Bilasizmi? "Inter" Koko tufayli Klarens Zeedorfdan voz kechib yuborgan
02 iyu 2020 10:51
Yangiliklar
Bilasizmi? "Inter" Koko tufayli Klarens Zeedorfdan voz kechib yuborgan
Milanliklar g'alaba qozonsa, chempionlik masalasi hal edi. Biroq "Neradzurrilar" himoyachisi Bratislav Greshkoning qo'pol xatosi bahs taqdirini o'zgartirib yubordi (4:2) va "Inter" 3-pog'onaga tushib ketishini taminladi. Mazkur o'yindan keyin jamoa rahbariyati slovakiyalik himoyachidan zudlik bilan voz kechish kerakligini tushundi va uning o'rnini "Milan" azosi Franchesko Koko bilan to'ldirishga qaror qildi. Buning uchun "Inter" Zeedorfdan voz kechishga ham rozi bo'ldi. Malumot uchun, Klarens bu paytda 26 yoshda edi. U allaqachon "Ayaks" va "Real" bilan CHempionlar Ligasini yutgan, "Inter" va Niderlandiya terma jamoasi etakchisi edi. Zeedorf "Milan"da 10 yil to'p tepdi va afsonaga aylandi. Koko esa 5 yilni "Inter" zahirasida o'tkazdi (jarohatlar unga halal berdi) va 30 yoshida faoliyatini yakunladi.
Fikrlar