So’nggi yangiliklar

11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  5 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  3 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  1 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  1 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  5 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  3 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  7 08:57"Реал Мадрид"да Суперкубокдан аввал йўқотиш бор. Жамоанинг асосий футболчиси "Аталанта"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  7 08:29Про лига. Бугун 16-тур баҳсларига старт берилади  2 07:59МЛСда трансфер ойнаси қачон ёпилади? "Атланта"нинг Шомуродовни қўлга киритиш учун жуда кам вақти қолди  3 07:30Саудия Суперкубоги. "Ал Ҳилол" камбек қилиб финалга йўл олди. Финалдаги рақиб бугун аниқланади  5 01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  5 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  3 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  8 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  9

Birinchi liga. 2-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 2-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga2-tur
O'tgan hafta birinchi liganing 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bugundan esa navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi. Odatga ko'ra, yakuniga etgan o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

O'YINLAR
* Bu safar sakkizta o'yin bo'lib o'tdi. “Lokomotiv-BFK” ava “Oq-tepa” chempionatdagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.
* Oltita o'yinda mezbonlarning qo'li baland kelgan.
* Ikki uchrashuvda esa tomonlar o'zaro durangga imzo chekkan.
* Safarda g'alaba qozongan yagona jamoa esa “NBU-Osiyo” bo'ldi. Rufat Akramxo'jaev boshqaruvidagi “bankirlar” Urganchda “Xorazm” 2:1 hisobida mag'lub eta oldi.
* Yirik g'alabaga erishgan jamoa – “Orol” bo'ldi. Nukusliklar o'z uyida “Paxtakor-2”ni qabul qilib, 6:2 hisobida zafar quchdi.
* Turning markaziy uchrashuvida “Cementchi”ning qo'li baland keldi.
* “UzDongJu” bu safar arang g'alabaga erishdi. Nurali Sultonov boshchiligidagi “Nasaf-2” futbolchilari, uchrashuvning 5-daqiqasida hisobni ochishgan bo'lsada, so'nggi 3 soniyada o'z darvozasidan ikkita to'p o'tkazib yuborib, alamli mag'lubiyatga uchradi.
* Haqqulobodliklar bu safar jiddiy qiyinchilikka duch keldi. O'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng kerakli xulosa chiqargan “Mashal-2” bu safar “Norin” maydoniga safar uyushtirib, o'z uyiga 1 ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi. Agarda Ravshan Bozorov shogirdlari ikkinchi taymda penaltidan unumli foydalana olmaganida, muborakliklar ortga g'alaba bilan qaytishlari ham hech gap emasdi.  
* “Dinamo” bu safar “Yozyovon-Lochinlari” maydoniga safar uyushtirib, nursiz durang qayd etdi. Tabiiyki bu natija samarqandlik ishqibozlarni qoniqtirmadi. Endi Ilhom SHaripov jamoasini o'z uyida “Norin” va “UzDongJu”ga qarshi jiddiy o'yinlar kutib turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
* Gennadiy Kochnev jamoasi bo'lmish “Nurafshon” bu safar “Xotira-79”ni qabul qilib, javobsiz 3ta to'p kiritdi.
* Buxoroning yana bir jamoasi “G'ijduvon” ham o'z uyida kechgan bahsda uch ochkoni nomiga yozdirib qo'ydi.  
* Toshkent derbisida esa “Temiryo'lchilar” g'olib bo'ldi.


Nurafshon (Buxoro) – Xotira-79 (Uychi) – 3:0.
G'ijduvon (G'ijduvon) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:0.
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Dinamo (Samarqand) – 0:0.
Cementchi (Quvasoy) – Zomin (Zomin) – 1:0.
UzDongJu (Andijon) – Nasaf-2 (Qarshi) – 2:1.
Noryn (Haqqulobod) – Mashal-2 (Muborak) – 1:1.
Orol (Nukus) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 6:2.
Xorazm (Urganch) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:2.
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent) – 1:0.

GOLLAR
* 2-turning 8ta o'yinida jami 22ta gol qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha, 2,75tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 16ta.
* Mehmonlar hisobiga esa 6ta gol yozilgan.
* O'yinlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 9ta.
* Qolgan 13ta to'p esa ikkinchi taymda kiritilgan.
* Turning eng tezkor kiritilgan goli 5-daqiqaga to'g'ri keladi. “Nasaf-2” sharafini himoya qilayotgan Asliddin Abdiev ushbu soniyada “UzDongJu” darvozasiga to'p kiritgan.
* Aksincha eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol “Xorazm” – “NBU-Osiyo” o'yinida qayd etildi. 90+3-daqiqada mezbonlar azosi S.Ro'zimboev “bankirlar” darvozasiga javob to'pini kiritgan.
* 4ta dubl qayd etildi. Renat SHilmanov, Navro'z Haipov (“Orol”), Andrey Sidorov (“Paxtakor-2”) va Bahrom Narzullaev (“Nurafshon”) ushbu turda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
* 3ta penalti! Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar mezbonlar foydasiga jami 3ta penalti belgilashga qaror qildi. Etiborlisi bu borada “Paxtakor-2” jabr chekdi. CHunki bu jamoaning “Orol”ga qarshi bahsida bosh hakam SHerzod Rajabov naqd ikki bor 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Qizig'i shundaki, penaltilarning barchasi aniq amalga oshirilgan. Bu borada quyida futbolchilarga lotoreya omadli chiqdi. Navro'z Haipov, Temur Turdiev (“Orol”), Ahror Umarjonov (“Norin”).  
* “Nurafshon”, “G'ijuvon”, “Cementchi”, “Dinamo”, “Yozyovon-Lochinlari”, “Lokomotiv-BFK” jamolari bu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolganini ham aytib o'tish lozim.


OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ushbu turning 8ta o'yinida jami 44ta sariq kartochka qayd etilgan.
* Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 5,5tadan ogohlantirish demakdir.
* Bundan ko'rinib turibdiki, hakamlar futbolchilarni ortiqcha ayab o'tirmagan  va o'yinlar ham keskin kurashlarga boy tarzda kechgan.
* Mezbon jamoalardan 20 nafar futbolchi sariq kartochka bilan siylangan.
* Qolgan 24ta ogohlantirish esa mehmon jamoa o'yinchilariga yozilgan.  
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 18ta o'yinchi ogohlantirilgan bo'lsa, ikkinchi taymga borib bu borada ko'rsatkich biroz ortgan. Yani 26 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolangan.  
* Qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yin deb – “Cementchi” – “Zomin” uchrashuvini aytish lozim. Bosh hakam mezbonlardan ikki nafar o'yinchiga mehmonlardan esa olti nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan. SHuningdek quvasoyliklar himoyachisi Jo'rabek Yoqubov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni sheriklaridan oldin tark etdi.
* Turning eng intizomsiz jamoasi ham “Zomin” bo'ldi.
* “Norin”, “Nasaf-2”, “Kosonsoy” jamoalaridan atiga bittadan futbolchi sariq kartochka olgan. Bu borada ushbu jamoalar boshqalarga namuna bo'ldi.
* 2ta qizil kartochka! Ushbu turda maydonni jamoadoshlaridan ertaroq tark etishga majbur bo'lgan futbolchilar ham uchradi.
* “Cementchi” himoyachisi Jo'rabek Yoqubov jamoasining “Zomin”ga qarshi o'tkazgan bahsida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
* “Mashal-2” yarim himoyachisi Ahrol Inoyatov ham “Norin” bilan o'yinda ketma-ket sariq kartochka olib maydondan chetlatilgan. 


HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Ushbu turda eng yuqori ball 8,2 bo'ldi. Uni bira to'la uchta bosh hakam Dauletboy Jalimov, Igor Gormashov va Ravshan Abduvohidov oldi.
* Aksincha eng past ball esa 7, 8 bo'ldi. Buxorolik SHerzod Rajabov “Orol” – “Paxtakor-2” o'yinini boshqardi va nazoratchi Oleg Rubakov tomonidan 7,8 ballga munosib ko'rildi.
Nurafshon (Buxoro) – Xotira-79 (Uychi) – 3:0.
Hakamlar:
D. Jalimov (Nukus) – 8,2, F. Usmonov (Qarshi) – 8,2, Z. Elibaev (Qarshi) – 8,2, A. Burov - 9
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

G'ijduvon (G'ijduvon) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:0.
Hakamlar
: D. Akmalov (Toshkent) – 8,0, N. Anfinogenov (Toshkent) – 8,3, S. S. Abdurahmonov (Toshkent) – 8,4, B. Qodirov - 8
Nazoratchi: K. Smirnov (Qarshi).
 
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Dinamo (Samarqand) – 0:0.
Hakamlar:
A. Rahimov (Andijon) – 8,0, D. Klepikov (Toshkent) – 8,1, X. Bahodirov (Toshkent) – 8,1, D. Qurchiev - 7
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).
 
Cementchi (Quvasoy) – Zomin (Zomin) – 1:0.
Hakamlar:
I. Xudaydatov (Toshkent) – 7,9, I. Nosirov (Namangan) – 8,1, E. Tursunov (Namangan) – 7,6, J. Hakimov - 8
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent vil.).
 
UzDongJu (Andijon) – Nasaf-2 (Qarshi) – 2:1.
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent) – 8,2, SH. Azamov (Farg'ona) – 8,2, D. Qosimov (Farg'ona) – 8,2, B. Ro'zimatov - 9
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).
 
Norin (Haqqulobod) – Mashal-2 (Muborak) – 1:1.
Hakamlar
: D. Karimov (Toshkent) – 8,0, A. Jo'raxonov (Andijon) – 8,4, R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,4, A. Rajabboev - 9
Nazoratchi: V. Najafaliev (Toshkent).
 
Orol (Nukus) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 6:2.
Hakamlar:
SH. Rajabov (Buxoro) – 7,8, F. Do'smatov (Guliston) – 8,4, A. Sunnatov (Guliston) – 8,4, D. Iskandarov - 9
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
 
Xorazm (Urganch) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:2.
Hakamlar:
R. Abduvohidov (Qarshi) – 8,2, SH. Qamarov (Samarqand) – 8,3, SH. Rahmatov (Buxoro) – 8,5, A. Alimov - 8
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

 Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent) – 1:0.
Hakamlar:
A. Najafaliev (Toshkent) – 8,0, A. Abdullaev (Toshkent) – 7,3, D. Abdurazzaqov (Toshkent) – 7,5, D. Akmalov - 8
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).



MUXLISLAR
* 2-turning 8ta o'yiniga jami 11324 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 1415ta muxlis demakdir.
* “Norin” bu borada peshqadamlik qildi. Haqqulobodda kechgan o'yinga jami 4155 nafar ishqiboz qadam ranjida qilgan.
* Aksincha eng past ko'rsatkich "UzDongJu" - "Nasaf-2" uchrashuvida qayd etildi.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Nurafshon (Buxoro) – Xotira-79 (Uychi) – 3:0. 263 tomoshabin.
G'ijduvon (G'ijduvon) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:0. 731 tomoshabin.
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Dinamo (Samarqand) – 0:0. 324 tomoshabin.
Cementchi (Quvasoy) – Zomin (Zomin) – 1:0. 3022 tomoshabin.
UzDongJu (Andijon) – Nasaf-2 (Qarshi) – 2:1. 95 tomoshabin.
Noryn (Haqqulobod) – Mashal-2 (Muborak) – 1:1. 4155 tomoshabin.
Orol (Nukus) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 6:2. 1452 tomoshabin.
Xorazm (Urganch) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:2. 1031 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent) – 1:0. 251 tomoshabin.


#             

Jamoa

O'         

YU        

D         

M        

T-N     

O       

1

UzDongJu

2

2

0

0

5-1

6

2

Nurafshon

2

2

0

0

4-0

6

3

Cementchi

2

2

0

0

3-0

6

4

Orol

2

1

1

0

7-3

4

5

 Norin

2

1

1

0

3-1

4

6

NBU-Osiyo

2

1

1

0

3-2

4

7

G'ijduvon

2

1

1

0

1-0

4

8

 Zomin

2

1

0

1

3-2

3

9

Lokomotiv BFK

1

1

0

0

1-0

3

10

 Xorazm

2

1

0

1

2-2

3

11

 Dinamo

2

0

1

1

0-2

1

12

Yozyovon-Lochinlari      

2

0

1

1

1-3

1

13

 Mashal-2

2

0

1

1

1-4

1

14

Xotira-79

2

0

1

1

0-3

1

15

 Oq-tepa

1

0

0

1

0-1

0

16

 Kosonsoy

2

0

0

2

0-2

0

17

 Nasaf-2

2

0

0

2

1-4

0

18

 Paxtakor-2

2

0

0

2

2-7

0



OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
3-tur. 13 aprel (chorshanba)
“NBU-Osiyo” – “Paxtakor-2”
17 aprel (yakshanba)
“Kosonsoy” – “Yozyovon-Lochinlari”
“Xotira-79” – “Cementchi”
“Zomin” – “UzDongJu”
“Dinamo” – “Norin”
“Mashal-2” – “Orol”
“Nasaf-2” – “Xorazm”
18 aprel (dushanba)
“Lokomotiv-BFK” – “Nurafshon”
“Oq-tepa” – “G'ijduvon”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика