Bir yo'la 4 klub "Napoli" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
12 sen 2019, 00:44
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis yozgi transferlar oynasida jamoasini tark etishi mumkin.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga Yevropaning bir yo'la 4 grandi qiziqish bildirmoqda. "Barselona", "Real"ning ortidan "Liverpul" va "Bavariya" kabi klublar ham Ruis borasida muzokaralar boshlashga tayyor turishibdi.

Ruis yaqindagina klub bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato