So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Birinchi liga. Bugungi o'yinlar oldidan kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Bugungi o'yinlar oldidan kimning imkoniyati qanday?

Teglar :  Birinchi liga
Bugun birinchi ligada ikkinchi bosqichning ikkinchi davra o'yinlari start oladi.

Muxlislar bugun 6ta o'yinga guvoh bo'ladi. “Yozyovon-Lochinlari” - “Orol” bahsi esa o'tkazilmaydigan bo'ldi. Bu haqda saytimizda oldinroq xabar berdik. Turning yan bir uchrashuvi “Paxtakor-2” – “Mashal-2” esa ertaga bo'lib o'tadi. Biz esa odatga ko'ra, bugungi bahslar oldidan jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini tahmin qilib ko'ramiz. 


16:00. “UzDongJu” - “G'ijduvon”

Ushbu jamoalar o'rtasida kechgan dastlabki bahsda andijonliklar safarda yirik (0:4) hisobida g'alaba qozongandi. Bu safagi to'qnashuvda ham so'zsiz “UzDongJu” favorit deya olamiz. Agarda ushbu jamoa futbolchilari raqibni xurmat qilgan xolda, jiddiy tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa bugun ham o'z maydonida yirik hisobda g'alabaga erishishi mumkin. Aytish kerakki, bahs oldidan har ikki jamoa tarkibida yo'qotish bor. Bekzod G'oziev bilan Mirjalol Qosimov ushbu turni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. 

Imkoniyatlar: 75x25.


16:00. “Cementchi” – “Nasaf-2”

Quvasoyliklar ham o'tgan turda Qarshidan yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytgandi. Balki bundan “Nasaf-2” ustozi Nurali Sultonov kerakli xulosa chiqarib olgandir. Lekin bugungi bahs oldidan baribir mezbonlarning imkoniyatini yuqlori baholaymiz. 

Imkoniyatlar: 60x40.


16:00. “Xotira-79” – “Lokomotiv-BFK”

Namanganda bugun mehmonlar g'alaba bilan qaytishlari hech gap emas. Garchi ilk uchrashuvda “Xotira-79” g'alaba qozongan bo'lsada. CHunki Sunnatillo Abdurasulov boshqaruvidagi “temiryo'lchilar” Toshkentda boy berilgan uch ochkodan so'ng, kerakli xulosa chiqarib olgan bo'lsa ajab emas. Biroq uychiliklar ham o'z maydonida osonlikcha taslim bo'lmasligi aniq. 

Imkoniyatlar: 55x45.


16:00. “Kosonsoy” – “Zomin”

Kosonsoyda qiziqarli o'yin bo'lishini kutish mumkin. O'tgan turda “Zomin” 2:0 hisobida kosonsoyliklarni taslim etgandi. Bu safar endi mezbonlar yutsa kerak, degan tahmin ham yo'q emas. Balki tomonlar durangga imzo chekar. 

Imkoniyatlar: 55x45.


16:30. “Oq-tepa” – “Obod”

Turning markaziy o'yinida yana jiddiy kurash kechishi shubhasizdir. “Obod” o'tgan turda pricipial raqibiga uch ochkoni boy bergandi. Bugun ular endi safardan g'alaba bilan qaytish uchun astoydil o'ynaydi. Har ikki klub ham birinchi o'yindan kelib chiqib, bir-birini o'rgangan bo'lishi aniq. 

Imkoniyatlar: 55x45.


16:00. “NBU-Osiyo” – “Xorazm”

Urganchda kechgan ilk uchrashuvda maydon egalari so'nggi daqiqalarda gol kiritib, irodali g'alabaga erishgandi. Ammo bu safar “bankirlar” o'z maydonida osonlikcha taslim bo'lmaydi. Rufat Akramxo'jaev boshchiligidagi “NBU-Osiyo” har qanday vaziyatda ham o'z uyida ochko ulashmasa kerak. 

Imkoniyatlar: 60x40.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика