So’nggi yangiliklar

20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  7 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7

Bir o'yin tarixi. “Paxtakor”ning 50 yillik yubileyiga bag'ishlangan "Paxtakor" – "Torpedo" uchrashuvi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. “Paxtakor”ning 50 yillik yubileyiga bag'ishlangan "Paxtakor" – "Torpedo" uchrashuvi

Malumki, Toshkentning “Paxtakor” jamoasi 1956 yilda tashkil qilingan bo'lib, to'rt mavsum SSSR chempionatining “B” klassida harakat qiladi.

“SHerlar” o'zlarining sobiq ittifoq Oliy Ligasidagi birinchi ishtirokini 1960 yilda “Torpedo”ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. O'sha mavsumda chempionlikni qo'lga kiritgan “avtomobilsozlar” “Paxtakor”ni kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. 1968 yilgi kubok finalida ham ular xuddi shunday hisobda g'alaba qozonib vakillarimizni Evrokuboklarga yo'llanma olishiga to'sqinlik qilgandi. Yana bir etiborga molik faktni eslab o'tmasak bo'lmaydi. 1967 yil kubok musobaqasida ilk bor qatnashgan “Torpedo” Tirnavaning “Spartak” klubiga qarshi bahsni Toshkentda o'tkazadi va yirik 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qiladi. Keyingi mavsumda esa ular yana poytaxtimizda Evrokuboklardagi uchrashuvini o'tkazdi va Uelsning “Kardiff” jamoasini kichik 1:0 hisobida engdi.
“Paxtakor” 2006 yil o'zining tarixiy 50 yillik yubileyini tantana va bayram sifatida nishonlagan, o'rtoqlik uchrashuvi uchun Rossiyaning “Torpedo” jamoasi taklif qilingandi. Bahs 25 mayga belgilangan, bu kun bilasiz maktablarda ham o'ziga xos tantana “So'nggi qo'ng'iroq” kuni bo'lganligi uchun aksariyat yosh ishqibozlar uchun mazkur bellashuv ikki hissa to'yga aylangandi. O'yin oldidan stadion haqiqiy bayramona tus olgan, tribunalar odamlar bilan to'lgandi. Bellashuv boshlanishidan oldin yosh va faxriy futbolchilar usti ochiq mashinada yugurish yo'lakchasi orqali maydonni aylanishgani yodingizda bo'lsa kerak. Xullas, barchasi yuqori saviyada tashkillashtirilgan, ko'plab xalq sevgan xonandalar, sanatkorlar o'z qo'shiqlari bilan muxlislarga kayfiyat ulashgandi.

Moskva jamoasi esa deyarli asosiy tarkibi bilan etib kelgan ular orasida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix ham bor edi. Boisi o'sha yilning boshida Sasha “Torpedo”ga yo'l olgandi. Raqib murabbiyi sifatida Sergey Petrenko boshqarardi. Bunday darajadagi o'rtoqlik o'yinlarida natija muhim ahamiyat kasb etmaydi, asosiysi ikki jamoaning do'stlik aloqalarining yanada mustahkamlanishi muhim omil sanaladi. “Paxtakor”ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan bahsda gollarga Ixeruome Uche va Server Jeparov mualliflik qilishadi. 18-daqiqada tablodagi bir raqamini ikkiga o'zgartirgan Jeparov jarima to'pidan unumli foydalanadi. Raqib posboni Dmitriy Borodin jarima maydonchasi tashqarisida qo'l bilan o'ynagandi. Biznikilarning urgan ikki goliga javoban raqib safida to'p tepayotgan Aleksandr Geynrix 43-daqiqada Temur Jo'raev darvozasini ishg'ol qiladi.


“Paxtakor” – “Torpedo” – 2:1
25.05.2006. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 50000 tomoshabin.
Bosh hakam:
Roman Layuks (Latviya)
Gollar: Ixeruome Uche 15, Server Jeparov 18 – Aleksandr Geynrix 43.

“Paxtakor”: Temur Jo'raev, Ilhom Suyunov, Asror Aliqulov, Aleksandr Kleckov (Aleksey Nikolaev, 46), Vladislav Kiryan, Sadriddin Abdullaev (Eldor Magdeev, 52), Server Jeparov, Vyacheslav Ponamaryov, Renat Bayramov (Ibrohim Rahimov, 84), Anvar Soliev (SHerzod Nazarov, 79), Ixeruome Uche (Zayniddin Tojiev, 59).
Bosh murabbiy: Valeriy Nepomnyashchiy

"Torpedo" (Moskva): Borodin, Kormilcev (Mamaev, 68), Perov, Volkov (Podimov, 77), Aleksandr Geynrix, Kantonistov (Smolnikov, 75), Budilin, Danishevskiy (Kabanov, 18), Kolesnikov, Korolev (Samsonov, 46), Morozov (Bolixov, 75).
Bosh murabbiy: Vladimir Petrenko

CHetlatish: Borodin 18.



Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика