Birinchi liga. 2-tur statistikasi
25 avg 2014 12:01
Yangiliklar
Birinchi liga. 2-tur statistikasi
O'tgan seshanba va chorshanba kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatdagidek, navbatdagi tur oldidan poyoniga etgan o'yinlarga to'xtalib o'tamiz.
“PAXTAKOR-2” “SHO'RTAN”NI MAG'LUBIYATSIZ SERIYASIGA CHEK QO'YDI YOXUD “OQ-TEPA” RAQIBINI AYAB O'TIRMADI
2-tur o'yinlari kutilmagan natijalarga boy tarzda o'tdi desak aslo mubolag'a bo'lmas. Boisi ushbu turda sensaciyalarga guvoh bo'ldik. Xususan chempionat peshqadami “SHo'rtan” ushbu turga qadar joriy mavsum hisobidan ichki chempionatda biror marotaba ham mag'lubiyatga uchramay kelayotgandi. Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi yosh “paxtakorchilar” g'uzorliklarning ushbu seriyasiga chek qo'yish bilan bir qatorda, o'ziga xos shov-shuv uyg'otdi. CHunki ayrim muxlis va mutaxassislar tarkibi nisbatan yoshlardan tashkil topgan “Paxtakor-2”ni ushbu bahsda g'alaba tugul, hattoki durangga bo'lgan imkoniyatini ham juda past baholagandi.
Turning qolgan o'yinlariga to'xtaladigan bo'lsak, “Istiqlol” o'z maydonida “Mashal-2”ni qabul qildi. Ikkinchi bosqichda asosiy urg'uni yoshlarga qaratgan Kamol Jo'nashev boshqaruvidagi Toshkent jamoasi, muborakliklarga qarshi bahsda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi. Mehmonlar esa iroda ko'rsatib, g'alabani ilib ketdi. Aytish lozimki, Dilshod Andaev boshchiligidagi “Mashal-2” safarda kechgan oxirgi ikki turda jami 4 ochko ishladi.
Andijonning “UzDongJu” jamoasi ushbu turda “Alanga”ning jiddiy qarshiligiga duch keldi. O'yin asabiy tarzda kechdi. Ayniqsa uchrashuv oxirlarida futbolchilar asablarini jilovlay olmagani natijasida, bosh hakam uch nafar futbolchini maydondan barvaqt chiqib ketishiga majbur qildi. Kosonliklar ham shu kuni munosib o'yini bilan safarga shunchaki sayr qilish uchun kelmaganini isbotlashga erishdi. Garchi mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsada, ular bunga arang erishdi. Anvar O'rinov ustozligidagi “Alanga” bundan oldingi turda bejizga “Xotira-79” bilan safarda durang qayd etmaganiga amin bo'ldik. O'yin tugishiga 15-20 daqiqa qolganida maydonda 9 kishi bo'lib harakat qilgan mehmonlar shunga qaramay, ochko olish ilinjida qattiq tirishdi.
Ikkinchi bosqichda Uychining “Xotira-79” jamoasini sira tanib bo'lmayapti. Namanganliklar bu safar Samarqandning “SHerdor” jamoasini qabul qildi va arang durang qayd etdi. Aslida mehmonlar shu kuni g'alabaga juda yaqin edi. CHunki “SHerdor” futbolchilari hisobda ikkita to'p farqi bilan oldinga chiqib olgandi. Ammo keyinchalik bosh hakam Abror Jo'raxonov samarqandliklar darvozasi tomon naqd 3 ta (!) penalti belgilashga qaror qildi. Mezbonlar shundan ikkitasini aniq amalga oshirib, yakunda durangga imzo chekdi.
Liga debyutanti “Obod” o'z maydonida raqibiga osonlikcha ochko ulashadigan jamoalardan emasligini amalda isbotlamoqda. Bu safar Nukusning “Orol” jamoasini qabul qilgan toshkentliklar 2:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, turnir jadvalida 3-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi.
Qo'qonda kechgan “komedik” uchrashuvda “Qo'qon-1912” raqibini ayab o'tirmadi. Qiziqarli va teng kurashlar ostida kechishi tahmin qilingan o'yinda “Xorazm” shu kuni o'zini ko'rsata olmadi. Aksincha safarga bitta darvozabon bilan borgan urganchliklar Qo'qonda mahalliy muxlislar oldida hijolat chekib qoldi. G'ayrat O'daevning chetlatilishi jamoa uchun qimmatga tushdi. Ajab emaski bu “Xorazm” uchun kelgusida saboq bo'lsa.
O'z maydonida “G'allakor-Avtomobilchi”ni qabul qilgan “Oq-tepa” raqibini ortiqcha ayab o'tirmadi. Toshkentliklar shu kuni xohlaganicha gol urdi. Safar uchrashuviga asosan mahalliy yoshlar bilan tashrif buyurgan g'allaorolliklar yirik (1:10) hisobda mag'lubiyatga uchrab, barchani hayratlantirdi. Bu bilan Furqat Esonboev boshchiligadagi “Oq-tepa” to'plar nisbatini birmuncha yaxshilab olishga erishdi.
Jizzax viloyatining birinchi ligadagi yana bir vakili “Zomin” esa o'zini ko'rsatmoqda. Spartak Murtazoev jamoasi oldingi turda “Oq-tepa”ga jiddiy qarshilik ko'rsatib, yakunda mag'lubiyatga uchragandi. Bu safar esa zominliklar Toshkentdan bir ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi. Tarkibi asosan oliy va birinchi liga toifasida tajribali bo'lgan o'yinchilar evaziga to'ldirilgan “NBU-Osiyo” joriy mavsum muxlislar kutgan natijani bermayapti. Yuriy Coy, Abdumajid Toirov, Aleksandr Xvostunov, Leonid Koshelev hamda Aleksey Nikolaev kabi taniqli o'yinchilarga ega bo'lgan “bankirlar”ga faqat yuqori o'rinlarda yurish yarashadi.
35TA GOL. 9TA PENALTI. 4TA DUBL. 1TA XET-TRIK
* Mazkur tur gollarga boy bo'ldi. Barcha o'yinlarda kiritilgan umumiy gollar soni 35tani tashkil etdi. Har bir bahsga o'rtacha miqdorda 4tadan gol demakdir.
* Kiritilgan gollarning 25tasi mezbon jamoalar hisobiga yozilgan bo'lsa, qolgan 10ta to'pni mehmonlar kiritgan.
* Turning eng tezkor goli 3-daqiqada kiritildi. “Paxtakor-2” azosi Islom Karimov aynan ushbu soniyada “SHo'rtan” posbonini ranjitgan.
* Aksincha turning eng so'nggi goli Berumiy Abdunabiev tomonidan kiritildi. “Oq-tepa” o'yinchisi 90+1-daqiqada “G'allakor-Avtomobilchi” darvozasini penaltidan ishg'ol etgan.
* Uchrashuvlarning birinchi taymida kiritilgan gollar soni 16tani tashkil etdi.
* Tabiiyki, o'z-o'zidan qolgan 19ta to'p o'yinlarning ikkinchi bo'limida kiritilgan.
* Mazkur turda 2ta avtogol sodir bo'ldi. “Istiqlol” yarim himoyachisi Ravshan Abduvohidov “Mashal-2”ga qarshi uchrashuvning 47-daqiqasida kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan. Aytish lozimki, ushbu gol muborakliklarga g'alaba keltirdi. SHuningdek “G'allakor” azosi Madamin Xojibekov ham “Oq-tepa” bilan o'tgan o'yinda, o'z darvozasini ishg'ol etib, raqibning yirik hisobdagi g'alabasiga “hissa” qo'shdi.
* Ortda qolgan turda jami 4 nafar o'yinchi dublga erishdi. Xayrulla Jakbarov (“Istiqlol”), Abdurazzoq Jo'raev (“Xotira-79”), Ubaydulla Nabiev (“SHerdor”) hamda Doniyor Usmonov (“Qo'qon-1912”) ikkitadan gol urgan.
* SHuningdek xet-trik qayd etgan futbolchi ham uchradi. “Oq-tepa” hujumchisi Sergey Rekun “G'allakor-Avtosobilchi”ga qarshi bahsda raqib darvozasini 3 bor aniq nishonga oldi.
* O'yinlarni boshqarib borgan hakamlar jami 9 bor penalti belgilashgan. Undan 8tasi aniq amalga oshirilgan.
* Penaltidan aniq foydalanganlar:
Maqsud Hayitov – “Oq-tepa”
Sergey Rekun – “Oq-tepa”
Berumiy Abdunabiev – “Oq-tepa”
Abdurazzoq Jo'raev (2ta) – “Xotira-79”
Doniyor Usmonov – “Qo'qon-1912”
Javohir Ashurov – “Alanga”
Sanjar To'raqulov – “Obod”
* “Xotira-79” himoyachisi G'ulomjon Otavaliev bu borada nuqtadan adashdi. Aks xolda uning jamoasi g'alaba qozonishi ham mumkin edi.
* Ushbu turda eng ko'p to'p kiritgan jamoa “Oq-tepa” bo'ldi. Toshkentliklar o'z maydonida “G'allakor-Avtomobilchi”ni qabul qilib, raqib darvozasini naqd 10 bor aniq nishonga olgan! Aytish lozimki, joriy mavsum hisobidan bunga qadar bitta o'yinda 10ta gol urgan jamoa uchramayotgandi. Ko'ramiz, mavsum so'nggiga qadar ushbu rekordni yangilay oladigan jamoa topilarmikin.
37TA SARIQ VA 6TA QIZIL KARTOCHKA!
* Mazkur tur gollarga boy tarzda kechish bilan bir qatorda, keskin kurashlarga ham boy bo'ldi.
* 8ta o'yinda jami 37ta sariq kartochka ko'rsatilgani ham fikrimizni isbotlasa ajab emas.
* Bu har bir uchrashuvga 4,625tadan ogohlantirish demakdir.
* Bahslarning birinchi bo'limida 11 nafar o'yinchi ogohlantirilgan bo'lsa, ikkinchi taymda yana 26ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Mezbon jamoalarning 15ta o'yinchisiga sariq kartochka berildi.
* Qolgan 22ta ogohlantirish mehmonlar tomon ko'rsatilgan.
* Bundan ko'rinib turibdiki, 2-turda mehmon jamoalar tartibsiz o'yin ko'rsatgan.
* Toshkentda kechgan “Obod” – “Orol” bahsi nisbatan eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan o'yin bo'ldi.
* SHu kuni bosh hakam Dilshod Karimov har bir ikki jamoaning 4tadan o'yinchisini sariq bilan “siyladi”.
* Qizil kartochka tufayli maydonni barvaqt tark etgan o'yinchilarga to'xtaladigan bo'lsak.
* Bu borada raqamlar 6tani tashkil etdi. Eng ko'p chetlatish, “UzDongJu” – “Alanga” o'yinida kuzatildi. SHu kuni Ravshan Kopadze mezbonlarning bitta mehmonlardan esa ikki nafar o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi.
* Qolgan 3ta qizil kartochka 3ta o'yinda kuzatildi.
* Xondamir Yuldashev (“UzDongJu”), Adham Normuhammedov, G'anisher Xolmurodov (“Alanga”), G'ayrat O'daev (“Xorazm”), Bahriddin Rahmonqulov (“G'allakor”), Doniyor Ismoilov (“Zomin”) bugun bo'lib o'tadigan navbatdagi turda maydonga tusha olmaydi.
8TA O'YINGA 4991TA TOMOSHABIN!
Ortda qolgan tur o'yinlari muxlislarda u qadar katta qiziqish uyg'ota oldi deb bo'lmaydi. Sababi 8ta o'yinga jam 4991 nafar tomoshabin kirgani, uchrashuvlar qaydnomasida ko'rsatib o'tilgan. Bu har bir bahsga o'rtacha 623tadan muxlis demakdir.
Albatta bitta o'yinga 1000ta ishqiboz kirmayotgani achinarlidir.
2-turda eng ko'p tomoshabin yana Qo'qonda kuzatildi. “Qo'qon-1912” – “Xorazm” uchrashuvini 3501ta ishqiboz bevosita stadionda kuzatgan.
Aksincha eng kam tomoshabin Toshkentda o'tgan “Istiqlol” – “Mashal-2” o'yiniga kirdi. Atiga 68 nafar muxlis!
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Istiqlol – Mashal-2 – 2:3. 68 tomoshabin.
Paxtakor-2 – SHo'rtan – 2:1. 216 tomoshabin.
UzDongJu – Alanga – 2:1. 324 tomoshabin.
Xotira-79 – SHerdor – 2:2. 521 tomoshabin.
Obod – Orol – 2:0. 153 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Xorazm – 3:0. 3501 tomoshabin.
Oq-tepa – G'allakor-Avtomobilchi – 10:1. 103 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Zomin – 2:2. 105 tomoshabin.
Ikkinchi bosqich, 2-turdan keyingi vaziyat.
BUGUN VA ERTAGA UCHRASHADILAR
3-tur. 25 avgust (dushanba)
“Zomin” – “UzDongJu”
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Xotira-79”
“Xorazm” – “Oq-tepa”
“Orol” – “NBU-Osiyo”
“SHo'rtan – Obod”
“Mashal-2” – “Qo'qon-1912”
26 avgust (seshanba)
“SHerdor” – “Istiqlol”
“Alanga” – “Paxtakor-2”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

# |
Jamoa |
O' |
YU |
D |
M |
UG - O'G |
T-N |
Ochk |
1 |
SHo'rtan |
16 |
14 |
1 |
1 |
55 - 7 |
48 |
43 |
2 |
Qo'qon-1912 |
16 |
11 |
2 |
3 |
33 - 17 |
16 |
35 |
3 |
Obod |
16 |
10 |
1 |
5 |
27 - 19 |
8 |
31 |
4 |
Oq-tepa |
16 |
9 |
3 |
4 |
41 - 27 |
14 |
30 |
5 |
Zomin |
16 |
8 |
3 |
5 |
27 - 18 |
9 |
27 |
6 |
NBU-Osiyo |
16 |
8 |
2 |
6 |
32 - 25 |
7 |
26 |
7 |
UzDongJu |
16 |
8 |
0 |
8 |
27 - 25 |
2 |
24 |
8 |
Mashal-2 |
16 |
7 |
3 |
6 |
14 - 21 |
-7 |
24 |
9 |
Xorazm |
16 |
6 |
4 |
6 |
20 - 22 |
-2 |
22 |
10 |
Paxtakor-2 |
16 |
6 |
3 |
7 |
28 - 32 |
-4 |
21 |
11 |
Orol |
16 |
5 |
3 |
8 |
12 - 18 |
-6 |
18 |
12 |
Alanga |
16 |
5 |
3 |
8 |
17 - 28 |
-11 |
18 |
13 |
Xotira-79 |
16 |
5 |
2 |
9 |
18 - 27 |
-9 |
17 |
14 |
SHerdor |
16 |
3 |
4 |
9 |
8 - 28 |
-20 |
13 |
15 |
Istiqlol |
16 |
4 |
0 |
12 |
31 - 44 |
-13 |
12 |
16 |
G'allakor Avtomobilchi |
16 |
1 |
2 |
13 |
13 - 45 |
-32 |
5 |
BUGUN VA ERTAGA UCHRASHADILAR
3-tur. 25 avgust (dushanba)
“Zomin” – “UzDongJu”
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Xotira-79”
“Xorazm” – “Oq-tepa”
“Orol” – “NBU-Osiyo”
“SHo'rtan – Obod”
“Mashal-2” – “Qo'qon-1912”
26 avgust (seshanba)
“SHerdor” – “Istiqlol”
“Alanga” – “Paxtakor-2”
Islombek Rustambekov tayyorladi.
Fikrlar