So’nggi yangiliklar

15:38Ҳакамлар Суперлига 20-турида хатоликка йўл қўймаган. Лекин ПРО лигада қўпол хато! — Эксперт-ҳакамлар комиссияси  0 15:20Аббос Файзуллаев Россия чемпионати тур рамзий жамоасидан жой эгаллади  1 14:53Икки ой комада ётган ПСЖ собиқ дарвозабони футболга қайтди ва Қатар клубига ўтди  0 14:25Гризманн Франция терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди  2 14:14Ихор Корсун: "Кейинги босқичдаги рақибимиз — Бразилия? Бу ҳақда сиздан эшитдим"  0 13:55Абдуқодир Ҳусанов Франция чемпионати ҳафта жамоасидан ўрин олди  3 13:20Аргентина дарвозабони Сармиенто: "Игитага қарши ўйнаш – бутунлай бошқа футзал"  0 12:56Ниҳоят, МЮ Тен Ҳаг ўрнига мураббий қидира бошлади  12 12:30Афсонавий Буффон иккинчи марта уйланди. Унинг рафиқаси "Sky Sports" собиқ ходимаси   4 12:07Суперлига. 21-тур учрашувларининг санаси маълум  4 11:46Хитой Тайпейидаги қийинчиликлар, Суперлига мураббийларига раҳмат, Аргентина ва Уругвайга қарши бўлажак ўйинлар ҳақида — Фарҳод Нишонов  0 11:40Рафаэль Морильо: "Бир кун келиб, шоҳсупадан ўрин оламиз"  0 11:35Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025: ФИФА стадионлар рўйхатини эълон қилди  4 11:03U-20 Осиё кубогига чиққан барча иштирокчилар маълум бўлди. Марказий Осиёдан иккита терма жамоа бор  5 10:42"Андижон" бош директори кубок финалидан олдин ўз фикрларини билдириб ўтди  9

Birinchi davra yakunlari. “Qizilqum” Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. “Qizilqum”

Oliy ligamizda birinchi davra yakuniga etgan va ayni paytda jamoalar mavsumning ikkinchi yarmiga hozirlik ko'rishmoqda.
Aksariyat o'rtamiyona jamoalar qatori Navoiyning “Qizilqum” futbol klubi ham mavsumning birinchi yarmini o'rtacha saviyada o'tkazdi. Jamoa 13 o'yindan 4tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 5 bor durang o'ynadi va 4 marta imkoniyatni boy berdi. Bugun ushbu jamoaning birinchi davradagi ishtiroki xususida so'z yuritamiz.

NIMANI KUTGANDIK?
“Qizilqum” Navoiy viloyatining bosh jamoasi hisoblanadi. Viloyatda klubga etibor o'zgacha. Ammo bir necha yildan beri klub oldiga yuqori o'rinlarni egallash vazifasi qo'yilmayapti. Jamoa imkoniyat darajasida oliy ligada ishtirok etib kelmoqda. Yuriy Lukin shogirdlaridan muxlislar asosan chiroyli o'yin kutishgandi. Birinchi davrada shunday bo'ldi ham. Jamoa bir nechta bahsni yaxshi saviyada o'tkazdi. Ammo klubda bir ko'tarilish, bir pasayish yuz bergani uchun kam o'yinlarda g'alaba qozondi.

NIMAGA ERISHILDI?
“Qizilqum” birinchi davrada 17 ochko to'pladi. Bu o'tgan yil bilan solishtirganda 10 ochkoga ko'p deganidir. CHunki jamoa avvalgi mavsum birinchi davrada atigi 7 ochko bilan oxirgi o'rinni egallagandi. Bu safar 17 ochko to'plab 7-pog'onada tanaffusga yo'l oldi. Bu esa jamoada ko'tarilish yuz berganini anglatadi. “Qizilqum”ning natijalariga masul avvalo klub ijrochi direktori Hamid Aktamov hisoblanadi. Futbolchilarning holatiga esa Yuriy Lukin javob beradi. Hamid Aktamov boshqaruvidagi jamoa birinchi davrada o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi.



KUCHLI TOMONI
“Qizilqum”ning kuchli tomoni birinchi navbatda darvoza chizig'ida ko'zga tashlandi. Negaki Artyom Makosin bir qator bellashuvlarda o'z ishini puxta bajardi. Jamoa o'z kuchini asosan uy uchrashuvlarida namoyish etdi. Safar o'yinlarida biror marta g'alaba qozona olmadi, oltita o'yindan ikkitasida durang qayd etdi xolos (“Neftchi” bilan 0:0 va “Metallurg” bilan 1:1). Navoiyliklar uydagi o'yinlarning birortasi mag'lub bo'lishmadi va bu tomonlama “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Nasaf”, “Bunyodkor” va “Olmaliq” bilan bir xil ko'rsatkichga ega bo'lishdi.

KUCHSIZ TOMONI
Jamoaning kuchsiz tomoni barqaror emasligida ko'zga tashlandi. Masalan, chempionatning dastlabki oltita bahsida “Qizilqum” faqat bir marta g'alaba qozondi. Lekin oxirgi beshta o'yinning birortasida yutqazmadi. Bundan tashqari, “Qizilqum” bir qarasang yaxshi jamoadek, bir qarasang autsayder klubdek ko'rindi. Oddiy misol, jamoa Toshkentda “Bunyodkor” va “Paxtakor”ga qarshi tengma-teng kurash olib bordi, faqat bitta to'p farqi bilan imkoniyatni boy berdi. Ammo “Lokomotiv” bilan kechgan o'yinda jamoa ikkinchi taymda aytarli hech narsa qila olmadi. Ular go'yoki jangsiz taslim bo'lgandek tasavvur uyg'otdi.

KIMLAR O'ZINI KO'RSATDI?
“Qizilqum”da o'zini ko'rsatgan futbolchilar qatoriga darvozabon Artyom Makosin, himoyachilar Akmal Rustamov, Asqar Muhiddinov, yarim himoyachilardan Ruslan Vagapov, Eldor Boymatov, SHerali Jo'raevni misol sifatida keltirsak bo'ladi. Masalan, Akmal Rustamov bilan Artyom Makosin birinchi davrada yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Makosin 12 o'yinda 12ta gol o'tkazib yubordi va buni o'rtamiyona jamoa darvozaboni uchun yaxshi ko'rsatkich deya olamiz. Rustamov himoyachi bo'lishiga qaramay, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ruslan Vagapov esa o'ng qanotning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'ldi. U “Qizilqum”ga kelib o'z o'yinini topa oldi. SHuningdek, maydon markazida Eldor Boymatov hamda chap qanotda SHerali Jo'raevning o'yini muxlislarga maqul keldi.



KIMLAR O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
Samandar SHodmonovdan ko'p narsa kutilgandi, biroq u o'zini to'liq namoyon eta olmadi. 11ta uchrashuvda ishtirok etgan Samandar birortayam to'p kirita olmadi. Jamoa etakchisi bo'lishga harakat qilgan Vladimir SHishelov ham bazan yaxshi harakat qildi, bazan o'yini qovushmadi. U uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Milliy terma jamoaga chaqirilgan Navro'z Alimov bor-yo'g'i bitta gol urdi. Bu uningdek hujumchi uchun kam deganidir. Alimov ikkinchi davrada o'zin ko'rsatmasa, Osiyo o'yinlariga borishdan chetda qolishi mumkin. Bundan tashqari, yana bir hujumchi Alisher Xoliqovga ham etirozlar ko'p bo'ldi. 10ta o'yinda maydonga tushgan hujumchi har bir bahsda o'rtacha yarim soatdan harakat qildi va atigi bitta to'p kiritdi. Bu esa muxlislarning etiroziga sabab bo'ldi. Bundan tashqari, Ravshan Haydarovning “topilmasi” Farrux Haydarov Yuriy Lukin qo'l ostida zo'r o'ynab keta olmayapti.

XULOSA O'RNIDA
O'tgan yil birinchi davrada oxirgi o'rinni egallagan “Qizilqum” bir amallab elitada qolishni uddalagandi. Jamoa 25 ochko to'plab 12-o'rinni band etdi. Bu yil esa navoiyliklar allaqachon 17 ochkoni yig'ib qo'yishdi. Jamoaning ishlari besh demasayam, har holda to'rtga baholasa bo'ladi. Aytib o'tganimizdek, “Qizilqum” birinchi davrada bazan yaxshi, bazan kishini hayron qoldiradigan futbol ko'rsatdi. Lekin o'z o'yinini to'liq topib olishi uchun biroz vaqt kerak deb o'ylaymiz. Yuriy Lukin - mehnatkash murabbiy, qolaversa, futbolchini qadrlaydi va yaxshi tushunadi. Matbuot bilan ham munosabatlari joyida. Agar “Qizilqum” hozir egallab turgan o'rnini mavsum oxirigacha o'zida saqlab tura olsa, bu klub uchun yaxshi natija bo'ladi.



STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 12
Uyda urilgan gollar – 9
Safarda urilgan gollar – 3
O'tkazib yuborilgan gollar – 12
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 3
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 9
Uydagi ochkolar – 15
Safardagi ochkolar – 2
Eng yirik g'alabasi - 3:1 (“Navbahor”)
Eng alamli mag'lubiyati – 1:4 (“Lokomotiv”)
Sariq kartochkalar – 25
Qizil kartochka – 1
Nechta futbolchi o'ynadi – 21



KIM QANCHA O'YNADI?

Darvozabonlar
Artyom Makosin - 13 o'yin
Erkin Jabborov - 1 o'yin

Himoyachilar
Asqar Muhiddinov - 13 o'yin, 0 gol
Akmal Rustamov - 12 o'yin, 2 gol
Akmal Xoliqov - 10 o'yin, 0 gol
Aziz Usmonov - 7 o'yin, 0 gol

Yarim himoyachilar
Ruslan Vagapov - 13 o'yin, 2 gol
Mirjalol Qurbonov - 12 o'yin, 0 gol
Eldor Boymatov - 12 o'yin, 1 gol
SHerali Jo'raev - 12 o'yin, 2 gol
Samandar SHodmonov - 11 o'yin, 0 gol
Farrux Haydarov - 9 o'yin, 0 gol
G'ayrat Jumaev - 8 o'yin, 0 gol
Jamshid SHohnazarov - 4 o'yin, 0 gol
Fayzulla Qambarov - 4 o'yin, 0 gol
Sarvar Xolmatov - 3 o'yin, 0 gol
Alisher Sanoev - 1 o'yin, 0 gol

Hujumchilar
Vladimir SHishelov - 11 o'yin, 3 gol
Navro'z Alimov - 11 o'yin, 1 gol
Alisher Xoliqov - 10 o'yin, 1 gol
Nodir SHahobiddinov - 2 o'yin, 0 gol

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика