So’nggi yangiliklar

13:18"Машъал" ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 12:53​"Шўртан" Асрор Алиқулов билан келишувни узайтирди  0 12:29"АҚШдан йироқ бўлинг": Блаттер Жаҳон чемпионатини бойкот қилишга чақирди  5 12:03Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди  12 11:39Манба: Ўзбек клуби словениялик ҳимоячини олиб келди  2 11:18Каннаваро: "Янги ўйинчилар иштирок этаётган Дубайдаги йиғин қизғин ўтмоқда"  3 10:40Мемфис Депай БАА клублари эътиборида  1 10:20Дани Алвес профессионал футболга қайтиши мумкин  2 09:55Сардор Раҳмонов фаолиятини Тошкент клубида давом эттиради  3 09:35Санжар Қувватов: "Ҳозир натижа учун ўйнайдиган эмас, захирани ўйлаб иш қиладиган пайт"  3 09:10Бугун футбол. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнам билан ўйнайди  2 08:50Ироқ чемпионати. Мурод Бобожоновдан дебют гол, Қосимов ҳам майдонни қуруқ тарк этмади  5 08:25Абубакир Шукуруллаев: "Бунчалик тез имконият беришади деб ўйламаган эдим"  2 08:00"Металлург" тайёргарликни бошлади. Таркибда янги футболчилар бор  6 00:45"Монако" "Манчестер Сити" ҳимоячисига кўз тикмоқда  0

Birinchi liga. "Mashal-2" - "Orol" 1:2 Yangiliklar

Birinchi liga. "Mashal-2" - "Orol" 1:2

Bugun Muborakda O'zbekiston birinchiligi doirasida 13-tur bahsi bo'lib o'tdi. "Mashal-2" o'z maydonida Nukusning "Orol" klubini qabul qildi.
Uchrashuvni mehmonlar qarshi hujumlar bilan boshladi. 6 daqiqada Muni Mirmuhsin Yusupov birga-bir vaziyatda to'pni darvozaga yo'naltira olmadi. 14 daqiqada qarshi hujumdan mehmonlar azosi Nauriz Haipov tezkorlik bilan kirib borib darvozani ishg'ol etdi. 45 daqiqada mehmonlar yana bir bor tezkor qarshi hujumdan foydalandi. Erbol Seytnazarov ikki himoyachi va darvozabonni aldab darvozaga aniq zarba yo'lladi.

Ikkinchi bo'limni hisobda ortda qolayotgan maydon egalari hujumkorlik bilan boshladi. 60 daqiqada Jafar Ismoilovni qanotdan oshirib bergan pasini Kamolov boshi bilan darvozaga yo'llashda ozgina xatoga yo'l qoldi. 65 daqiqada burchakdan kiritilgan to'pni Ahrorjon Inoyatov boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi. 84 daqiqada Aybek Razimov to'psiz joyda raqibga nisbatan qo'pollik uchun maydondan chetlashtirildi. 88 daqiqada Abbosov boshi bilan juda qulay vaziyatda zarba berdi. Ammo bu noaniq ketdi.

Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va "Mashal-2" o'z maydonida "Orol"ga imkoniyatni boy berdi.

G'arb  mintaqasi
13- tur. 13 iyun (shanba)

Mashal-2 (Muborak) – Orol (Nukus) 1:2
Gollar:
0-1 Nauriz Xaipov (14), 0-2 Erbol Seytnazarov (45), 1-2 Ahrorjon Inoyatov (65),
Hakamlar: A. Najafaliev (Toshkent), SH. Fayziev (Jizzax), K. Abduraimov (Jizzax)
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).
Ogohlantirishlar: Bobur Abdullaev (20),
CHetlashtirish: Aybek Razimov (84 Orol")

"Mashal-2": 30.Husan Olimjonov, 2.Bobur Abdullaev, 3.Konstatin Boev (c) (11.SHohjahon Abbosov 65), 5.Alibek Rahmatullaev (24.Muhiddinjon Yusupov 50), 6.Ahrorjon Inoyatov, 7.SHamsiddin Sagdullaev (14.Suhrob Ismatov 55), 8.Jafar Ismoilov, 15.Aziz Fayziev, 17.SHohjahon Qilichev, 19.Muni Mirmuhsin Yusupov (9.Sunnatillo Rustamov 46), 20.SHokir Yuldashev (10.Sanjarbek Ahmedov 46).
Zaxira: 4.Yodgor Nazarov, 18.Oybek Jo'raev

"Orol": 1.Ulug'bek Yangiboev, 2.Erbol Seytnazarov, 5.SHariyar Karimboev, 6.Javlon Primbetov, 8.Miras Qarliboev, 9.Nurlibek Talasbaev, 11.Nauriz Xaipov (16.Aybek Razimov 52), 12.Murat Abdumuratov, 13.G'ayrat SHilmaniev, 15.Marat Auniyazov, 17.SHukurulla Qutiboev (4.Jonibek Gaipov 80).
Zaxira: 22.SHerali Mahmudov, 19.Davlet Avezov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика