So’nggi yangiliklar

20:12Суперлига. "Шўртан" – "Андижон". Таркиблар маълум  0 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  15 19:58ОПЛ. "Сумқайит" ўз уйида мағлуб бўлди, "Сабаҳ" меҳмонда дуранг ўйнади  0 19:31"Кристал Пэлас" — "Манчестер Сити". Англия кубоги финали учун таркиблар маълум  4 18:57Суперлига. "Қўқон-1912" - "Насаф" (матнли трансляция)  8 18:17"Ливерпуль" ва "Арсенал"га 65-70 млн фунтлик ўйинчи қизиқ  0 17:51"Байер", "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  2 17:30"Химки" — "Рубин". Таркиблар маълум  0 16:46"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Интер"га сотиши мумкин  0 16:20"Реал" "Байер"дан Гримальдо трансферини кўриб чиқмоқда. Чап қанот ҳимоячиси - "Барса" тарбияланувчиси  2 15:53Неймар Бразилияда қолмоқчи  2 15:25Расман: Хейсен "Реал"га ўтмоқда  3 15:12"Интер" "Реал" ва "Барселона"нинг трансфер мақсадини қўлга киритиши мумкин  0 14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  5 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  8

Birinchi liga. Bugungi o'yinlari oldidan taxminingiz qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Bugungi o'yinlari oldidan taxminingiz qanday?

Bugun birinchi liganing 17-turiga start beriladi. “SHarq” mintaqasida 2ta, “G'arb”da esa 3ta o'yin bo'lib o'tadi.

Xo'sh, jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati qanday? Quyida shunga to'xtalib o'tamiz.

“SHarq” mintaqasi

“Oq-tepa” – “Yozyovon-Lochinlari”
CHempionat peshqadami “Oq-tepa” o'z maydonida har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatish bilan bir qatorda, osonlik ochko ulashmaydi. Boz ustiga ularning raqibi debyutant “Yozyovon-Lochinlari” jamoasidir. Ushbu jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida toshkentliklar safarda 2:0 hisobida g'alaba qozongandi. Katta extimol bilan bugun ham “Oq-tepa”ning imkoniyatini yuqori baholaymiz. “Yozyovon-Lochinlari”dan esa sensaciya kutib qolamiz.
Imkoniyatlar 70x30.   

“Kosonsoy” – “Bunyodkor-2”
Kosonsoyliklar ham o'z maydonidagi o'yinlarni yutib, muxlislarini quvontirishga urinadi. Lekin bugun ularni jiddiy qarshilik kutib turibdi. Boisi “Bunyodkor-2” vodiydagi safar o'yinlarida munosib kurashmoqda. Birinchi davrada Toshkentda kechgan bahsda “Kosonsoy” 2:1 hisobida zafar quchgandi.
Imkoniyatlar 60x40.

“G'arb” mintaqasi

“SHerdor” – “Obod”

Moliyaviy jihatdan katta muammolarga duch kelayotgan Samarqandning “SHerdor” jamoasining chempionatdagi ishtiroki ham muxlislari kutganchalik bo'lmayapti. Sayfullo SHaripov shogirdlari bugun chempionat etakchisi Toshkentning “Obod” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Katta extimol bilan bugun mehmonlar safardan g'alaba bilan qaytadi degan taxminimiz bor. Ushbu jamoalarning birinchi davradagi to'qnashuvida “Obod” 1:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Imkoniyatlar 40x60.

“Mashal-2” – “Zomin”
Muborakdagi o'yin ham qiziqarli kechishi tabiiy. Dilshod Andaev boshqaruvidagi “Mashal-2” osonlikcha taslim bo'lmaydi. Lekin “Zomin” ham safardan ijobiy natija bilan qaytishni ko'zlashi aniq. CHempionatdagi ilk uchrashuvda zominliklar o'z maydonida 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. Ko'ramiz bugun kimning omadi choparkin.
Imkoniyatlar 50x50.

“Orol” - “Xorazm”
Nukusda har qanday raqibga oson bo'lmasligi turgan gap. Muxlislarning daldasi ham jamoa g'alabasini taminlovchi asosiy omil bo'lishi shubhasiz. Nematulla Qutiboev boshqaruvidagi jamoa bugun “Xorazm”ni mag'lub etishga urinadi. Bizningcha ular maqsadiga erishadi. Urganchliklar o'z maydonidagi ilk uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Imkoniyatlar 60x40.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика