So’nggi yangiliklar

13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  0 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  15 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  8 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  6 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  19 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  2 08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  4 07:37U-18 терма жамоамиз Беларусга ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  2

Bir yilda 31ta o'yin! Xulosa: Yaman va Indozeniyani yutdik, Eron va Koreyaga yutqazdik Yangiliklar

Bir yilda 31ta o'yin! Xulosa: Yaman va Indozeniyani yutdik, Eron va Koreyaga yutqazdik

O'zbekiston U-20 terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishiga bir bahya qolganida, "lanati" penaltilar sabab Janubiy Koreya to'sig'idan o'ta olmadik.

O'yin bo'yicha umuman etiroz yo'q. Oxirigacha harakat qildik. G'alaba uchun borimizni berdik. Ammo ish penaltilarga kelganda ruhan kuchli bo'la olmadik. Ko'pchilik penaltilar seriyasini "lotereyalar bahsi" deydi, kimga omad kulib boqsa o'sha tomon yutadi deyishadi. Oxirgi paytlarda ko'ryapmizki, penaltilar seriyasi - "asablar jangi" bo'lib bormoqda. Ruhan ustun jamoaga ko'proq omad kulib boqyapti. Penaltilarda yutish oson emas. Bu ham jamoaning qanchalik bardoshli va asabi tarang ekanini ko'rsatib beradi.

O'FA U-20 terma jamoamizga hamma sharoitni qilib berdi. Yigitlar o'tgan bir yil ichida juda ko'p o'yinlarda maydonga tushishdi. Boshqa yoshdagi jamoalarda ham shunday deya olamiz. Yaxshiyam, milliy jamoa faqat FIFA kunlarida yig'iladi. Lekin kichik yoshdagilarga farqi bo'lmay qoldi. Futbolchi o'z klubidan ko'ra terma jamoada vaqtini o'tkazyapti, klubdan ko'ra terma jamoada ko'proq o'ynayapti. Buning natijasida terma jamoalar bamisoli klub kabi faoliyat yurityapti.



O'tgan bir yil ichida O'zbekiston U-20 terma jamoasining musobaqaga tayyorgarlik yo'lida olib borgan ishlarini tahlil qilib chiqdik. Ishonasizmi, U-20 terma jamoamiz o'tgan bir yilda 31ta (!) o'yin o'tkazibdi. Shundan faqat 8tasi rasmiy, qolgan 23tasi o'rtoqlik maqomida kechgan. Qoyil qolsa arziydi. Bir yilda 31ta o'yin o'tkazishni ko'p klublar orzu qilsa kerak. Lekin terma jamoa buni uddaladi.

Mana shu 8ta rasmiy o'yindan 4tasi Osiyo chempionati saralash bahslariga to'g'ri keladi. Qolgan 4tasini Osiyo chempionatida o'ynadik: uchta guruh bosqich va bitta chorak final.

U-20 Osiyo chempionatida g'olib chiqish yoki bo'lmasa, kuchli to'rtlikka kirib Jahon chempionatiga borish uchun shu bir yil ichida nimalar qilmadik deysiz. Futbolchilarning bormagan joyi qolmadi: Indoneziya - Xitoy - Franciya - Xitoy Taypeyi - Argentina - Urugvay - Qatar. Biz hatto Xitoydagi U-20 Osiyo chempionatiga o'yinimizdan 18 kun oldin ketdik. Xitoyga moslashaylik deb o'tgan yil bu davlatga ikki marta borib keldik.

Yakunda bu terma jamoa emas, klubga o'xshab qoldi. Yig'in, mashg'ulot, o'yinlar. Farqi - bularning o'yini rasmiy maqomda emas. Jahon chempionatiga chiqmagan bo'lsak ham, Franciya, Urugvay, Argentina kabilar bilan o'ynadik. Lekin bularning hech biri hozir hech qanday ahamiyatga ega emas. Bular esdan chiqdi-ketdi. Yodimizda faqat rasmiy o'yinlar qoladi.



Keling, shu o'rinda 2024 yilning yanvar oyidan to 2025 yilning 23 fevral sanasiga qadar O'zbekiston U-20 terma jamoasining bosib o'tgan yo'li va o'tkazgan o'yinlariga to'xtalib o'tamiz.

20 yanvar. Toshkentda yig'in boshlandi.
25 yanvar. Indoneziyada yig'in boshlandi.
28 yanvar. Indoneziya. O'rtoqlik uchrashuvi. Tailand - O'zbekiston 1:1
30 yanvar. Indoneziya. O'rtoqlik uchrashuvi. Indoneziya - O'zbekiston 2:3

20 mart. Toshkentda yig'in boshlandi.
26 mart. Toshkent. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - "Olimpik" 2:2

29 may. Toshkentda yig'in boshlandi.
4 iyun. Xitoy. Xalqaro turnir. Janubiy Koreya - O'zbekiston 1:1
8 iyun. Xitoy. Xalqaro turnir. O'zbekiston - Xitoy 0:0
10 iyun. Xitoy. Xalqaro turnir. O'zbekiston - Vetnam 2:1

5 iyul. Toshkentda yig'in boshlandi.
9 iyul. Franciya. O'rtoqlik uchrashuvi. Franciya - O'zbekiston 3:0
12 iyul. Franciya. O'rtoqlik uchrashuvi. Franciya - O'zbekiston 1:1

4 sentyabr. Xitoy. Xalqaro turnir. Malayziya - O'zbekiston 0:2
7 sentyabr. Xitoy. Xalqaro turnir. O'zbekiston - Vetnam 2:0
10 sentyabr. Xitoy. Xalqaro turnir. Xitoy - O'zbekiston 0:0

23 sentyabr. Xitoy Taypeyi. U-20 Osiyo chempionati saralash. Kambodja - O'zbekiston 0:7
25 sentyabr. Xitoy Taypeyi. U-20 Osiyo chempionati saralash. O'zbekiston - Nepal 6:0
27 sentyabr. Xitoy Taypeyi. U-20 Osiyo chempionati saralash. Xitoy Taypeyi - O'zbekiston 1:3
29 sentyabr. Xitoy Taypeyi. U-20 Osiyo chempionati saralash. O'zbekiston - Bahrayn 5:0

11 oktyabr. Argentina. O'rtoqlik uchrashuvi. Argentina - O'zbekiston 2:0
13 oktyabr. Argentina. O'rtoqlik uchrashuvi. Argentina - O'zbekiston 1:1
15 oktyabr. Urugvay. O'rtoqlik uchrashuvi. Urugvay - O'zbekiston 1:1
17 oktyabr. Urugvay. O'rtoqlik uchrashuvi. Urugvay - O'zbekiston 3:1

12 noyabr. Toshkentda yig'in boshlandi.
15 noyabr. Toshkent viloyati. O'rtoqlik urashuvi. O'zbekiston - Iroq 2:1
18 noyabr. Toshkent viloyati. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - Iroq 1:1

10 dekabr. Toshkentda yig'in boshlandi.
12 dekabr. Turkiyada 12 kunlik yig'in boshlandi.
26 dekabr. Terma jamoa Qatarga yo'l oldi.
29 dekabr. Qatar. O'rtoqlik uchrashuvi. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 1:2
3 yanvar. Qatar. O'rtoqlik uchrashuvi. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 1:0

10 yanvar. Toshkentda yig'in boshlandi.
14 yanvar. Terma jamoa Qatarga yo'l oldi.
17 yanvar. Qatar. O'rtoqlik uchrashuvi. Suriya - O'zbekiston 0:0
22 yanvar. Qatar. O'rtoqlik uchrashuvi. Qatar - O'zbekiston 1:0

27 yanvar Terma jamoa Xitoyga yo'l oldi.
2 fevral. Xitoy. O'rtoqlik uchrashuvi. Xitoy - O'zbekiston 2:2
6 fevral. Xitoy. O'rtoqlik uchrashuvi."Guangju GZ-Pover" - O'zbekiston 0:2

13 fevral. Xitoy. U-20 Osiyo chempionati. 1-tur. O'zbekiston - Yaman 1:0
16 fevral. Xitoy. U-20 Osiyo chempionati. 2-tur. Indoneziya - O'zbekiston 1:3
19 fevral. Xitoy. U-20 Osiyo chempionati. 3-tur. O'zbekiston - Eron 1:2
23 fevral. Xitoy. U-20 Osiyo chempionati. 1/4 final. Janubiy Koreya - O'zbekiston 3:3 (penaltilar 3:1)

Saralashdan qiyinchiliksiz chiqishimiz malum edi. Maqsad faqat Osiyo chempionatiga qaratildi. Vazifa kamida chorak finaldan o'tib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish bo'ldi.

Lekin yakunda nimaga erishdik? Yaman va Indoneziyani mag'lub etdig-u, Eron va Janubiy Koreyaga kelganda imkoniyatni boy berdik. Birgina Yaman bilan Indoneziyani yutish uchun shuncha tashvish qilindimi degan savol yuzaga keladi.

Eng katta muammo nimada bilasizmi? Bu bolalarning terma jamoada yuraverib, klubdan uzoqlashib ketganida. "Ko'zdan yiroq, ko'ngildan yiroq" deb bekor aytishmagan. Futbolchi hadeb terma jamoaga ketaversa, qaysi klub murabbiyi uni eslaydi? Murabbiylar boshqa o'yinchiga etibor qaratadi, natijada o'sha futbolchi terma jamoadan qaytib kelsa ham ko'pincha vaqtini klub zaxirasida o'tkazadi. Chunki boshqasi allaqachon uning joyini egallagan bo'ladi.




Yig'in o'tkazish klublarga yarashadi. Davlatma davlat terma jamoalarni olib yurish afsuski, hech nima bermayapti. Turli yig'inlardan umuman naf yo'q. Futbolchi o'z klubida pishadi. Uni Superliga, Proliga, U-21, kerak bo'lsa U-19 chempionatlari pishitadi, eng mashhur jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari emas.

Hech narsaning bahosi rasmiy o'yindagi g'alabaga teng kelmaydi. Bu erda futbol ochko uchun, yuqoriga ko'tarilish uchun o'ynaladi. Futbolchi mana shu o'yinlarda toblanadi, pishib etilib boradi. Hadeb mehmonxonaga yig'ib, har qaysi tomonlarga olib ketish, 10-12 kunlab yig'in o'tkazish futbolchini faqat va faqat bezdiradi deb o'ylaymiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика