So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  1 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Bir o'yin tarixi. 2002 yil xotiralari yoxud Senegalga atalgan raqs kechasi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. 2002 yil xotiralari yoxud Senegalga atalgan raqs kechasi

Senegal terma jamoasi kecha JCH-2022 guruh bosqichi uchinchi turida Ekvadorni mag'lub etib keyingi bosqichga yo'llanma oldi.

Ecuador

Moises Caicedo - 67'

World Cup Grp. A . 3-tur

29/11/2022, 20:00

2
:
1
Tugadi

Senegal

Ismaila Sarr - 44', Kalidou Koulibaly - 70'

Stadion: Khalifa International Stadium, 44569 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
46'  Carlos Gruezo (Jose Cifuentes)
46'  Alan Franco (Jeremy Sarmiento)
64'  Michael Estrada (Djorkaeff Reasco)
67'  Moises Caicedo
67'  Felix Torres
85'  Angelo Preciado (Jackson Porozo)
44'  Ismaila Sarr
66'  Idrissa Gana Gueye
70'  Kalidou Koulibaly
74'  Pathe Ciss (Nampalys Mendy)
74'  Iliman Ndiaye (Ahmadou Bamba Dieng)
90'  Boulaye Dia (Pape Abou Cisse)


Senegal futboli haqida gap ketar ekan bevosita 2002 yil Yaponiya va Koreya mezbonligida o'tgan Jahon chempionati ko'z o'ngimizda gavdalanadi. CHunki ushbu mundialda bu yurt vakillari o'ziga hos tarix yaratgan, muxlislar olqishiga va etiboriga sazovor bo'lganligi bilan ahamiyatlidir. Mundial mezbonlari kabi Senegal musobaqa davomida nafaqat o'yin bobida balki natija borasida ham ko'pchilik kutmagan natijalarni qayd etgan edi. Ularning bugungi g'alabalari fonida bevosita o'sha damlar ko'z oldimizda gavdalandi. Qolaversa, jamoaning ayni paytdagi bosh murabbiyi Aliu Sisse Osiyo qitasidagi mundialda Senegal sharafini himoya qilgan. 

Jahon chempionatiga qadar uzoq masofani bosib o'tgan Senegal qura natijalariga ko'ra, Daniya, Urugvay, Franciya terma jamoalari bilan "A" guruhidan joy oladi. Tabiiyki bu kvartetda Roje Lemer murabbiyligidagi Franciya yaqqol favorit hisoblanardi. Amaldagi Jahon va Evropa chempionlarining tarkibi o'tgan turnirdan farq qilsada, mahoratli ijrochilar etarli edi. Dide Desham, Loran Blan kabi etakchilar o'z o'rnini boshqa futbolchilarga bo'shatganiga qaramay tarkibni kuchsiz deb bo'lmasdi. Roje Lemer oldida esa jiddiy muammo yuzaga kelgan, Zidan jarohati sabab guruh bosqichidagi ikki turni o'tkazib yuborishi kutilayotgandi. Darhaqiqat uning o'rni birinchi turdan o'rin olgan Senegal bilan bahsda yaqqol bilingani hech kimga sir emas. Senegal terma jamoasida esa haqiqiy Franciya falsafasi shakllangan, uslub va taktikada ham francuzlarga hos imzo ko'rinib turardi. Buning sababi esa oddiy tarkibdagi futbolchilarning yarimidan ko'pi Franciya chempionatida ishtirok etar, murabbiy Brunu Metsyu ham franciyalik edi. Etibor bering mundial paytida Papa Buba Diop ("Lans"), El Xoji Diuf ("Lans"), Aliu Sisse ("Monpele"), Koli ("Lans") Toni Silva ("Lill") deyarli yarim jamoa Franciya chempionatida to'p tepgan. 

Har to'rt yillikning nufuzli musobaqasining ochilish uchrashuvida Papa Buba Diop etakchiligidagi Senegal Franciyaga qarshi maydonga chiqadi. O'yin haqiqatdan murosasiz, kurashlarga boy o'tganligini takidlash joiz. 30-daqiqada maydon markazidan oshirib berilgan to'pni qabul qilib olgan El Xoji Diuf tezlik bilan raqib himoyasini yorib o'tadi va markazda ochilib borayotgan Papa Buba Diopga uzatadi. Uning birinchi zarbasini Bartez qaytargan bo'lsada himoyachilarning etiborsizligi natijasida Papa Buba Diop to'pni yo'llab hisobni ochadi. Ushbu vaziyatda Emanuel Peti etarlicha qarshilik ko'rsata olmagandi. Ha bu gol tarixiy gol, bu gol Franciyani gangitib qo'ygan gol, raqibning guruh bosqichida qolib ketishiga sababchi bo'lgan gol edi. Goldan xursandchiligini yashirmagan Buba Diop uni o'zgacha nishonlaydi. Burchak tomon yugurib borgan hujumchi futbolkasini echadi va erga qo'ygancha jamoadoshlari bilan raqsga tushadi. 

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida francuzlarda hisobni tenglashtirish uchun bir qancha qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan, lekin gohida darvoza to'sini gohida esa posbon Toni Silva mahoratini namoyish qilgandi. Ayniqsa David Trezegening yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytgan stadionni bir lahzaga jumbushga keltirgan edi. Yana bir vaziyatda Halilu Fadiganing zarbasiga Bartez qoyilmaqom seyv bilan javob qaytaradi. Ustunlik Roje Lemer shogirdlari tomonda bo'lsada omad ochiqchasiga ulardan yuz o'girgani ayni haqiqat. Qolgan ikki bellashuvda Daniya(1:1) va Urugvay(3:3) bilan durangga imzo chekkan senegalliklar pley offda SHveciyadan(2:1) ustun kelishadi. CHorak finalda esa musobaqaning kashfiyotlaridan biri bo'lgan Turkiyaga kichik 0:1 hisobida engilishadi. Jahon chempionatidan so'ng Senegalning ko'plab futbolchilariga boshqa chempionatlardan, kuchli jamoalardan chorlovlar tusha boshlaydi. Franciya bilan uchrashuv qahramoni Papa Buba Diop "Fulxem", El Xoji Diuf esa "Liverpul" safiga borib qo'shiladi. Ha, bu chindan ham Papa Buba Diop va Senegal terma jamoasiga atalgan kecha edi.

JCH-2002. 31.05.2002. Seul, "World sup stedium"

Franciya - Senegal 0:1

"A" guruhi. 1-tur. 62561 tomoshabin.

Bosh hakam: Ali Budjsaim (BAA)

Gol: Papa Buba Diop 30, 0:1.

Franciya: 16. Fabien Bartez, 3. Biksent Lizaryu, 8. Marsel Desayi, 15. Lilian Tyuram, 18. Frank Lebue, 4. Patrik Viera, 6. Yuriy Jorkayf, 17. Emmanuel Peti, 11. Silvan Viltor, 12. Terri Anri, 20. Devid Trezege

Bosh murabbiy: Roje Lemer

Senegal: 1. Toni Silva, 2. Omar Diaf, 4. Papa Malik Diop, 6. Aliu Sisse, 13. Lemina Diatta, 17. Ferdinand Koli 10. Halilu Fadiga, 14. Mussa Ndaye, 15. Salif Diao, 19. Papa Buba Diop, 11. El Xoji Diuf

Bosh murabbiy: Brunu Metsyu



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика