So’nggi yangiliklar

19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  0 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  92 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2

Bir o'yin tarixi. Amirliklardan olingan revansh yoxud BAA U-23 – O'zbekiston U-23 - 0:2 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Amirliklardan olingan revansh yoxud BAA U-23 – O'zbekiston U-23 - 0:2

Teglar :  O'zbekiston U-23
Oraliqdagi kichik to'xtalishdan so'ng bir o'yin tarixi davom etadi.

Turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun Birlashgan Arab Amirliklari o'ta noqulay raqib hisoblanadi. Qanday musobaqada yo'llarimiz kesishmasin bizga yaxshigina bosh og'riq bo'lishadi va qiyinchilik tug'dirishadi. 2008 yil yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionati final uchrashuvida, 2010 yil Osiyo o'yinlarida, 2012 yil Olimpiyada yo'llanmasi uchun, 2013 yil Osiyo kubogi saralash bosqichida, 2014 yil yoshlar o'rtasidagi qita chempionatida va hokazo. Deyarli barcha to'qnashuvlarda ularga engilganmiz. Biroq, 2017 yil Amirliklarda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Xitoydagi Osiyo chempionati saralash bosqichida bu ananaga barham berildi.

Ravshan Haydarov murabbiyligidagi olimpiya terma jamoamiz kvalifikacion raundda Livan, Nepal va mezbon BAA bilan bir kvartetdan joy olgandi. Dastlabki ikki bellashuvda vakillarimiz aytarli jiddiy qarshilikka uchramadi. Livan ishonchli 3:1, Nepal esa 2:0 hisobida taslim etildi. Musobaqa final bosqichiga esa guruhda birinchi o'rinni egallagan terma jamoalargina muammosiz yo'l olardi. Ikkinchi o'rin esa ahvolimizni ancha murakkablashtirishi tayin edi. Buyog'i hisob, kitob va matematika. Esingizda bo'lsa 2016 yil Qatardagi turnir saralashida ham so'ngi turda Suriyaga mag'lubiyatga uchrab qolgan jamoalarning yordami bilan hal qiluvchi bosqichga chiqqandik. BAA bilan uchinchi tur barchasiga oydinlik kiritishi kerak edi. Mag'lubiyat ikki jamoaning zarariga ishlardi.


Sarlavha boshida bejiz yangilangan tarix degan so'zni ishlatmadik. Bundan 21 yil oldin ham shunga o'xshash voqea yuz bergandi. O'shanda 2000 yil Livandagi Osiyo chempionati uchun saralash bahslariga BAA mezbonlik qilgandi. Unda esa milliy jamoamiz qatnashgandi. Dastlabki uchta o'yinda biz ham, amirliklar ham qolgan termalardan osonlikcha ochko olgandik. BAA o'z maydonida 27 ming muxlis qarshisida mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lgandi. Mirjalol Qosimovning pasidan so'ng SHackix darvozani ishg'ol qilib yo'llanmani taqdim qilgandi. 2017 yilgi saralashda yigitlarimiz tarixda akalari amalga oshirgan ishni ajoyib tarzda takrorlashgandi.

Uchrashuvdagi birinchi gol standart vaziyatdan so'ng urildi. Javohir Sidiqovning burchakdan etkazib bergan to'pini “Bunyodkor” himoyachisi Islom Qobilov boshi bilan darvoza to'riga joyladi. Futbolchi “qaldirg'ochlar” safiga qaytguniga qadar Bekobodning “Metallurg” jamoasida malakasini va tajribasini oshirgan, bir qator chiroyli gollarga mualliflik qilgandi. Ikkinchi gol hamyurtlarimizning kombinatcion hujumidan so'ng urildi. “Nasaf”da o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan Aziz G'aniev o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib boradi va to'pni bo'sh turgan Sidiqovga uzatadi. Odatda chap oyoqda harakatlarni amalga oshiradigan futbolchi jamoadoshining pasidan keyin Muhammad Busanda qo'riqlayotgan darvozaning yaqin burchagiga zarba berib yakuniy nuqtani qo'yadi. SHu tariqa yigitlar Osiyo chempionatiga chiptani qo'lga kiritishgandi. Final bosqichida nimalar ro'y bergani haqida gapirmaymiz. Buni o'zingiz juda yaxshi bilasiz.


Bizga terma jamoa futbolchilarining deyarli barchasi Oliy Ligada o'z jamoasi tarkibida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani foyda keltirgandi. Akrom Komilov, Islom Qobilov, Rustam Ashurmatov “Bunyodkor”ning etakchisiga aylanib ulgurgan, Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov “Qo'qon -1912”da asosiy tarkib azosi sanalardi, Bobur Abduxoliqov, SHarof Muhiddinov, Odil Hamrobekovlar allaqachon “Nasaf”da tajriba to'plab ulugurishgandi. Xullas chempionatimizda yosh futbolchilarga etiborni oshishi muhim musobaqalarda asqotishini jonli misol bilan isbotlandi. Umumiy qilib aytganda futbolchilarimiz avvalgi muvaffaqiyatsizliklar uchun ham revansh olishni uddalashdi.

U-23 Osiyo chempionati saralashi
“D” guruhi 3-tur
19.07.2017. Al Ayn “Tahnun Bin Muhammad” stadioni
O'zbekiston U-23 – BAA U-23 0:2
Gollar:
Islom Qobilov 67, Javohir Sidiqov 90.
O'zbekiston: Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Aziz G'aniev, Javohir Sidiqov, Odil Hamrobekov (Abdujamol Isroilov, 88), SHarof Muhiddinov, Jasur Yaxshiboev (Doniyor Narzullaev, 76), Zabihillo O'rinboev (Bobir Abdixoliqov, 90)
Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика