Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi o'yinchisi: Viktor Klishin!
27 noy 2014 16:30
Yangiliklar

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi o'yinchisi: Viktor Klishin!
Poyoniga etgan birinchi liga o'yinlarini mavsum mobaynida saytimiz orqali har bir turini onlayn tarzda yoritib borishga urindik.
Buni qanchalik amalladik, munosib bahoni o'quvchilar berishadi. Lekin har bir klub rasmiylaridan buning uchun minnatdorchilik eshitib keldik.
Ortda qolgan mavsum-2014da birinchi liga uchrashuvlarini saytimizda yoritib borilishida asosiy ishni bajargan 4 nafar xodimimiz turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqladi.
Xususan joriy mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb Viktor Klishin topildi. “SHo'rtan”ning 32 yoshli hujumchisi bu yil o'z hisobiga naqd 40ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Tabiiyki g'uzorliklarning oliy ligaga qaytishida Viktorning ham hissasi katta bo'ldi. SHu bois Klishin bu borada 4 nafar futbolchini ortda qoldirdi. Jami 17 ball to'plagan hujumchi yakunda birinchi o'rinni egalladi.
Eng yaxshi futbolchi:
Viktor Klishin - 17 ochko
Doniyor Usmonov - 15
Eldor Tojiboev - 13
SHahboz Jumaboev - 8
Aziz To'xtaboev - 7
Bugun kun davomida qolgan nominaciya g'oliblarini ham tanishtirib boramiz.

Fikrlar