So’nggi yangiliklar

22:06U-23 Осиё кубоги. ФИНАЛ. Ўзбекистон — Япония 0:1 (матнли трансляция)  181 22:05Фоден журналистлар талқинига кўра АПЛнинг ушбу мавсумдаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:23Про лига. "Қўқон-1912" ва "Машъал"да ғалаба. "Бухоро" "Арал" билан дуранг ўйнади  0 21:14"Милан" АПЛда фаолият олиб бораётган мураббийни олиб келмоқчи, аммо...  1 20:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг чигил ёзди машқларидан ГАЛЕРЕЯ  2 19:54"Боруссия Дортмунд" мавсум охирида Ройс кетишини эълон қилди  5 19:42Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг стадионга етиб келишидан эксклюзив кадрлар!  5 19:20"Реал" "Ривер Плейт" билан Мастантуоно бўйича алоқага чиқди  2 19:07U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 термасининг Японияга қарши таркиби маълум  28 18:56Ўзбекистон ва Япония олимпия терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи. "Самурай"лар бизни мағлуб эта олишмаган  1 18:40Жассим бин Ҳамад номидаги стадион кийиниш хонасидан эксклюзив суратлар!  1 18:35Про лига. 10 киши қолган "Олимпик MobiUZ" 90+3 ва 90+6-дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  6 18:24U-23 Осиё кубоги. Финални икки киши шарҳлайди  36 18:17МЮ "Кристал Пэлас" вингери учун курашда етакчилик қилмоқда  0 17:40"Реал" хавбеки Испания чемпионатининг навбатдаги ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  1

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi birinchi uchrashuvi, SHkvirin va SHackixning gollari Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi birinchi uchrashuvi, SHkvirin va SHackixning gollari

O'zbekiston milliy terma jamoasi shu vaqtga qadar etti marotaba Osiyo kubogining final bosqichida qatnashgan.

Birinchi ishtirok 1996 yil BAAdagi turnirga to'g'ri kelgan va unda jamoamiz muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan holda guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashgandik. Bir o'yin tarixi orqali bugun vakillarimizning qita kubogidagi birinchi yurishi haqida fikrlashamiz.

Aleksandr Ivankovdan so'ng terma jamoa bosh murabbiyligini tarixdagi taniqli futbolchi, “Paxtakor” murabbiyi Bahodir Ibrohimov qabul qilib oldi. Unga yaqindan Yuriy Sarkisyan ko'maklashadigan bo'ldi. Futbolimizning yangi rahbarlari milliy termani Osiyo kubogiga olib chiqish vazifasini qo'yadi. Amalda belgilangan vazifa qiyinchilik bilan bo'lsada bajarildi. Eslasangiz kvalifikacion raundn Tojikistonga qarshi yirik 0:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlagandi. Javob bahsida esa hamyurtlarimiz ajoyib tarzda revansh olingan holda final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Futbolchilarimizdan barchaning umidi katta edi. Boisi, tarkibga o'sha vaqtda o'z davrining yulduz futbolchilari Farhod Magometov, Igor SHkvirin, Sergey Lebedov , chempionlikni tantana qilgan “Navbahor”dan Eduard Mamotov, Oleg SHackix, Gennadiy Denisovlar jalb qilingandi. Hamma narsa etarlidek ko'ringandi. Lekin, oldinda katta muammo yuzaga kelgandi. Musobaqaga yo'l oluvchi delegaciyadan Mirjalol Qosimov o'rin olmadi. 1996 yil 17 avgust kuni “Alaniya” – “Rostselmash” uchrashuvidan so'ng kechqurungi ovqat paytida Qosimov belini ushlab qoldi. Bu o'sha saralashda Tojikiston bilan bellashuvda orttirib olgan jarohatining asorati edi. Davolanish muddati cho'zilib ketdi va yakunda jamoa bilan bormadi. SHuningdek, oz fursat qolganda hujumchi SHuhrat Maqsudovning ham tarkibdan tushib qolgani oydinlashdi. Qura bizga kuchli va nomdor raqiblarni tuhfa qildi. Xitoy, Yaponiya, Suriya kabi raqiblarni engishimizga umid qildik.



1 dekabr kuni “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida futbolchi va murabbiylarni kuzatish marosimi o'tkazildi va unda mutasaddilar katta ishonch bildirishayotganligini takidlashdi. Ulardan ikki yil oldingi Osiyo o'yinlarida bo'lgani kabi g'oliblik bilan ortga qaytish kerakligi takidlandi. Milliy jamoamiz o'zining tarixidagi ilk rasmiy Osiyo kubogini Xitoyga qarshi o'yin bilan boshladi. CHin yurti vakillaridan 1994 yil Xirosimada chempionlikni tortib olgandik. SHuning uchun, ularni mag'lub etishga ortiqcha havotir yo'q edi hisob. Malumot o'rnida aytish mumkinki, biz qatnashgan ettita Osiyo kubogining to'rttasida Xitoy raqiblik qildi. 1996, 2007, 2011, 2015 yillarda ular bilan guruhdan chiqish uchun kurash olib bordik. Raqib esa o'ziga xos alam bilan maydonga chiqishi tahmin qilingandi. Istasak istamasak o'sha 2:4 hisobidagi mag'lubiyat xitoyliklarga ikki hissa kuch berardi. O'yin teng suratlar ostida borayotgandi. Ikki terma jamoa hujumga hujum bilan javob qaytarardi. Aftidan o'yin nursiz durangga qarab ketayotgandek taassurot uyg'otdi. Ayrim vaziyatlarda yosh iqtidorli posbon Pavel Bugalo maxoratini ko'rsatdi. Biroq, bosh hakam Abdul Rahmon Al-Zaidning bahs tugashini anglatuvchi hushtagining yangrashiga o'n daqiqa qolganida Igor SHkvirin o'ng qanotdan hujumga o'tib katta tezlikda to'pni egallab olib oldinga yugurib chiqqan kiper SHu Landning ustidan tashlab qo'yib hisobni ochadi. 

Tabiiyki goldan so'ng Xitoy termasi azolari hujumga zo'r berishadi. Bunday pallada g'olib chiqayotgan jamoada qarshi hujumga o'tish imkoniyati paydo bo'ladi. Ana shunday vaziyatlarning birida Oleg SHackix ikkinchi to'pni kiritadi. Mazkur futbolchi o'sha yili “lochinlar” safida ham goleadorlik hislatlarini namoyish qilgandi. O'zbekiston turnirni g'alaba bilan boshladi. Lekin, keyingi ikki bahsda futbolchilarimiz o'ta past saviyada harakat qilib Yaponiya va Suriyaga engiladi. Suriya bilan durang o'ynagan taqdirimizda ham ikkinchi o'rin bilan chorak finalga chiqardik. Muvaffaqiyatsizlikning bosh sababi sifatida bosh murabbiy quyidagilarni keltirgandi: “Biz musobaqaga hozirda yuqori sport formasida bo'lgan futbolchilar bilan tashrif buyurdik. Faqatgina Qosimov, Maqsudov va Fyodorovni tarkibdan tushirib qolirdik. Mirjalolning yo'qligi yaqqol sezildi. Uningchalik hech kim o'yinni boshqara olmadi. Futbol shunaqa. U gohida adolatsiz va shavqatsiz bo'ladi. Xatolarni kechirmaydi".

Osiyo kubogi-1996. “S” guruhi 1 tur.
O'zbekiston – Xitoy 2:0
06.12.1996. Al Ain “Tahnun Bin Muhammad Stedium” 3000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Abdul Rahman Al-Zaid (Saudiya Arabiston)
Gollar: Igor SHkvirin 80, Oleg SHackix 89.
O'zbekiston: 1. Pavel Bugalo, 2. Fevzi Davletov, 4. Farhod Magometov, 5. Eduard Mamotov, 7. Stepan Atoyan, 8. Sergey Lebedov, 11. Oleg SHackix, 16. Gennadiy Denisov, 9. Ravshan Bazarov, 10. Igor SHkvirin, 17. No'mon Hasanov.
Bosh murabbiy: Bahodir Ibrohimov.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика