So’nggi yangiliklar

10:48«Арсенал» ёзда 7 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 10:35Қосимов «Қўқон-1912» жамоасига ўтишга яқин  3 10:00Осиё кубоги. U-20 терма жамоамиз эртага ўз юришини бошлайди. Яманга қарши қандай либосда ўйнашимиз маълум  2 09:40Анчелотти иродали ғалабадан сўнг нималар деди?  13 09:14Виниcиус «Ман Сити» мухлисларининг осган баннери ҳақида фикр билдирди  27 08:48Бугун ўсмирларимиз Марокашга қарши баҳс олиб боради  4 08:15Икки ярим ой аввал «Қизилқум» билан хайрлашган легионер жамоага қайтмоқда  0 07:50Гвардиола «Реал Мадрид»ган учралган мағлубиятнинг асосий сабабини маълум қилди  45 06:55"Реал" сўнгги дақиқаларда жуда қийин ғалабани қўлга киритди  24 03:00ЕЧЛ. "Ювентус" қийинчилик билан ПСВни мағлуб этди, "Боруссия Дортмунд" эса илк ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  23 02:58ЕЧЛ. Даҳшатли ўтган ўйинда "Реал"дан 90+2-дақиқада камбэк, Холанднинг дубли ҳам "Сити"га ёрдам бермади  570 01:31"Ал Насср" январда Нуньес учун 75+ млн евро ва бонуслар таклиф қилди, аммо...  0 00:55Пеп Гвардиола нега Грилишни асосий таркибга қўйди?  3 00:41ЕЧЛ. ПСЖ "Брест"га қарши плей-оффдаги биринчи ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  18 23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  12

Birinchi davra yakuni: A Seriya 19-turi uchun prevyu Yangiliklar

Birinchi davra yakuni: A Seriya 19-turi uchun prevyu

Teglar :  Italiya A Seriyasi
Tez orada Italiya A Seriyasi 19-tur o'yinlari start oladi.

"Inter" — "Verona"

Hujumda Tyuram bilan birga harakat qiladigan Lautaroning safga qaytishi ajoyib xabar bo'ldi. CHalxanoglu ham kichik shamollashdan so'ng tuzaldi, Dimarko esa tiklangan bo'lsa ham asosiy tarkibda tushish ehtimoli kam, ammo o'yin payti yordam kerak bo'lsa harakat qilishi mumkin. Davidovich jarohatidan tuzaldi, Duda esa diskvalifikaciyani o'tab bo'ldi, shunday ekan Serdar, Faraoni va Frustich hali ham tiklanayotgan bo'lsa-da, Marko Baronida ko'proq rang-baranglik bor. Hujumda yana Jurichga umid bog'lanmoqda.

"Inter" o'tgan safar "Verona"ga mehmonda javobsiz 6ta to'p kiritgan edi. "Neradzurri"ning hozir ham shunga harakat qilish ehtimoli kam, ammo "Jenoa" bilan o'tgan turdagi durangdan so'ng munosabat jiddiy va motivaciyaga etarli darajada. "Verona" o'yinidagi yaxshilanishga qaramay hujum etakchilarini saqlab qolish imkoniyati kam.


"Lechche" — "Kalyari"

Roberto D'Aversaning tarkib bilan katta muammolari bor, Burnet, Dermaku, Samuya va Sansone hali ham jarohatda, Rafiya, Tuba va Banda Afrika millatlar ligasida ishtirok etish uchun terma jamoa ixtiyoriga yo'l olishmoqda. Ranerida ham tarkib bilan muammolar bor, bir qator o'yinchilar kasal, Luvombo esa Afrika millatlar kubogiga ketadi. Nandes va SHomurodov o'ynashi mumkin, ammo to'liqmas, shunda ham qaror o'yin kuni qabul qilinadi.

Ular o'rtasidagi o'tgan o'yin ancha zerikarli bo'lgandi, muxlislar gollarga guvoh bo'lishmagan. Hozir o'yin ancha qiziqroq bo'ladi deb o'ylayman. Ikki jamoaning ham tarkib bilan muammolari etarlicha, ammo shu sabab ular bir-birlariga sovg'alar qilishadi. Gollar esa o'yinda bo'lishi kerak.


"Empoli" — "Milan"

Andreaccoli katta ehtimol bilan Kaputoga ishonch bildirishi mumkin, shu sabab aynan u hujumda bo'ladi, Guarino va Peselya esa jamoaga yordam bera olmaydi, shuningdek Bereshinskining o'yindagi ishtiroki so'roq ostida, shunday ekan Andreaccoli himoyada nimadir o'ylab topishiga to'g'ri keldi. Zudlik bilan ijaradan markaziy himoyachi Gabbia chaqirtirib olindi, u Ker bilan birgalikda darhol asosiy tarkibda chiqishi kerak. Ehtimol jamoaga Pellegrino va Musa yordam bera olar, boshqa jarohatlangan o'yinchilarning tiklanishi esa cho'zilmoqda. Hujumda esa doimiy trio — Pulishich-Jiru-Leao.

Ularning oldingi o'yini juda zerikarli o'tgan va muxlislar gol ko'rishmagandi. Hozir esa o'z-o'zidan "Milan" favorit hisoblanadi. "Rossoneri" qiyin holatiga qaramasdan so'nggi vaqtlarda sifatli o'yin ko'rsatmoqda va ular muvaffaqiyatga erishadi deb o'ylayman. Bundan tashqari, "Empoli" so'nggi vaqtlarda juda kuchsiz ko'rinmoqda.


"Torino" — "Napoli"

Vlashich o'yinga qadar tiklanishi kerak, Sxyurs va Ngessenning esa jamoaga yordam bera olmasligi aniq, shuningdek Tamezening o'yindagi ishtiroki ham so'roq ostida. Yurich hujumda Sanabriya va Sapata duetidan foydalanishi mumkin. Maccaria esa Osimxen va Angussining Afrika millatlar kubogigi ketishi sabab tarkibida jiddiy muammolari bor. Hali ham Oliveyra, Meret va Natan jarohatdi, ammo Politano tiklandi va asosiy tarkibda maydonga tushadi. U Xvicha bilan birgalikda hujumda Simeone bilan raqobatda yutayotgan Raspadoriga yordam beradi.

"Napoli" o'tgan safar "Torino"ni 4:0 hisobida taslim etgandi. Hozir ham amaldagi chempionlar favorit, ammo unchalik emas. Jamoaning o'yindagi va tarkibdagi muammolari xavotirli. "Torino" esa aqlliroq himoyalanishga harakat qilmoqda va bu "buqalar"da muvaffaqiyali kechish ehtimoli yo'q emas.


"Roma" — "Atalanta"

Nihoyat Smolling qaydnomada ko'rinish berishi mumkin, ammo asosiy tarkibda tushishi qiyin masala. Auar va Ndika Afrika millatlar kubogiga yo'l oldi, shunday ekan "Roma" 4 himoyachi sxemasiga qaytishi mumkin, ammo Dibala-Lukaku juftligidan boshqa variant bo'lmaydi. Hali ham Palomino va Toloi tiklanmoqda, shunday ekan, Kolashinac yana markazda o'ynashi mumkin. Lukmanning Afrika millatlar kubogiga ketishi oldinda raqib darvozasi tomon suriladigan Kompeynarsning qo'llovi bilan De Kattelare-Skamakka juftligi hosil bo'lishiga imkon yaratadi.

"Atalanta" o'tgan safar 3-1 hisobida g'alaba qozongan. Hozir esa "Roma" favorit sifatida ko'rilmoqda. "Jalorossi" ancha qo'shdi va startdagidan yaxshiroq ko'rinmoqda, ayniqsa Dibala-Lukaku juftligi ishlaganda, aynan ularga asosiy etibor qaratiladi, ammo "Atalanta"da ham bunga javob beradigan narsalar bor, shunday ekan o'yin ancha yorqin bo'lishi mumkin.


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика