Bir mavsumda 100 ochko to'play olgan klublar soni 4taga etdi

Aslanov Jasurbek
14 may 2018, 16:10
"Manchester Siti" Angliya Premer-ligasida muddatidan avval chempionlik masalasini hal qildi.

"Shaharliklar" APLning joriy mavsumdagi so'nggi turida "Sautgempton"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, 100 ochko to'plashga muvaffaq bo'lishdi.

Shunday qilib, Yevropaning kuchli besh ligasida bir mavsumda 100 ochko to'play olgan klublar soni 4taga etdi.

"Real" (2011/12) - 100 ochko

"Barselona" (2012/13) - 100 ochko

"Yuventus" (2013/14) - 102 ochko

"Manchester Siti" (2017/18) - 100 ochko


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: B/R Football