardorlik borasida ovoz bergani. O'daevdan keyin sardorlik bog'ichi Marks Quramboev yoki Ilyas Xayrovga ishonib topshirilishi mumkin.  

“Lokomotiv-BFK” – SHerzod SHaripov, Rustam Yaraliev
Joriy mavsum faoliyatini birinchi ligada davom ettirishga qaror qilgan SHerzod SHaripov “Lokomotiv-BFK”da eng keksa va mahoratli futbolchilardan ekanligini inobatga olsak, sardorlik bog'ichi aynan unga topshirilgan. Tajribali himoyachi bu yil jamoasini maydonga sardor sifatida boshlab tushmoqda. Vice-sardor hozircha aniqlanmagan. Lekin bizning tahiminizcha bu borada masuliyat yana bir tajribali futbolchi Rustam Yaralievni bo'yniga o'tsa kerak. Yoki SHavkat Raimqulov nomzodi bor. CHunki qolgan asosan yoshlarni tashkil etadi.   

 “Xotira-79” – Bahrom Yuldashev, SHuhrat Hamidov
Uychiliklar sardorlikka Bahrom Yuldashevni tayinlashgan. O'z vaqtida “Traktor”, “Olmaliq” hamda “Navbahor” jamoalari tarkibida oliy ligada o'ynagan himoyachi so'nggi yillarni birinchi ligada o'tkazib kelmoqda. Namanganlik himoyachi “Xotira-79” safidagi tajribali futbolchilardan biri sanaladi. Bizningcha undan keyingi sardor SHuhrat Hamidov bo'lsa kerak.   

“Yozyovon-Lochinlari” – Zohid Ismoilov, Bobur Rasulov
Yozyovonliklarni hozircha o'yinlarga Zohid Ismoilov sardor sifatida boshlab tushmoqda. Ushbu futbolchi mahalliy sanaladi. Etakchilik xususiyati bor. Maydonda boshqalardan nisbatan ajralib turishini inobatga olib, aynan Ismoilovni sardor etib tayinlashgan. Vice-sardor esa Bobur Rasulovdir. Tarkibdagi eng keksa futbolchilardan biri bo'lgan Rasulov agarda Zohid maydonga tushmasa sardorlik bog'ichini taqadi.   

“Dinamo” – Akmal Bozorov, Aleksey Nikolaev
Samarqandliklar ham sardorni tayinlashda mahalliy futbolchiga etibor qaratgan. Bu borada tajribali himoyachi Akmal Bozorov nomzodida to'xtalishgan. “Dinamo” safida oliy ligada ham ishtirok etgan Bozorov bu yil birinchi ligada o'ynamoqda. CHap qanot himoyachisida maydonda etakchilik qilish xususiyati mujassamligi bois sardorlik bog'ichi aynan unga ishonib topshirilgan. Undan keyingi o'rinda esa Aleksey Nikolaev nomzodi bor. O'tgan mavsum “Qo'qon-1912” safida o'ynagan futbolchi joriy yil faoliyatini “Dinamo”da o'tkazmoqda. Nikolaev uchun Samarqand jamoasi begona emas. CHunki u ilgari ham bu klubda o'ynagan. Agarda Bozorov maydonga tushmasa, u xolda Nikolaev sardorlik masuliyatini o'z bo'yniga oladi.  

“Mashal-2” – Bahodir Murtazoev
Muborakliklar tarkibi asosan akademiya bitiruvchilaridan tashkil topgan. Faqat birgina tajribali Bahodir Murtazoevni o'z safiga qo'shib olishgan. O'tgan yili Konstantin Boev o'ynagandi. Bu yil aftidan uning o'rniga Murtazoevlarning to'ng'ichini olishgan ko'rinadi. CHempionatning dastlabki ikki turida “Mashal-2” futbolchilarini aynan Bahodir maydonda sardor sifatida boshlab tushdi. Keyingi o'rinda esa bizningcha Husan Olimjonov yoki Rahimjon Davronov bo'lsa kerak.   

“Kosonsoy” – Mirjamol Jamolov, Sardor Asqarov
Kosonsoyliklarni bu yil ham Mirjamol Jamolov maydonga sardor sifatida boshlab tushmoqda. Jamoadagi tajribali futbolchilardan biri bo'lgan Jamolov maydonda sheriklarini boshqara oladi. Aynan shuning uchun ham jamoadagilar Mirjamolga sardorlik bog'ichini ishonib topshirishmoqda. Undan keyingi shaxsa esa Sardor Asqarovdir. O'tgan mavsum “UzDongJu” sharafini himoya qilgan Asqarov ilgari ham “Kosonsoy”da masuliyatli vazifani bajargan.

 “Nasaf-2” – Javohir Komilov, SHamsiddin Sagdullaev
Qarshiliklar sardorlik masuliyatini darvozabon Javohir Komilovga topshirishgan. Darvozabon yarim jamoa deb bejizga aytishmaydi. Ko'p uchrashuvlarda Komilov “Nasaf-2”ni muqarrar gollardan qutqarib qolganini ko'rganmiz. U orqada jamoadoshlarini boshqarib turishni yaxshi uddalaydi. Qolaversa tarkibdagi mahoratli futbolchilardan biridir. SHuning uchun bo'lsa kerak, “Nasaf-2” azolari sardor sifatida Komilovni tayinlagan. Undan keyingi sardor borasida aniq bir to'xtamga kelinmagan. Tahminimizcha sardorlikni himoyachi SHamsiddin Sagdullaev ham uddalay olsa kerak. CHunki bu futbolchi ham bir necha yillardan buyon birinchi ligada o'ynab, o'ziga yarasha tajriba orttirib kelmoqda.

“Oq-tepa” – Anvar Rahimov, Timur Yafarov
“Oq-tepa” tarkibida bu yil etiborga molik o'zgarishlar yuz berdi. O'tgan mavsum etakchilikni o'z qo'liga olgan Anvar Rahimov navbatdagi sardor sifatida tanlangan. “Oq-tepa”ning chempionatdagi ilk o'yiniga jamoani aynan Rahimov sardor sifatida maydonga boshlab tushgan. Markaziy yarim himoyachi sifatida tanilgan futbolchi ayni damda toshkentliklar safida himoyada ham o'ynayotganini ko'rmoqdamiz. Bu bilan Anvar universal ekanligini namoyish etmoqda. Haqiqatdan ham Anvar Rahimovda etakchilik xususiyati bor va jamoadoshlarini oldinga etaklay oladi. Undan keyingi o'rinda Temur Yafarov sardorlikka asosiy nomzoddir.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика