So’nggi yangiliklar

01:43ЖЧ саралаши. Норвегия Италияни "савалади"  3 00:47Ўртоқлик ўйини. Нигерия 2та гол урган ўйинда Россия билан дуранг қайд этди  1 00:15Постекоглу бу борада иккинчи бўлди  0 23:46Италия клуби банкрот деб эълон қилинди ва профессионал лигалардан четлатилди  2 23:07Тадбиркор Ўткир Юсуповга уч хонали уй совға қилди  5 22:50Гасперини: "Бу мен учун катта чақирув"  0 22:19"Интер" МЮ ҳужумчисини таркибига қўшиб олишга яқин  0 21:59"Аталанта" Иван Юрични бош мураббий сифатида эълон қилди  1 21:42Расман: Постекоглу истеъфога чиқарилди  0 21:21Эшитдик-да! Остон Ўрунов ўрнига Бобир Абдихолиқов термага чақирилди  24 21:12Расман: "Рома" янги бош мураббийини эълон қилди  5 20:55Суперлига 4-тур қолдирилган ўйинида "Хоразм" Навоийда "Қизилқум"ни йирик ҳисобда таслим қилди  15 19:48"Манчестер Юнайтед" 60 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 19:23Ла Лиганинг якунланган мавсуми учун энг яхши футболчи аниқланди  8 19:03ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон МТЖнинг Тошкентда кутиб олиниши  18

Birinchi liga. Bu yilgi to'purar Alisher Azizov...mi? Yangiliklar

Birinchi liga. Bu yilgi to'purar Alisher Azizov...mi?

7 noyabr shanba kuni mamlakatimizda birinchi liga musobaqasi yakuniga etadi.

Tan olish kerak, joriy mavsumning so'nggi pallasiga kelib intriga kuchaydi. Bu esa o'z navbatida tabiiyki muxlislarning qiziqishi ortishiga sabab bo'ldi deyish mumkin. Xususan to'purarlar bahsida ham qizg'in kurash guvohi bo'lmoqdamiz. “Paxtakor” klubi orqali katta futbolga kirib kelgan Alisher Azizovni ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak. O'z vaqtida oliy liganing “Andijon” va “Qizilqum” klublarida ham o'ynagan 25 yoshli futbolchi joriy mavsum Toshkentning “Obod” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Ayni paytga kelib Azizov gollari sonini 26ta etkazib olgan xolda, to'purarlar ro'yxatini boshqarib turibdi.

CHempionat tugashiga bir tur qolganida esa uning ortidan Elyor Akbarov taqib etib kelmoqda. “Cementchi” hujumchisining hisobidagi gollar soni esa 22tani tashkil etmoqda. Kuchli uchlikni “Obod”ning yana bir iqtidorli futbolchisi SHoxruz Norxonov yakunlab bermoqda. Ushbu tezkor futbolchi ham bu yil “Obod” tarkibida barqaror o'yin namoyish eta oldi va asosiy tarkibdan muqim joy egalladi.

Xullas birinchi liga-2015ning to'purari Alisher Azizov bo'lishga juda yaqin turibdi deya tahmin qilmoqdamiz. Bu borada uning imkoniyati yuqori. Negaki o'zidan keyingi o'rinda turgan Akbarovni 4ta gol farqi bilan ortda qoldirmoqda. Qolaversa “Obod” kelasi turda o'z maydonida “Kosonsoy”ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvda ham Azizov raqib darvozasini ishg'ol etish uchun bor kuch-g'ayratini ishga solishi shubhasizdir.

Elyor Akbarov jamoasi bo'lmish “Cementchi” esa shanba kuni “Lokomotiv-BFK”ga qarshi bahs olib boradi. Agarda Alisher Azizov so'nggi turda gol ura olmagan taqdirda ham Akbarov bu turda kamida raqib darvozasini to'rt bor aniq nishonga olishi talab etiladi. SHundagina u Alisherga etib olishi mumkin.
Bizningcha bu juda qiyin bo'lsa kerak. Yana kim biladi deysiz? Xo'sh, sizningcha quyi ligada mavsum-2015 to'purari kim bo'ladi?

TO'PURARLAR
Alisher Azizov (“Obod”) – 26ta
Elyor Akbarov (“Cementchi”) – 22ta
SHoxruz Norxonov (“Obod”) – 21ta
Temur Hakimov (“Oq-tepa”) – 19ta
Doston Toshmatov (“Zomin”) – 18ta
Sanjar To'raqulov (“Obod”) – 18ta


Islombek Rustambekov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика