So’nggi yangiliklar

08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  0 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  1 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  4 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  1 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  3 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  5 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  7 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  11 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  3 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  29 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7

Birinchi liga. 2-tur oldidan taxminingiz qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 2-tur oldidan taxminingiz qanday?

Yana bir necha soatlardan so'ng ikkinchi bosqichning navbatdagi tur bahslari bo'lib boshlanadi.

Etiborlisi turning 8ta o'yini bir kunda kechadi! Bunday deyishimizning boisi, oldingi tur bahslari 3 kunda bo'lib o'tayotgandi. Xullas bugungi uchrashuvlar oldidan jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini baholashga urinamiz. Siz ham o'z munosabatingizni bildirib o'tsangiz chakki bo'lmasdi.
 
“Orol” – “Paxtakor-2”. Imkoniyatlar 60x40
Aytishlaricha nukusliklar qariyb 5 oydan buyon oylik maosh olmasdan o'ynab kelishayotgan ekan. Lekin shunga qaramay Nematulla Qutiboev futbolchilarni har bir uchrashuvga astoydil tayyorlamoqda. Yigitlarda ham “azart” kuchli ekanligi ko'rinib turibdi. Bugungi bahsda mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori deya baholadik. Lekin “Paxtakor-2” ham safarga shunchaki bormasligi turgan gap.

“Nasaf-2” – “UzDongJu”. Imkoniyatlar 50x50
O'tgan turda safarda yirik hisobda mag'lub bo'lgan “Nasaf-2” bugun qanday bo'lmasin o'z maydonida g'alaba qozonishga urinishi tabiiy. Lekin “UzDongJu” ham Qarshiga ochko olish maqsadida borgani aniq. Qiziqarli o'yin bo'ladi. Imkoniyatlar esa hozircha teng deya taxmin qildik.

“Lokomotiv-BFK” - “Yozyovon-Lochinlari”. Imkoniyatlar 50x50
Toshkentda o'tadigan mazkur bahsni ham qiziqarli o'tishiga shubha yo'q. “Lokomotiv-BFK”da moliyaviy muammolar borligini eshitdik. SHu bois murabbiylar shtabi davralar oralig'ida mahoratli futbolchilarni ushlab qola olmadi va ularning o'rnini iqtidorl yoshlar hisobiga to'ldirdi. Sunnat Abdurasulov shogirdlari shunga qaramay bugun raqibdan ochko tortib olishga urinadi. Yozyovonliklar esa tobora o'z o'yinini topib borayotgandek. Ular o'tgan turdagi yirik g'alaba tasodif emasligini bugungi bahsda isbotlashi lozim.

“Zomin” – “Cementchi”. Imkoniyatlar 45x55
SHubhasiz turning markaziy uchrashuvidir. Zominliklar o'z maydonida birinchi ligadagi har qanday raqibini taslim eta olishlarini yaxshi bilamiz. Lekin ularning bugungi raqibi ham xuddi o'zi kabi “Cementchi”dir. Quvasoyliklar davralar oralig'ida o'z safiga mahoratli o'yinchilarni qo'shib oldi. Bu ham qaysidir manoda ularning bugungi bahs oldidan g'alabaga bo'lgan imkoniyatini nisbatan oshirdi.
 
“Obod – “Xotira-79”. Imkoniyatlar 70x30
So'zsiz maydon egalari favoritdir. Oliy ligaga chiqishga asosiy davogarlardan biri bo'lgan “Obod” bugun raqibidan birmuncha kuchli ekanligini maydonda isbotlasa ajab emas. Toshkentliklar tarkibida himoyachi Kamoliddin Tojiboev diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborsa, mehmonlar tarkibida ham huddi shunday ikkita yo'qotish – Jamol Abdujabborov va Sohib Abdullaev ham safarga borishmagan. “Obod” o'z maydonida osonlikcha ochko yo'qotadigan klub emasligini birinchi bosqichda ham isbotladi.

“Xorazm” – “Kosonsoy”. Imkoniyatlar 60x40
Vali Sultonov boshqaruvidagi urganchliklar o'tgan turda “Oq-tepa”ni safarda mag'lub etib, o'ziga xos shov-shuv uyg'otgandi. Ko'ramiz bugun ham ular o'z maydonida muxlislarini quvontira olarmikin. Balki Toshkentdagi g'alaba futbolchilarning shijoatini oshishiga xizmat qilib, raqibni taslim etishga etarli bo'lar. “Kosonsoy”da esa futbolchilarning keldi-ketdisi yuz bergani bois, jamoaning o'yinida pasayish kuzatilgandek.

“Mashal-2” – “Oq-tepa”. Imkoniyatlar 50x50
Muborakliklarni bugun o'z maydonida jiddiy bir sinov kutib turibdi. Garchi “Oq-tepa” o'tgan turda o'z maydonida mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, ular bugun safarda g'alaba qozonib, yo'qotilgan ochkolarni qoplashga urinishi tabiiy. Tarkibda ijrochilar etarli. Ammo Dilshod Andaev boshqaruvidagi jamoa ham o'z maydonida raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatishi turgan gap.

“G'ijduvon” – “NBU-Osiyo”. Imkoniyatlar 45x55
G'ijduvonliklar bugun o'z maydonida muxlislarini quvontirmasa bo'lmaydi. Lekin “NBU-Osiyo” bilan bahsda ularga oson bo'lmasligini ham unutmaslik lozim. Rufat Akramxo'jaev boshqaruvidagi “bankirlar” safardan ochko bilan qaytishsa ajab emas.  


Islombek Rustambekov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика