So’nggi yangiliklar

07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0

Bir o'yin tarixi. Sardor Rashidov Saudiya Arabistonini "tiz cho'ktirgan" kecha Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Sardor Rashidov Saudiya Arabistonini "tiz cho'ktirgan" kecha

Bundan roppa-rosa 7 yil oldin Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyadagi Osiyo kubogida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqqan edi.

Vakillarimiz mazkur musobaqadagi ishtirokini chorak finaldayoq yakunlashga majbur bo'lgandi. Ammo, undan oldin guruhdagi so'ngi uchrashuvda Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alaba chorak final eshiklarini ochgandi.

Bugun ushbu bahs tafsilotlari haqida batafsil fikrlashamiz va esda qolgan yorqin lahzalarni yana bir bor ko'rib chiqamiz.

Guruhdagi oldingi ikkita bellashuvda uch ochko ishlagan futbolchilarimizni uchinchi turda faqat g'alabagina keyinga bosqichga olib chiqardi. CHunonchi, raqib saudiyaliklar ham huddi shunday holatga tushib qolgandi. Biz birinchi turda KXDRni 1:0 hisobida taslim qilgan bo'lsak, Kosmin Alario shogirdlari 5:1 hisobida koreyaliklardan ustun kelgandi. Bahs shu tomonlama ham ahamiyati va darajasi yuqori edi. Xitoyga 1:2 hisobida imkoniyatdan boy berib qo'yib ahvolimizni o'zimiz og'irlashtirgandik. Natijada murabbiy tarkibda katta rotatciyalarni amalga oshirdi. Sanjar Tursunov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Igor Sergeev, Akmal SHorahmedovlar bu gal zaxirada qoldirildi. Ularning o'rniga esa nisbatan yoshroq tarkib maydonga tushdi. SHuhrat Muhammadiev, Sardor Rashidov, Jasur Hasanov, Bahodir Nasimov asosiy tarkibda o'yinni boshladi.
Sardorlik bog'ichi esa Odil Ahmedovga topshirildi. Raqib safida jismonan baquvvat futbolchilar, xorijlik murabbiylar shtabi va maxoratli ijrochilar yig'ilgandi. Salim Al Dovsariy, Muhammad Al SHahlaviy, Yosir Al SHahroni, Fahad Al Muvallad va boshqalar. O'yindagi ilk gol muxlislarni uzoq kuttirmadi. Musobaqada davomida kashfiyot bo'lishi kuilayotgan Sardor Rashidov oldingi o'yinlarda o'zining imkoniyatlarini to'liq ko'rsata olmagan bo'lsa, uchinchi turga kelib u ochildi.

Ajoyib dribling va tezlikka ega Rashidov 2-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Qanotda to'p o'z uslubida bo'ysindirgan holda katta tezlik bilan raqibning uch nafar futbolchisini ortda qoldiradi va zarba beradi. To'p posbon Volid Abdullaning oyoqlari ostidan o'tib darvoza to'ridan joy olgani keyinchalik video roliklarni bezagani etiborga molikdir. Odatda kuchli jamoalar bilan ikkinchi raqam ostida o'ynaydigan milliy jamoamiz shu kuni birinchi raqam ostida to'p tepgani tahsinga loyiq ko'rilgan.

Qosimovning yangi topilmasi, “Nasaf”dagi o'yinlari bilan tanilgan SHuhrat Muhammadiev debyut uchrashuvini o'tkazganiga qaramasdan juda iliq taassurot qoldirgandi. O'z poziciyasida deyarli hato qilmagan edi, deya olamiz. Birinchi bo'limda ustunlik barcha jabhalarda futbolchilarimiz tomonida bo'ldi.
Ikkinchi bo'limda hotirjamlikka berilgan futbolchilar saudiyaliklar tomonidan jazolanadi. Jarima maydonchamiz ichida Vitaliy Denisov raqib o'yinchisini qo'pollik bilan to'xtatib qoladi. Bosh hakam barchamizga tanish Benjamin Uilyams Nesterov darvozasi tomon penalti belgilaydi. Nuqataga yaqinlashgan Muhammad Al SHahlaviy zarbani aniq ijro qiladi va hisobni tenglashtiradi - 1:1.


Goldan so'ng tushkunlikka tushib qolmagan jamoamiz darhol bosimni oshiradi va havfli hujumlar sonini oshiradi. Zaxiradan ikkinchi hujumchi sifatida bo'ydor va gol hidini seza oladigan Vohid SHodiev maydonga tushgach yarim himoyachilar to'pni asosan SHodiev tomon etakzishga harakat qilishdi. 70-daqiqada markaziy himoyachi SHavkat Mullajonov qanotdan to'pni yuqorilatib oldinga uzatadi. Qulay vaziyatni Vohid SHodiev golga aylantiradi - 2:1.

Bu hisob qaltisligini bilgan futbolchilarimiz o'yinni shu ruhda davom ettirishadi. 79-daqiqa o'tib borayotgan paytda Jasur Hasanov tezlik bilan qanotdan hujumga o'tadi va markazdan o'zini taklif qilgan Rashidovga oshiradi. Darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Rashidov gol urib barchasiga nuqta qo'yadi - 3:1.

Aslida undan oldin ham hisobni oshirish imkoniyati yuzaga kelgandi. Jarima maydonchasi chizig'i ustidan standart vaziyatni amalga oshirishga urinib ko'radi. Biroq, darvoza to'riga borib tushgan to'pni hakam Uilyams hisobga olmaydi.

Yakunda Sardor Rashidov bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb elon qilinadi. Janubiy Koreyaga qarshi kechgan bahsda ham u juda yaxshi harakat qilgandi. SHundan so'ng o'zbekistonlik iqtidorning haridorlari ko'payadi. Unga Ispaniya, BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qator kuchli klublardan takliflar oladi. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki aynan Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o'yin uni ommaga va butun qitaga tanitdi.


O'zbekiston – Saudiya Arabistoni 3:1
Bosh hakam
: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Melburn. “Rektangular" stadioni. 10872 tomoshabin.
Gollar: Al Sahlavi 60 penalti - Sardor Rashidov 2, 79, Vohid SHodiev 71.


O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, SHuhrat Muhammadiev (Akmal SHorahmedov, 86), Anzur Ismoilov, SHavkat Mullajonov, Vitaliy Denisov, Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskanderov (Vohid SHodiev, 66), Jasur Hasanov, Sardor Rashidov (Sanjar Tursunov, 90), Bahodir Nasimov.

Saudiya Arabistoni: Volid Abdulloh, Osama Havsavi, Abdulla Al Dossari, Omar Havsavi, Salman Al Faraj, Naif Hazazi, Muhammad Al Sahlavi, Yosir Al SHahroni, Saud Kariri (s), Salim Al Davsari, Navaf Al Obid.




Fotosuratlar uchun Hasan Pirmuhamedovga minnatdorchilik bildiramiz. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика