So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  3 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

Birinchi davraning yakuniy statistikasi Yangiliklar

Birinchi davraning yakuniy statistikasi

Mana XXIV milliy chempionatimizning birinchi davrasi ham o'z nihoyasiga etdi. Yakuniga etgan davraning statistikasini taqdim etamiz.

Birinchi davra yakunlari raqamlarda

Dastlabki davrada jami 120 ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  321 ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,68 tadan to'p to'g'ri keladi).

Lokomotiv va Paxtakor birinchi davrada bir martadan mag'lub bo'lishdi. Eng ko'p mag'lubiyatni Buxoro qabul qilib oldi – 12ta.

Paxtakor, Olmaliq, Lokomotiv o'z maydonda mag'lub bo'lmadi. Buxoro o'z uyida eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoaga aylandi – 5 marta.



Safarda eng kam mag'lubiyatni Lokomotiv, Paxtakor va Neftchi qabul qilib oldi – 1tadan. So'g'diyona safarda 8 marta mag'lub bo'lib bu borada etakchi bo'ldi. Dinamo, Buxoro, va So'g'diyona safardagi o'yinlarda biron marta ham zafar qucha olishmadi.

Bunyodkor o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yubordi – 2ta. Buxoro esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 15ta.

Neftchi safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 4ta to'p o'tkazib yuborgan. So'g'diyona safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 21ta to'p olib chiqqan.  
 
Olmaliq o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 19ta. Andijon va Buxoro o'z uyida eng kam 5tadan gol urgan.

Lokomotiv safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 16ta. Dinamo safar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritgan – 3ta.



Paxtakor va Olmaliq o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 22tadan. Buxoro esa o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 4ta.

Safar uchrashuvlarida esa Lokomotiv eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 17ta. So'g'diyona safar uchrashuvlarida umuman ochko olmagan.

Urilgan 321ta goldan 194tasi (60,44%) mezbonlar, 127tasi (39,56%) mehmonlar hisobiga yozildi.   

Bo'lib o'tgan 120 uchrashuvning  69tasida (57, 5%) maydon egalari, 32 tasida (26,67%) mehmonlar zafar quchishgan.  19 o'yinda (15,83%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

15ta tur davomida futbolchilar jami 494 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 4,12 tadan kartochka to'g'ri keladi). 28 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,23 tadan chetlatish to'g'ri keladi).



Uchrashuv hakamlari 35 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 28 holatda (80%) to'p darvozaga kiritildi. 7 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

Birinchi davrada 4ta avtogol qayd etildi. Eldorbek Suyunov (Nasaf), SHerzod SHaripov (SHo'rtan), Jahongir Abdumo'minov (Olmaliq) va Laziz Ubaydullaev (SHo'rtan) bir martadan o'z darvozalarini ishg'ol qilib qo'yishgan.

Ortda qolgan o'yinlarda 28 marta dubl qayd etildi. Baxriddin Vahobov (Qizilqum) uch marta, SHahzodbek Nurmatov (Metallurg) va Igor Sergeev (Paxtakor) ikki martadan, Saidjon Abdujabborov (Metallurg), Stanislav Andreev (Paxtakor), Ro'zimboy Ahmedov (Neftchi), Marat Bikmaev (Lokomotiv), Predrag Vuyovich (Andijon), SHohruh Gadoev (Nasaf), Artur Gevorkyan (Nasaf), Aziz Ibragimov (Andijon), Viktor Karpenko (SHo'rtan), Zohir Qo'ziboev (Mashal), Mo'ydin Mamazulumov (Navbahor), Nikita Pavlenko (Olmaliq), Bahodir Pardaev (Paxtakor), SHavkat Salomov (Olmaliq), Murod Toshmatov (Metallurg), G'ulom O'runov (Olmaliq), Jasur Hakimov (So'g'diyona), Ilhom SHomurodov (Nasaf), Vohid SHodiev (Bunyodkor), Eldor SHomurodov (Bunyodkor), SHaxboz Erkinov (Navbahor) bir martadan shunday natijaga erishishdi.

4 marta bir futbolchi o'yinda uch marta gol (xet-trik) urishdi. Baxriddin Vahobov (Qizilqum) ikki bor, Igor Sergeev (Paxtakor) va Ulug'bek Baqoev (Navbahor) bir martadan xet-trik qayd etishdi.



Bellashuvlarini jami 667583 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (o'rtacha har bir o'yinga 5563tadan to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin Neftchi – Nasaf uchrashuviga tashrif buyurdi – 17143. Eng kam tomoshabin esa Bunyodkor – SHo'rtan uchrashuviga tashrif buyurgan – 522ta.

Muxlislar to'plash borasida (uyda va safarda) Neftchi jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 110903. Qizilqum esa 107084 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Qo'qon-1912 klubi 101834 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Metallurg o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 49950.

Qizilqum jamoasi o'z maydonida eng ko'p ishqiboz to'plagan – 78212. Bunyodkor bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 13876.

Safar o'yinlarida So'g'diyona jamoasining (57217) muxlisi ko'p. Safarda Olmaliqning muxlislari eng oz – 26432.



120 uchrashuvdan 19tasida yirik hisob qayd etildi. Lokomotiv va Metallurg hisobida 3tadan yirik hisobdagi g'alaba bor. CHempionatning eng yirik hisobi Lokomotiv – Navbahor va Metallurg – Andijon (hisob – 5:1) uchrashuvlarida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 120 uchrashuv 14 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 27 marta, 2:1 – 21 marta, 3:1 – 15 marta, 2:0 – 13 marta, 3:0 – 10 marta, 0:0 – 7 marta, 2:2– 6 marta, 1:1 – 5 marta, 3:2, 4:0 – 4 martadan, 4:1 – 3 marta, 5:1 va 4:2 – 2 martadan, 3:3 – 1 marta uchradi.  
 


Oliy liga-2012 seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar

G'alabali seriya – Paxtakor (1 maydan – 1 iyulgacha) 9 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – Paxtakor (1 maydan – ...) 10 uchrashuv
Durangli seriya – Olmaliq (10 maydan – 23 maygacha) 3 uchrashuv
Durangsiz seriya – Paxtakor (3 apreldan – 1 iyulgacha) 13 uchrashuv
G'alabasiz seriya – Buxoro (12 martdan – 26 iyungacha) 14 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – Buxoro (16 maydan – 26 iyungacha), Qo'qon-1912 (24 maydan – 1 iyulgacha) 6 uchrashuv
Golli seriya – Paxtakor (12 martdan – ...) 15 uchrashuv
Golsiz seriya – Dinamo (23 maydan – 19 iyungacha) 4 uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – Buxoro 14 uchrashuv (12 martdan – 26 iyungacha)
Quruq seriya – Bunyodkor (7 iyundan – ...) 5 uchrashuv



Eng uzun seriyalar – Futbolchilar
 
Golli seriya – Igor Sergeev (Paxtakor) 4 uchrashuv 5ta gol (16 maydan – 7 iyungacha)
Quruq seriya (darvozabon) – Murodjon Zuhurov (Bunyodkor) 5 uchrashuv 471 daqiqa


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Manba:  championat.asia

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика