So’nggi yangiliklar

16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  3 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  17 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  6 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4

Bir o'yin tarixi. Baqoev “Ozodi”da Eronni bo'ysundirgan uchrashuv Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Baqoev “Ozodi”da Eronni bo'ysundirgan uchrashuv

Bugun ko'pchilik muxlislarning talab va istaklariga muvofiq bir o'yin tarixi loyihasi orqali JCH-2014 saralash bosqichi doirasidagi safarda Eron ustidan qozonilgan tarixiy g'alabani yodga olamiz.

Saralashning final raundini Vadim Abramov qo'l ostida boshlagan terma jamoamiz ilk turni Eron terma jamoasiga qarshi o'tkazdi. Biroq, o'z maydonimizda so'ngi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga uch ochkodan quruq qolganmiz. Natijadan g'azablangan futbolimiz mutassadilari o'yindan so'ng darhol Abramovni istefoga chiqarishadi. Uning o'rniga esa Mirjalol Qosimov tayinlanadi. 

Tehronda bo'lib o'tgan javob uchrashuvida futbolchilarni maydonga bosh murabbiy sifatida Qosimoa boshlab tushadi. Karlos Keyrush boshchligidagi jamoaga qarshi uchrashuv murabbiy uchun dastlabki jiddiy sinov edi. G'alaba terma jamoamizning guruhdagi ahvolini yanada yaxshilardi. Boz ustiga Toshkentdagi alamli mag'lubiyat uchun ham revansh olish talab qilinardi. Futbolchilarni esa oldinda 100 ming tomoshabinga ega “Ozodi” stadioni kutardi. Bellashuvdan oldin tarkibimizda sezilarli yo'qotishlar bor edi. Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Temur Kapadze kabi ijrochilar terma jamoa bilan birga emasdi. Ularning o'rnini bilintirmaslik maqsadida Fozil Musaev, SHohruh Gadoev, Artyom Filiposyan, Islom To'xtaxo'jaevlar asosiy tarkibga kiritildi. Eronning tarkibini esa ortiqcha muhokama qilmaymiz. Javod Nekunam, Ashkan Dejaga, Rizo Gujannajod kabi yulduzlar barchangizga tanish. 

 Uchrashuvning ilk daqiqalaridan forslar havfli hujumlarni uyushtirish va hisobni tezkorlik bilan ochish payida bo'lishdi. 10-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Ashkan Dejaga to'pni qanotdagi sherigi Andranik Teymuryanga oshiradi. Eronlik futbolchi markazdan ochilib borayotgan Muhammad Nuriga uzatadi. Nurining uzoqdan bergan zarbasi Nesterov qo'riqlayotgan darvoza to'riga borib tushadi. Ammo, bosh hakam Al – Badavaviy golni hisobga olmaydi. Teymuryaning uzatmasidan so'ng raqib hujumchisi jarima maydonchamiz ichida o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Uchrashuvning birinchi bo'limi kurashlarga va keskin to'qnashuvlarga boy tarzda yakunlanadi. 

Ikkinchi bo'limning 71-daqiqasida raqib futbolchisi qanotda futbolchimiz Sanjar Tursunovga qo'pollik ishlatadi va o'yin qoidasini buzadi. Hakam tomonidan belgilangan jarima nuqtasiga esa odatdagidek Server Jeparov yaqinlashadi. Jamoa sardorining yuqoridan jarima maydonchasi sari uzatib bergan to'pini Ulug'bek Baqoev golga aylantiradi va qaysidir manoda tarixiy golni uradi. Amalda bu g'alaba va muhim uch ochkoni keltiradi. 

Ushbu bellashuvga qadar terma jamoamiz Eron bilan 1998 yilgi Osiyo o'yinlari, 2007 yilgi Osiyo kubogida va JCH-2014 saralash bosqichining birinchi turida o'zaro to'qnash kelgan va birortasida ijobiy natijaga erishmagandi. Ushbu bahsdan so'ng biz boshqa eronliklar darvozasiga yo'l topa olmadik. Samvel Babayan ustozlik qilgan JCH-2018 saralashida Eron bilan ikki bor o'ynab hattoki darvozaga biror aniq zarba bera olmaganmiz. Toshkentda 0:1, mehmonda 0:2 hisobida qimmatli ochkolarni ulashganmiz. Lekin, bu ishni Abramov va Qosimov juda yaxshi uddalagandi. Garchi, Abramovning jamoasi imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsada Keyrush shogirdlarini ancha qiynab qo'ygandi. Qosimov esa safarda muhtasham “Ozodi”da Eronni mag'lubiyatga uchrata olgan murabbiy sifatida tarixdan joy oldi. Baqoev esa hozircha g'alaba olib kelgan yagona gol va futbolchi bo'lib turibdi. Darvoqe, shu kuni uchrashuvni taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev maromiga etkazib sharhlagandi. 

Jahon chempionati-2014. Saralash bosqichi. 6-tur

Eron – O'zbekiston 0:1 (0:0, 0:1)

14.11.2012. Tehron(Eron). “Ozodi” stadioni

Bosh hakam: Ali Xamad Al-Badvaviy (BAA)

Gol: Ulug'bek Baqoev (71)

O'zbekiston: 12. Ignatiy Nesterov, 19. Vitaliy Denisov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 4. Artyom Filiposyan, 23. Akmal SHorahmedov, 7. Aziz Haydarov, 8. Server Jeparov, 14. Fozil Musaev, 17. Sanjar Tursunov (22. Islom Inomov, 90+2), 22. SHohruh Gadoev (13. Oleg Zoteev,65), 10. Ulug'bek Baqoev (15. Aleksandr Geynrix, 85)

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика