So’nggi yangiliklar

18:54Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  0 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  1 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  2 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  3 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  2 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  17 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  8 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  5 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3

Birinchi davraning eng yaxshi hakami aniqlandi. Kim kimga ovoz berdi? Yangiliklar

Birinchi davraning eng yaxshi hakami aniqlandi. Kim kimga ovoz berdi?

O'zbekiston Futbol hakamlari markazi joriy mavsumdan boshlab, har oy va har davra miqyosida Coca-Cola Superliganing eng yaxshi hakamini ovoz berish yo'li bilan aniqlab boradi.

Xabaringiz bor, birinchi davraning eng yaxshi hakamligi uchun o'tkazilgan so'rovnomada 6 nafar referi ishtirok etib, yakunda Ilgiz Tantashev bu yutuqni qo'lga kiritgan edi. Buxorolik arbitr birinchi davraning 13 turi davomida 8 bor bosh hakam vazifasini bajardi, 5 bor esa VAR hakami sifatida ishtirok etdi. Jumladan, u birinchi davra davomida “Neftchi” – “Paxtakor”, “Olimpik” – “Neftchi”, “Nasaf” – OKMK singari markaziy uchrashuvlarda ishladi.

SHuningdek, 2-o'rinni qo'lga kiritgan Akobirxo'ja SHukurullaev ham 13 tur davomida “Neftchi” – OKMK, “Neftchi” – “Navbahor” uchrashuvlarida bosh hakam, “Neftchi” – “Paxtakor” va “Nasaf” – “Navbahor” bahslarida VAR hakami sifatida ajoyib ishtirok etdi.

3-o'rinni olgan andijonlik referi Temur To'xtasinov esa “Nasaf” – “Navbahor”, “Bunyodkor” – “Paxtakor” singari markaziy uchrashuvlarni boshqardi.


O'zFHM ovoz berish jarayonida futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, jumladan, sharhlovchi, jurnalist va murabbiylardan ovoz oldi. Quyida mazkur so'rovnoma natijalari va kim kimga ovoz bergani bilan tanishasiz.

1. Azamat Umarov (jurnalist, SPORTS.uz): 1) Temur To'xtasinov; 2) SHavkat Nasibullaev; 3) Akobirxo'ja SHukurullaev;

2. Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev (jurnalist, SPORTS.uz): 1) Akobirxo'ja SHukurullaev; 2) Temur To'xtasinov; 3) SHavkat Nasibullaev;

3. Narzulla Saydullaev (jurnalist, Championat.asia): 1) Ilgiz Tantashev; 2) Akobirxo'ja SHukurullaev; 3) Temur To'xtasinov;

4. Xayrulla Hamidov (sharhlovchi, SportTV): 1) Akobirxo'ja SHukurullaev; 2) Temur To'xtasinov; 3) Rahimbek Karimov;

5. Baxtiyor SHirinov (O'FA mutaxassisi): 1) Ilgiz Tantashev; 2) Akobirxo'ja SHukurullaev; 3) Rahimbek Karimov;

6. Kamoliddin Murzoev (Futbolchilar uyushmasi): 1) SHavkat Nasibullaev; 2) Rahimbek Karimov; 3) Akobirxo'ja SHukurullaev;

7. Mansur Sarimsoqov (mustaqil kuzatuvchi): 1) Temur To'xtasinov; 2) Ilgiz Tantashev; 3) SHavkat Nasibullaev;

8. Zuhriddin Qilichev (sharhlovchi, SportTV): 1) Ilgiz Tantashev; 2) Akobirxo'ja SHukurullaev; 3) Temur To'xtasinov;

9. Olimxo'ja Bo'ronov (jurnalist, Stadion.uz): 1) Rahimbek Karimov; 2) Akobirxo'ja SHukurullaev; 3) Temur To'xtasinov;

10. Faxriddin Ro'ziev (mustaqil kuzatuvchi): 1) Temur To'xtasinov; 2) Ilgiz Tantashev; 3) SHavkat Nasibullaev;

11. Orif Tolipov (sharhlovchi, SportTV): 1) Ilgiz Tantashev; 2) Akobirxo'ja SHukurullaev; 3) Temur To'xtasinov;

12. O'tkir Jalolxonov (jurnalist, Tribuna.uz): 1) Ilgiz Tantashev; 2) SHavkat Nasibullaev; 3) Rahimbek Karimov;

13. Abdulla Nurmonov (shahrlovchi, SportTV): 1) Ilgiz Tantashev; 2) SHavkat Nasibullaev; 3) Temur To'xtasinov;

14. SHahboz Beg'amov (jurnalist): 1) Ilgiz Tantashev; 2) Temur To'xtasinov; 3) Akobirxo'ja SHukurullaev;

15. Ravshan Haydarov (murabbiy, U-20 MTJ): 1) SHavkat Nasibullaev; 2) Rahimbek Karimov; 3) Akobirxo'ja SHukurullaev;

16. Baxtiyor Ashurmatov (mutaxassis): 1) Rahimbek Karimov; 2) Rustam Lutfullin; 3) Ilgiz Tantashev;

17. Anvar G'ofurov (murabbiy): 1) Ilgiz Tantashev; 2) SHavkat Nasibullaev; 3) Rustam Lutfullin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика