Bilasizmi? O'zbekiston MTJ oxirgi 7ta o'yinda faqat bitta gol urdi
08 iyu 2018 13:21
Yangiliklar


Bilasizmi? O'zbekiston MTJ oxirgi 7ta o'yinda faqat bitta gol urdi
Bugun erta tongda O'zbekiston terma jamoasi o'zining navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Jahon chempionati ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi bilan kechgan bahsda vakillarimiz 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi ketma-ket uchinchi o'yinda gol urmasdan mag'lubiyatga uchradi. Umuman olganda biz oxirgi etti o'yinda faqat bitta to'p kirita oldik, xolos. SHunda ham Senegalga qarshi kechgan 1:1 hisobidagi nazorat bellashuvida. O'shanda Otabek SHukurov penaltidan gol urgandi.
O'zbekiston terma jamoasining oxirgi ettita uchrashuvi
Xitoy - O'zbekiston 1:0 (JCH saralash)
O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:0 (JCH saralash)
BAA - O'zbekiston 1:0 (O'rtoqlik o'yini)
Senegal - O'zbekiston 1:1 (O'rtoqlik o'yini)
Marokash - O'zbekiston 2:0 (O'rtoqlik o'yini)
Eron - O'zbekiston 1:0 (O'rtoqlik o'yini)
Urugvay - O'zbekiston 3:0 (O'rtoqlik o'yini)
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 1

Fikrlar