Birinchi liga. Bugun 1-turning so'nggi o'yini bo'lib o'tadi
14 avg 2015 15:29
Yangiliklar
Birinchi liga. Bugun 1-turning so'nggi o'yini bo'lib o'tadi
Ikkinchi bosqichning 1-tur uchrashuvlari bugun poyoniga etadi.
“Paxtakor-2” – “G'ijduvon”. Imkoniyatlar 60x40
Toshkentda “Paxtakor-2” Buxoroning “G'ijduvon” jamoasini qabul qiladi. Akademiya tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan “Paxtakor-2” o'z maydonida har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko'rsata oladi. Bugun ham “G'ijduvon”ni qiyin o'yin kutib turibdi deyish mumkin. Mazkur uchrashuvdan oldin mezbonlarda jiddiy diskvalifikaciya bo'lib, bosh murabbiy Jasur Abduraimov bahs davomida zaxira o'rindig'ida bo'la olmaydi. Bu borada endi murabbiy yaqin yordamchisi Artyom Petrosyan ko'magidan foydalanadi.
Birinchi ligada bu yil ikkinchi mavsumni o'tkazayotgan “G'ijduvon” tarkibida davralar oralig'ida aytarli jiddiy o'zgarishlar qilinmadi.
Ko'ramiz bugun kimning qo'li baland kelarkin.
Fikrlar