So’nggi yangiliklar

19:10"Барселона" - "Вальядолид". Таркиблар билан танишинг  0 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқазди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  0 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  2 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  0 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  11 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  3 17:56Роналду ЧЛ қуръасига тақиб келган тақинчоқларнинг нархини биласизми?  9 17:08 "Футбол олами". Фарғонадаги кубок финалида водий дербисини кўрамиз   4 16:45Сиаваш Ҳақназари: "Бизга ким рақиб бўлишининг фарқи йўқ, ўзимизнинг аниқ мақсадимиз бор"  2 16:18Нега? "Челси" АПЛ ва ФИФА сабаб бир трансферни бекор қилди  0 15:24Нималар бўляпти? "Наполи" Осимхенни А Серия мавсум қайдномасига киритмади, рақамини эса бошқа футболчига беришди  4 14:52"Митти камера". Драмага айланиб кетган тўқнашувда "Андижон" финалга чиқди  3 14:36Сон Хён Миннинг отаси жазоланди  0 14:03Ди Мария фаолиятидаги энг ёмон мураббий ким бўлганини айтди: "Шубҳаларингиз бўлса, уларни тарқатиб юборишга тайёрман"  5 13:51"Навбаҳор" финалда. Водийликларга аталган кундан ГАЛЕРЕЯ  28

Bir klub tarixi: "Aristokratlar" Yangiliklar

Bir klub tarixi: "Aristokratlar"

"Championat.asia"da "Bir klub tarixi" rukni davom etadi.

Ko'hna Evropa futboli hamisha millionlar o'yini ihlosmandlarini o'ziga rom qilib kelgan. Ayniqsa, Angliya Premer-ligasi bahslari hafta oxirida nafaqat inglizlarni, balki, butun dunyo ishqibozlarining etibor markazida bo'ladi. London sharafini himoya qiluvchi va hujumkor futbol namoyish qilishi orqali tanilgan "CHelsi" klubi mamlakat birinchiligida peshqadamlarga hamisha raqobat qilib, chempionlik yo'lida raqiblarini jangovor o'yini bilan ayab o'tirmaydi.


Agar siz mehnat haftasidan charchab, dam olish kunlarida popkorn va sharbatlarni g'amlagan holda, televizor qarshisida Premer-liga o'yinlarini ko'rishni ixtiyor etsangiz, "CHelsi" atalmish jamoa o'z o'yini bilan 90 daqiqalik vaqtingiz befoyda ketmasligini kafolatlaydi. Xatolarni kechirmaydigan va soniyalarning ham qadri baland bo'lgan "Tumanli albion" futboli sharafini himoya qiluvchi har qanday klub uchun tur o'yinlari "so'nggi jang" sifatida baholanadi. Qolaversa, APL jamoalari mavsum davomida g'alaba uchun jon-jaxtlari bilan kurashadi va salgina bo'sh o'yin orqali CHempionshipga ravona bo'lishlarini yaxshi tushunishadi. Buning oqibatida birinchilikda kuchli raqobat yuzaga keladi va haqiqiy intriga boshlanadi. Endi tasavvur qilavering bunday chempionatda g'olib bo'lish uchun klub qanday xususiyatlarga ega bo'lish kerakligini. "Aristokratlar" so'nggi yillarda shunday "berahm liga"da o'z so'zini aytib kelmoqda va muxlislarini g'alabalar bilan mamnun etib, suyuklilariga futbol atalshim o'yin jozibasini ulashmoqda.


Klubning yutuqlari:
Angliya chempioni: Birinchi divizion va Premer-ligada (6 marta)
1955, 2005, 2006, 2010, 2015, 2017 yillardagi mavsum.
Angliya kubogi sohibi: (8 marta)
1970, 1997, 2000, 2007, 2009, 2010, 2012, 2018 yillardagi mavsum.
Angliya superkubogi sohibi: (4 marta)
1955, 2000, 2005, 2009 yillardagi mavsum.
Angliya liga kubogi sohibi: (5 marta)
1965, 1998, 2005, 2007, 2015 yillardagi mavsum.
UEFA chempionlar ligasi g'olibi: (1 marta)
2012 yildagi mavsum.
UEFA Evropa ligasi sohibi: (2 marta)
2013, 2019 yillardagi mavsum.
UEFA superkubogi: (1 marta)
1998 yildagi mavsum.
Kubok egalar kubogi sohibi: (2 marta)
1971, 1998 yillardagi mavsum.


Klub tarixi

"Ko'klar"ga 1905 yilda asos solingan. London shahri sharafini himoya qiluvchi mazkur klubning tashkil topishida jamoaning birinchi prezidenti Klod Kirbining mehnatlari salmoqli edi. Mister Kirbining o'ttiz yillik boshqaruvi davrida klub asosan o'rtamiyona va havaskor jamoa sifatida faoliyat yuritgan. Undan keyin klub boshqaruviga kelgan CHarlz Pratt va CHarlz Krisplar davrida ham jamoa biror yutuqga ega chiqa olmagan. Faqatgina, Jo Mirs davriga kelib 1955 yilda "aristokratlar" mamlakat birinchiligidagi dastlabki chempionligiga erishdi. Aynan o'sha vaqtdagi bosh murabbiy Ted Dreykning ham mazkur tarixiy g'alabada hissasi yuqori bo'lganligini etirof etish o'rinlidir. SHuningdek, o'sha mavsumda jamoa mamlakat superkubogi bahsida "Nyukasl Yunayted" klubi ustidan qozonilgan g'alaba tufayli tengsiz ekanliklarini isbotlashdi. Umuman olganda jamoa XX-asrning ikkinchi yarmidan keyingi davr mobaynida mamlakatning o'rtamiyona jamoalari safida bo'lgan. 1965 yilgi Liga kubogi va 1970 yilgi Angliya kubogidagi g'alabalarini hisobga olmaganda "nafaqaxo'rlar" aytarli g'alabalarga erisha olmagan. Xalqaro maydonlarda esa 1971 yili Kubok egalari kubogi finalida Madridning "Real" klubi ustidan qozonilgan g'alaba jamoaning qita miqyosidagi birinchi yirik g'alabasi sifatida tarixdan joy olgan.


Klubning 70 yillardagi tarkibi


SHunday davrlar bo'lgan-ki jamoa hatto mamlakat birinchi divizioniga ham tushib ketgan va bu holat bir necha marotaba takrorlangan. Jumladan, klub 1984 va 1989 yildagi mavsumlarda quyi ligadan yana kuchlilar qatoriga qaytganini statistik malumotlar tasdiqlaydi. Angliya birinchiligi 1992 yil 20-fevraldan rasman Premer-liga nomi ostida faoliyatini boshladi. "Ko'klar" Premer-liganing birinchi mavsumida turnir jadvalining 11-pog'onasidan joy olishga erisha oldi holos. 1997 yilda Gollandiya futboli afsonasi Ruud Gullit boshqaruvi davrida Angliya kubogi bahslarida g'alaba qozondi. Lekin "qora lola" jamoa bilan uzoq ushlanib qolmadi va o'z o'rnini italiyalik Janluka Vialliga bo'shatib berdi. 1998 yilgi mavsumda kremonalik Vialli boshchiligida jamoaviy o'yinda sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. Tarkibga istedodli o'yinchilar jalb etildi va natijalar ham asta-sekin bo'y cho'za boshladi. Jumladan, ichki birinchilikda Liga kubogidagi g'alabadan tashqari o'sha mavsumda UEFA kubok egalari kubogi bahslarida Germaniyaning "SHtutgart" klubi ustidan g'alaba qozongan holda o'zlarining xalqaro maydonlardagi ikkinchi yirik g'alabasiga erishishdi. Stokgolmda bo'lib o'tgan final bellashuvida Janfranko Zola tomonidan kiritilgan yagona gol bellashuv taqdirini hal qildi. "Aristokratlar"ning o'sha vaqtdagi tarkibi haqiqatdan ham kuchli ijrochilardan iborat edi. Darvozada "lolalar yurti" vakili Ed de Guy, himoya qo'rg'onida ruminiyalik Dan Petresku va francuz Frank Lebyof, yarim himoyada urugvaylik Gustavo Poyet va Dennis Uayz hujumda norvegiyalik Ture Andre Flo singari o'yinchilar raqiblari uchun kutilmagan "sovg'a"larni tayyorlab qo'yishardi. O'sha mavsumda klub UEFA superkubogi bahsida Gus Xiddink boshqaruvidagi "Real Madrid" jamoasini taslim etishdi. Hal qiluvchi o'yinning 82-daqiqasida Gustavo Poyet tomonidan kiritilgan gol yakunda yagonaligini saqlab qoldi hamda londonliklarga g'alaba taqdim qildi. Premer-ligada esa "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Liverpul"dan keyin finishga to'rtinchi bo'lib etib kelishdi. SHundan so'ng, "ko'klar" 2000-yilgi mavsumda Angliya kubogi va superkubogi bahslarida ham g'oliblikni tantana qilishdi.


Jamoaning norvegiyalik yulduzi Ture Andre Flo


Abramovichning kelishi va yangi yutuqlar

2003 yil 2 iyulda klubni rossiyalik milliarder Roman Abramovich 140 mln. funt evaziga sotib oladi. Uning jamoa boshqaruv roliga kelishi oqibatida nafaqat London va Premer-ligada balki, qitada raqobatdosh superklub paydo bo'ldi. Abramovich jamoaga eng kuchli futbolchilarni sotib olib, transfer siyosatini oqilona olib borishi evaziga natijalar u qadar ko'p kuttirib qo'ymadi. Jumladan, 2005 yilgi mavsumning o'zida “ko'klar” bir yo'la 3ta sovringa ega chiqishdi. Jamoa tarixida Premer-liga bahslarida birinchi chempionligini nishonlash bilan birgalikda Liga kubogi va Angliya superkubogi bahslarida zafar quchishdi. 2006 yil Joze Mourinyu bosh murabbiyligida mavsumda qatorasiga ikkinchi chempionlik nishonlandi. Mazkur g'alabada o'sha yillari klub tarkibidagi Petr CHex, Asen Del Orno, Jon Terri, Rikardu Karvalyu, Klod Makalele, Maykl Essen, Jo Koul, Aren Robben, Frenk Lempard, Lassana Diarra, Ernan Krespo, Dide Drogba, Eydur Gudonsen va Damen Daff singari yulduzlarning hissasi katta bo'ldi. Roman Abramovich o'sha paytlari o'z klubiga mashxur futbolchilarni olib kelish uchun moliyaviy chiqimdan qochmas edi. Dunyoning yulduz futbolchilari bilan muzokaralar olib borilgan va aksariyati ijobiy yakunlangan. Rossiyalik millarder xattoki o'sha davr futbolining qiroli Andrey SHevchenkoni ham o'z "qarmog'iga ilintirgan" va Londonga olib kelishga erishgan. Ammo, "SHeva" klub bilan muxlis va mutaxassislar kutgan o'yinni namoyish qila olmagani hammamizga ayon. 2008 yilgi mavsumda “ko'klar” ECHL finaliga qadar yo'lni bosib o'tishdi. Oltin medallarni qo'lga kiritishdagi raqib esa – “Manchester Yunayted”. “Lujniki”da bo'lib o'tgan final bahsi ikki ingliz klubi uchun juda ahamiyatli edi. O'yinning asosiy vaqtida jamoalar bir-birlarini bittadan gol bilan “siylashdi” va slovakiyalik hakam Lyubosh Mixel raqiblarni penaltilar seriyasiga taklif qildi. Lotoreyalar seriyasidagi yutuq esa Ser Aleks Fergyusson shogirdlariga chiqdi. “Aristokratlar” safida Jon Terri va Nikolya Anelka 11 metrlik nuqtada adashgan bo'lsa, Kristianu Ronalduning noaniq zarbasi “Qizil iblislar”ning g'alabasiga to'sqinlik qilmadi. O'sha oqshom: Ronalduning bolalarcha g'alaba yig'isi bilan esda qoldi va bu safar Moskva ko'z yoshlarga ishondi!

Myunxen finalidagi quvonch


2010 yilgi mavsumda Karlo Anchelotti boshqaruvida jamoa o'zining to'rtinchi chempionligini va oltinchi bor mamlakat kubogidagi g'alabasini nishonladi. Premer-liga bahslarida esa turnir jadvali yakunida “aristokratlar” azaliy raqibi “Manchester Yunayted”ni atigi bir ochko farqi bilan ortda qoldirishga erishdi hamda klubning ivuarlik hujumchisi Dide Drogba 29 (13 golli pas) ta gol bilan birinchilik to'purariga aylandi. 2012 yil jamoa uchun ancha omadli keldi va “ko'klar” butun faoliyati davomidagi eng yirik va nufuzli g'alabalarini qo'lga kirita olishdi. ECHL finaliga etib kelgan klub hal qiluvchi bellashuvda Myunxenning “Bavariya” klubini mag'lub etdi. Final bahsi dramatik tarzda bo'lib o'tdi. Final uchrashuvi "Alyanc Arena"da bo'lib o'tishi nemis klubi uchun ikki hissa qo'shimcha imkoniyat edi. Ammo, “Bavariya”ga o'sha kuni uyida devorlar ham, qo'shimcha taymlarda berilgan penalti va muxlislari ham yordam bera olmadi. Hattoki, penaltilar seriyasida stadiondagi darvoza ustunlari ham myunxenliklarga qarshi chiqdi. Yupp Xaykens shogirdlari o'yinning 83-daqiqasida Myullerning aniq zarbasi evaziga oldinga chiqib oladi. Hamma o'yin taqdiri hal bo'ldi deb turgan vaziyatda katta sahnaga Dide Drogba chiqib keladi va burchakdan uzatib berilgan to'pni boshi bilan Manuel Noyer qo'riqlayotgan davrozaning to'qqizligiga joylab qo'yadi. Qo'shimcha taymlarda esa “CHelsi” darvozasiga belgilangan penaltini Aren Robben noaniq bajaradi va bu bilan jamoaning ruhiy holatini ancha cho'ktirib yuboradi. Robbenning o'zi lotoreyalar seriyasida nuqtaga yaqinlashishga kuch topa olmagan bo'lsa, jamoadoshlari Olich va SHvaynshtaygerlarning xatosi evaziga yakunda “aristokratlar”ga tarixiy g'alabani tuhfa etdi. “CHelsi”ning o'sha yillardagi vaqtincha bosh murabbiy Roberto Di Matteoning imzosi evaziga ECHL kubogiga o'z nomlarini chempion sifatida muhrlashdi. 2015 va 2017 yilgi mavsumlarda jamoa yana Premer-ligada g'oliblikni rasmiylashtirishgan bo'lsa, 2013 va 2019 yillarda Evropa ligasida ham tengsiz bo'lishga erisha oldi.

Bugungi kunda “aristokratlar”ni o'tmishdagi yulduz futbolchisi va sardori Frenk Lempard boshqarmoqda. Frenk faoliyati davomida “ko'klar” safida 429ta o'yinda ishtirok etgan va 147 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Joriy mavsumda esa klub bilan 10-tur natijalari bo'yicha 20 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadam “Liverpul”dan 8 ochko ortda qolgan holda, to'rtinchi pog'onani band qilib turibdi.


Klub rekordlari haqida ikki og'iz malumot:


Klubning Premer-ligadagi eng yirik g'alabasi:

8:0 – “Uigan”, 2010 yilgi mavsumda.
8:0 – “Aston Villa”, 2012 yilgi mavsumda.
Klubning Premer-liga tarixidagi eng ko'p gol urgan mavsumi:
38 ta o'yinda. 103ta gol. 2010 yilgi mavsumda.
Klubning Premer-liga tarixidagi eng kam gol o'tkazgan mavsumi:
38 ta o'yinda. 15ta gol. 2005 yilgi mavsumda.
Klubning Premer-liga tarixidagi eng ko'p ochko to'plagan mavsumi:
95 ochko. 2005 yilgi mavsumda.
Klubning eng uzoq davom etgan g'alabali seriyasi:
13ta o'yin. 2016 yil 24 sentyabrdan, 2017 yil 5 yanvargacha.

SHiddatli va ziddiyatli kechadigan Premer-ligada o'z o'yinlari bilan muxlislarini xushnud etib kelayotgan “aristokratlar” Angliya futbolida o'zlarining shonli tarixini oltin harflar ila bita olgan klublardan biridir.


Etiboringiz uchun rahmat!
Farruh Doniyorov

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика