So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  1 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

Birinchi liga. Dastlabki davraning umumiy statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. Dastlabki davraning umumiy statistikasi

O'zbekiston birinchi ligasida dastlabki davra ortda qoldi. Yakuniga etgan davrani raqamlar orqali yodga olamiz.

Birinchi davra yakunlari raqamlarda

Dastlabki davrada jami 153ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  484ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 3,16tadan to'p to'g'ri keladi).

Cementchi va Andijon birinchi davrada ikki martadan mag'lub bo'lishdi. Eng ko'p mag'lubiyatni Nurafshon qabul qilib oldi – 15tadan.

Cementchi, Xorazm, Andijon o'z maydonda umuman mag'lub bo'lmadi. Nurafshon o'z uyida eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoaga aylandi – 7 martadan.

Safarda eng kam mag'lubiyatni Cementchi, Surxon, Andijon va NBU-Osiyo qabul qilib oldi – ikkitadan. Lokomotiv BFK va Nurafshon safarda 8 marta mag'lub bo'lib bu borada etakchi bo'lishdi. G'allaorol, Xotira 79 va Nurafshon safardagi o'yinlarda biron marta ham zafar qucha olishmadi.


Cementchi o'z maydonida darvozasidan ikkita gol o'tkazib yubordi. Orol esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 19ta.

Surxon safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 8tadan to'p o'tkazib yuborishdi. Nurafshon safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 34ta to'p olib chiqdi. 

 

Orol o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 28ta. Nurafshon o'z uyida eng kam 6ta gol urdi.

Cementchi safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 17ta. Nasaf-2 va G'allaorolsafar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritgan – 4tadan.

Cementchi va Zomin o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 22. Nurafshon esa o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 6.

Safar uchrashuvlarida ham Cementchi eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 19ta. Nurafshon safar uchrashuvlarida umuman ochko olmagan yagona jamoa bo'ldi.

Urilgan 484ta goldan 311tasi (64,26%) mezbonlar, 173tasi (35,74%) mehmonlar hisobiga yozildi. 

Bo'lib o'tgan 153 uchrashuvning  88tasida (57,52%) maydon egalari, 39tasida (25,49%) mehmonlar zafar quchishgan.  25 o'yinda (16,99%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

17ta tur davomida futbolchilar jami 579 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,78tadan kartochka to'g'ri keladi). 33 marta futbolchilargaqizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,22tadan chetlatish to'g'ri keladi).


Uchrashuv hakamlari 67 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 50 holatda (74,63%) to'p darvozaga kiritildi. 17 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

Birinchi davrada 8ta avtogol qayd etildi. Eshniyaz Jamiev (Orol) ikki bor avtogol sohibi bo'ldi.Salamat Otamurotov (Orol), Jafar Ismoilov (Norin), Maksad Ibragimov (Yozyovon-Lochinlari), Umrillo Ramazonov (Nurafshon), G'ayrat O'daev (Xorazm), SHuhrat Hamidov (Xotira-79)o'z darvozalarini bir martadan ishg'ol qilib qo'yishdi.

Ortda qolgan o'yinlarda 52 marta dublqayd etildi. Akmal Abdurahmonov (Surxon) to'rt marta, Anvar Berdiev (Andijon), Bekzod Maxpraliev (Yozyovon-Lochinlari) va Sardor Rasulov (Lokomotiv-BFK) uch martadan, Bahodir Murtazoev (Norin),Davron Isoqov (Cementchi),Doston Toshmatov (Zomin),Orifxo'ja Abduxoliqov (NBU-Osiyo),Rinat SHilmanov (Orol),Sardor Matmurodov (Xorazm),SHarif Mirzaev (Istiqlol),SHahboz Ubaydullaev (Mashal-2) ikki martadan shunday natijaga erishishdi.


To'rt marta bir futbolchi o'yinda uch marta gol (xet-trik) urdi. Abdulaziz Yusupov (Cementchi), Orifxo'ja Abduxoliqov (NBU-Osiyo), Zohidjon Ismoilov (Yozyovon-Lochinlari) va Sevdiyor Hamroqulov (G'allaorol) xet-trik qayd etishdi.

Birinchi davrada faqat bir futbolchi bitta o'yinda to'rtta gol (poker) ura oldi. Bunday natijaga Cementchi hujumchisi SHohjahon Abbosov erishdi.

Bellashuvlarini jami 145883 muxlis bevosita stadionlarda tomosha qildi. (o'rtacha har bir o'yinga 953dan to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin G'allaorol – Istiqlol uchrashuviga tashrif buyurdi – 4505. Eng kam tomoshabin esa UzDongJu – Nurafshon uchrashuviga tashrif buyurgan – 32.

Muxlislar to'plash borasida (uyda va safarda) Andijon jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 30418. G'allaorol esa 26683 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Orol klubi26187 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Yangier o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 5314.

Cementchi o'z maydonida eng ko'p ishqiboz to'plagan – 19330. Lokomotiv-BFK bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 610.

Safar o'yinlarida Andijon jamoasining muxlisi ko'p (18112). Safarda Surxonning muxlislari eng oz – 3001.

153 uchrashuvdan 34tasida yirik hisob qayd etildi. Surxon va Cementchi hisobida eng ko'p, 5tadanyirik hisobdagi g'alaba bor. CHempionatning eng yirik hisobi Cementchi – Nurafshon (hisob – 10:0) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 153 uchrashuv 24 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 26 marta, 2:1 – 22 marta, 2:0 – 18 marta, 3:1 – 15 marta, 1:1va 3:0 – 13 marta, 0:0 va 3:2 – 6 marta, 4:0 va 2:2 – 5 marta, 4:1 – 4 marta, 5:1 va 4:2 – 3 marta, 4:3, 5:2 va 7:0 – 2 martadan, 5:0, 6:1, 3:3, 10:0, 5:3, 4:4, 8:2 va 8:1 – 1 martadanuchradi. 

 

Birinchi liga-2017 seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar

G'alabali seriya – NBU-Osiyo -7 uchrashuv

Mag'lubiyatsiz seriya – NBU-Osiyo va Cementchi- 9 uchrashuv

Durangli seriya – UzDongJu, Surxon va Andijon - 3 uchrashuv

Durangsiz seriya – Nurafshon - 17 uchrashuv

G'alabasiz seriya – Nurafshon - 10 uchrashuv

Mag'lubiyatli seriya – Nurafshon - 10 uchrashuv

Golli seriya – NBU-Osiyo - 14 uchrashuv

Golsiz seriya – Nurafshon - 7 uchrashuv

Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – Nurafshon - 17 uchrashuv

Quruq seriya – Surxon - 4 uchrashuv

Yirik g'alabali seriya - Cementchi - 3 uchrashuv

Yirik mag'lubiyatli seriya - Nurafshon,  NBU-Osiyo va Xotira-79 - 2 uchrashuv


Birinchi yakunlari. Eng, eng, eng …

Dastlabki davraning eng, eng, eng lari bilan tanishtiramiz. "Cementchi" eng ko'p gol urgan jamoa bo'ldi 44ta. "Nurafshon" eng kam 11ta gol urdi. SHohjahon Abbosov bitta o'yinda to'rtta gol urgan yagona futbolchi bo'ldi. "Zomin" darvozasiga umuman penalti belgilanmadi.  Qolgan “eng, eng, eng”lar bilan bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

– eng ko'p g'alabaga erishgan jamoa:  Cementchi 13ta.

– eng kam g'alabaga erishgan jamoa: Nurafshon 2ta.

– eng ko'p durangga erishgan jamoa:  Andijon 7ta.

– eng kam durangga erishgan jamoa:  Nurafshon - 0.

– eng kam mag'lub bo'lgan jamoa: Andijon va Cementchi 2tadan.

– eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoa:  Nurafshon 15ta.

– eng ko'p to'p kiritgan jamoa: Cementchi  44ta.

– eng kam to'p kiritgan jamoa: Nurafshon 11ta.

– eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa:  Xotira-79 47ta.

– eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoa: Surxon 11ta.

– eng ko'p yirik g'alabaga erishgan jamoa: Surxon va Cementchi 5ta.

– eng kam yirik g'alabaga erishgan jamoa: Nurafshon, Zomin, Xotira-79 - 0.

– eng kam yirik mag'lubiyatga uchragan jamoa: Cementchi, Norin, Xorazm, Istiqlol - 0.

– eng ko'p yirik mag'lubiyatga uchragan jamoa:  Nurafshon 6ta.

– eng ko'p to'p kiritgan futbolchi: Orifxo'ja Abduxoliqov (NBU-Osiyo) - 16ta gol.

– bitta o'yinda eng ko'p to'p kiritgan futbolchilar: SHohjahon Abbosov (Cementchi) - 4tadan.

– eng ko'p qizil kartochka olgan futbolchi: Jo'rabek Yoqubov (Yozyovon-Lochinlari), Miras Karliboev (Orol) va Sanjar Asqaraliev (Andijon) – 2tadan.


– eng ko'p kartochka olgan jamoa: Andijon – 45ta (39ta sariq va 6ta qizil kartochka).

– eng kam kartochka olgan jamoa: Nurafshon 22ta (22ta sariq).

– eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa: Xorazm – 40ta

– eng kam sariq kartochka olgan jamoa: Nurafshon – 22ta

– eng ko'p qizil kartochka olgan jamoa: Andijon– 6ta

– eng kam qizil kartochka olgan jamoa: Yangier, Istiqlol, Xotira-79, Zomin va Nurafshon  – 0.

– eng ko'p penalti tepgan jamoa: Cementchi - 8ta.

– eng kam penalti tepgan jamoa: - Surxon va Nurafshon - 1ta.

– darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan jamoa: Orol, Yozyovon-Lochinlari va Xotira-79 - 7ta.

– darvozasiga eng kam penalti belgilangan jamoalar: Zomin - 0.

– eng ko'p penalti tepgan futbolchi: Rahmatullo Meliboev (Cementchi) - 6ta.

– eng ko'p penaltidan gol urgan futbolchi: Rahmatullo Meliboev (Cementchi) - 6ta.


– eng ko'p penaltini amalga oshira olmagan futbolchilar: Abdulla Miyassarov (Nasaf-2),  Bobur Farxodov (Mashal-2), Dilshod Saitov (Nasaf-2), Zohid Ismoilov  (Yozyovon-Lochinlari), Obid Hakimov (Lokomotiv-BFK), Sardor Sotvoldiev (Cementchi), Sobit Sindarov (NBU-Osiyo), SHahboz Ubaydullaev (Mashal-2), SHokirjon Odiljonov (UzDongJu) - 1ta zarba 1ta noaniq.

– eng ko'p “quruq” uchrashuv o'tkazgan jamoa: Cementchi va Surxon – 10tadan.

– eng ko'p qayd etilgan hisob: 1:0 (26 marta).

– eng yirik hisob: Cementchi – Nurafshon – 10:0

– eng ko'p gol urilgan daqiqalar oralig'i:  85-90 (63ta gol).

– eng kam gol urilgan daqiqalar oralig'i:  0-5 (14ta gol).

– eng tezkor gol muallifi: Ulug'bek Olimov (Yangier), Salamat Otamurotov (Orol) va Sardor Matmurodov (Surxon) –2-daqiqada.

– eng kech gol muallifi: Lutfullo Fayzullaev (Zomin) – 90+6-daqiqa.

 

Narzulla Saydullaev tayyorladi


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика