So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Birinchi liga. Bugungi o'yinlar oldidan kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Bugungi o'yinlar oldidan kimning imkoniyati qanday?

Teglar :  Birinchi liga
Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, 11-tur uchrashuvlari start oladi. Ertaga esa tur yakunlanadi.

Xo'sh, bo'lajak bahslar oldidan kimda g'alabaga bo'lgan imkoniyat qanday?

UzDongJu  Xorazm

Andijonliklar uchinchi o'rinni o'zida saqlab qolish uchun bugun g'alaba ilinjida borini berishi aniq. SHu bois Xorazmdan sensacion natija kutish qiyin bo'lsa kerak. Yana kim biladi deysiz. Bu  futbol. Lekin katta extimol bilan bugun har qanday xolatda ham maydon egalari zafar quchsa kerak. 

Imkoniyatlar: 60x40.


Yozyovon-Lochinlari  Mashal-2

Safar o'yinlariga 12-13 nafar o'yinchi bilan borib bo'lsa ham yutib kelayotgan yozyovonliklarga bugun oson bo'lmaydi. Sababi Dilshod Andaev boshqaruvidagi Mashal-2 o'tgan turdagi alamli mag'lubiyatdan kerakli xulosa chiqarib olgan xolda, safardan g'alaba bilan qaytishga urinadi. Muborakliklarning vodiydan ko'p marotaba ochko bilan qaytganiga guvoh bo'lganmiz. Balki ular bugun ham Yozyovonda kamida durang qayd etar. Lekin maydon egalari qo'l qovushtirib turmasligi aniq. Ikkala klub tarkibida ham jiddiy yo'qotish mavjud bo'lib, Bekzod Maxpraliev (Yozyovon-Lochinlari) bilan Tursunmurod Hamdamov (Mashal-2) diskvalifikaciya tufayli bugun o'yin o'tkazib yuboradi. 

Imkoniyatlar: 55x45.


Cementchi  G'ijduvon

Katta extimol bilan maydon egalarining g'alabasini tahmin qilish mumkin. CHunki g'alaba begonaga aylanib borayotgan G'ijduvon safarda tugul, o'z uyida yuta olmayapti. Boz ustiga g'ijduvonliklar bugun Cementchi bilan kuch sinashishini unutmaslik joiz. 

Imkoniyatlar: 80x20.


Xotira-79  Orol

Nukusliklarning Namangan tomon yo'lga chiqqanligini Orol muxlislariga etkazib qo'yishni istardik. Bugun ikki teng kuchga ega bo'lgan jamoalarning to'qnashuvi bo'ladi deyish mumkin. Ligada qolish uchun kurashayotgan Orol safardan imkon qadar ochko bilan qaytishga urinishi turgan gap. Lekin Xotira-79 ham o'z uyida osonlikcha taslim bo'lmasa kerak. SHuni ham aytib o'tish joizki, uychiliklarning etakchilaridan biriga aylanib ulgurgan SHoxjahon Abbosovning sariq kartochkalari soni 4taga etgani bois, bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. SHunga qaramay, maydon egalarining g'alabaga bo'lgan imkoniyatini biroz yuqori baholash mumkin. Balki durang qayd etilar.

Imkoniyatlar: 60x40


Kosonsoy  Nasaf-2

Kosonsoyda ham bugun muxlislar qiziqarli o'yinga guvoh bo'ladi deyish mumkin. Oxirgi uch turdan buyon g'alaba nima ekanligini bilmay kelayotgan Kosonsoy bu safar muxlislarini quvontirishga urinishi aniq. Ushbu jamoalarning Qarshida o'tgan birinchi o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.  Lekin unutmaslik kerakki, Nurali Sultonov boshqaruvidagi Nasaf-2 ham kutilmaganda safardan ijobiy natija bilan qaytmoqda. Balki ushbu o'yinda ham durang bo'lar.

Imkoniyatlar: 55x45.

 

Oq-tepa  Lokomotiv-BFK

Toshkent derbisi ham keskin va murosasiz ruhda o'tishini aniq. Lokomotiv-BFK turnir peshqadamini to'xtatish maqsadida bugungi bahsga puxta tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa ajab emas. Yodingizda bo'lsa dastlabki uchrashuvda temiryo'lchilar 3:2 hisobida g'alaba qozongandi. Lekin o'sha mag'lubiyatdan Oq-tepa ham o'zi uchun kerakli xulosa chiqarib olgan bo'lsa kerak. SHu bois Ildar Sakaev shogirdlari ham mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan deyish mumkin. Har ikki jamoada ham diskvalifikaciya tufayli bugungi uchrashuvni o'tkazib yuboradigan futbolchilar mavjud. Oq-tepa sardori Temur Yafarov va Lokomotiv-BFKning etakchisi Fotix Vosiqovning sariq kartochklari soni 4taga etgan. 

Imkoniyatlar: 60x40 


NBU-Osiyo  Zomin

Poytaxtda o'tadigan mazkur to'qnashuv ham juda qiziqarli o'tadi. Bankirlar o'tgan turdagi mag'lubiyatdan keyin bu safar yutishga xarakat qiladi. Lekin Zomindan ham har narsa kutish mumkin. Har ikki jamoa tarkibida ham yo'qotish bor. Mezbonlar safida bugun Orif Abdug'aniev bilan Mirshohid Olimov maydonga tusha olmasa, zominliklardan esa Asiljon Mansurov diskvalifikaciya tufayli jamoasiga yordam bera olmaydi. 

Imkoniyatlar: 55x45.


 10 oktyabr (shanba)

Paxtakor-2  Obod

11-turdagi poytaxt derbisining ikkinchisi ertaga bo'lib o'tadi. Jasur Abduraimovdan keyin Artyom Petrosyanc boshqaruviga o'tgan Paxtakor-2 so'nggi uch turdan buyon mag'lubiyatga uchramoqda. Ularning mazkur turdagi raqibi Obod birinchi davrada o'z uyida kechgan bahsda 7:0 hisobida g'alaba qozongandi. Balki shanba oqshomida ham bu darajada yirik hisobda bo'lmasada baribir zafar quchar. Extimol Paxtakor-2 o'z uyida g'alaba qozonar. 

Imkoniyatlar: 45x55.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика