So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

"Bir o'q bilan ikki quyon". Florentino Peres qanday qilib "Real" prezidentiga aylangan? Yangiliklar

"Bir o'q bilan ikki quyon". Florentino Peres qanday qilib "Real" prezidentiga aylangan?

Neymarning 222 mln. evro evaziga "Barselona"dan PSJga o'tgani hali ham Kataloniya klubi muxlislari yodidan chiqmagan, ammo bu ko'k-anorranglilar vakili bilan bog'liq bo'lgan so'nggi 20 yillikdagi eng shov-shuvli voqea emas.

2000 yilning yozida "Kamp Nou"ni besh yil davomida jamoa ramzi sifatida sanalgan Luish Figu tark etdi. SHunchaki ketgani yo'q, u 38 mln. funt evaziga "Barselona"ning ashaddiy raqibi "Real"ga o'tdi. Bu transfer Figuni bir umrga Kataloniya klubi muxlislarining dushmaniga aylantirdi.

Biroq yillar o'tgandan so'ng kelishuv detallari malum bo'ldi va endi bunga umuman boshqa tomondan qarash kerak. Figu o'zi va agenti nafsining qurboniga aylandi, Florentino Peres esa bundan o'z maqsadlari yo'lida mohirona foydalanib qoldi.

2000 yilda Figu maqtovlar daryosida cho'kayotgan edi. O'sha yili  FranceFootball nashri unga "Oltin to'p" sovrinini topshirdi. "Real" esa xalqaro arenada muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatayotgan edi. "Qirollik klubi" 1998 va 2000 yillarda CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi. Biroq ushbu muvaffaqiyatlar o'sha payt klub prezidenti bo'lgan Lorenco Sansga o'z o'rnini saqlab qolishga yordam bermadi. "Real"da moliyaviy muammolar bor edi va Sans uni hal qila olmadi.

Ispaniyaning eng boy insonlaridan biri Florentino Peres prezidentlik uchun kurashga qo'shildi. Peres buni amalga oshirish uchun klub moliyasini o'nglashga bog'liq vadalar etishmasligini yaxshi tushunardi. "Qaymoqranglilar"ning bo'lajak prezidenti ayyorlikka o'tdi. Florentino klub azolariga saylovda g'alaba qozonsa, jamoaga raqibning asosiy etakchilaridan biri Luish Figuni olib kelishni vada berdi. Peres bu bilan "Real" hamma narsaga qodir Ispaniyaning eng yaxshi klubi ekanligini isbotlamoqchi edi.

Peres maqsadni amalga oshirish uchun ayyor reja ishlab chiqdi. U Figu agenti bilan bog'lanib, portugaliyalik ko'zi bilan qaraganda ideal kelishuv taklif qildi. Luish shartnoma imzolash uchun 1,6 mln. funt miqdorida avans olishi belgilangan edi. Agar Peres prezidentlik saylovlarida zafar quchmasa, "Barselona" yarim himoyachisi shartnoma uchun belgilangan pulni hech qanday shartlarsiz o'zida olib qolishi mumkin edi.

Figu bilan kelishuvgacha hammasi "Real" prezidenti Sans foydasiga hal bo'layotgan, Peresning imkoniyatlari juda kamdek ko'rinayotgandi. Figu kelishuvga rozi bo'ldi va har qanaqasiga vaziyatdan yaxshigina daromad bilan chiqishini o'yladi. Kelishuv paytida na futbolchi va na uning agenti bu haqida OAVda elon qilinishi va Kataloniya klubi muxlislari Figuni yomon ko'rib qolishlarini hayoliga ham keltirmagandi. 

Portugaliyalik "Barselona"ni tark etish haqida reja tuzmagandi. Figu OAVda chiqish qilib, bu gap-so'zlarga "Real" prezidentlik lavozimini ko'zlayotgan Florentino Peres aybdor ekanini aytdi. Uning gaplarini Madrid klubi rahbari Lorenco Sans qo'llab-quvvatladi.

"Bunday narsalarga ishonadigan darajada ahmoq emasman. Luish Figu faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi va u 24 iyul kuni yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Kataloniya klubi bazasida paydo bo'ladi. Boshqacha bo'lishi mumkin emas" - degandi Sans.

Biroq Peres ayyorlikka qo'l urdi. U saylovchilar bilan uchrashib, agar g'alaba qozonsa, biroq o'sha yozda Luish Figuni qo'lga kirita olmasa, uchrashuvda ishtirok etayotganlarning barchasiga butun mavsum uchun tekin joy ajratib berishni vada qildi. Vadani bajarish uchun Peresda pul etarlicha edi, biroq ayyor Florentino o'z cho'ntagidan pul sarflashni hayoliga ham keltirmadi. U ehtiyotkorlik bilan Figu imzolagan shartnoma ostiga quyidagi bandni kiritib qo'ydi:

"Agar Peres "Real" prezidentligi uchun saylovlarda g'alaba qozonsa, ammo Luish Figu o'z xohishi bilan Madrid klubiga o'tmasa, futbolchi "Qirollik klubi" hisobiga 19 mln. funt o'tkazib berishi kerak".

Figu Peres o'yinidagi qo'g'irchoqqa aylanib qoldi. Saylovlarda Florentino zafar quchdi, endi Figu "Real"ga o'tishi uchun "Barselona"ga 38 mln. funt to'lash kerak edi. Bu mash-mashalarni faqat bir kishi - 2000 yilning iyulida "Barselona" prezidentlik saylovlarida g'alaba qozongan Joan Gaspar to'xtatishga qodir bo'lgan.

Figu Gaspardan "asr kelishuvi"ni bekor qilishda yordam so'radi. Buning uchun bitta narsa - "Barselona" Figuning 19 mln. funtlik qarzini "Real"ga to'lab berishi kerak edi. 19 mln. funt o'sha davr uchun tarixdagi eng qimmat 5-transferga teng pul bo'lgan. "Barselona" o'z futbolchisini saqlab qolish uchun ashaddiy raqibi "Real"ga juda katta pul to'lashi kerak edi.

"Bunday qila olmayman. Yaqindagina "Barselona" prezidentiga aylandim va birinchi ishim "Real" muxlislariga tekin joy olib berish uchun 19 mln. funt to'lash bo'ladimi? Undan ko'ra o'lganim yaxshi" - degandi Gaspar.

Peres aynan shunday reakciyaga umid qilgan edi. Florentino nafsini jilovlay olmaydigan Figu va uning agentini qo'lga tushirdi, bundan tashqari "Barselona"ning yangi prezidentiga faqat bitta yo'lni qoldirdi.


Figu "Santyago Bernabeu"da "Real" o'yinchisi va dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida tanishtirildi. 10-raqamli afsonaviy futbolkani Alfredo Di Stefanoning o'zi topshirdi. Figu tanishtiruv marosimida baxtli ko'rinmadi. U nimalar qilib qo'yganini yaxshi tushungan edi.

Voqealar bunday rivoj topishiga qaramasdan, Figu "Real"da mavsumni yuqori darajada o'tkazdi. Birinchi mavsumidayoq u "Qirollik klubi" bilan Ispaniya chempioniga aylandi, 2002 yilda esa "blankos" safida CHempionlar ligasida zafar quchdi. Ammo "Barselona"ga qarshi bahsda "Kamp Nou"da maydonga tushishga to'g'ri keldi. Xushtaklar chalindi, haqorat qilishdi, xatto maydonga cho'chqa boshini uloqtirishdi.


Peres "Real"ga Zidan, Ronaldo va Bekxemlarni olib kelib, "galaktikos"ni yaratdi, ammo bu transferlar Figu ishi kabi shov-shuvli bo'lmadi. Sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi o'zi yaxshi ko'rgan "Barselona"dan ketib, notanish "Real"ga o'tdi. Peresning tavakkalga asoslangan rejasi ish berdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика