Bir oylik faoliyatidan so'ng, Pol Skoulz o'z xohishiga ko'ra jamoani tark etdi
14 mar 2019 23:26
Yangiliklar


Bir oylik faoliyatidan so'ng, Pol Skoulz o'z xohishiga ko'ra jamoani tark etdi
Fevral oyining 11 sanasida Angliyaning ikkinchi ligasi vakili “Oldxem Atletik” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan Pol Skoulz bugun o'z xohishiga ko'ra istefoga chiqdi.
Malumotlarga ko'ra, klub rahbariyati Skoulz talab qilgan sharoitni yaratib bermagani uchun, 44 yoshli mutaxassis jamoadan ketishga qaror qilgan.
“Oldxem Atletik” angliyalik murabbiy qo'l ostida 7ta o'yin o'tkazib, ularning bor yo'g'i bittasida g'alaba qozondi. Qolgan bahslarda esa 3tadan mag'lubiyat va durang natijalari qayd etilgan. Klub esa hozirda musobaqa jadvalining 14 pog'onasida turibdi.
Angliya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Pol Skoulz 2013 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar