Bilasizmi?
22 noy 2017 17:09
Yangiliklar
Bilasizmi?
"Lokomotiv" safiga joriy mavsum avvalida kelib qo'shilgan SHuhrat Muhammadiev, Murod Bobojonov, Azizbek Omonov, Muhammad Kone, Blessing, Idris Bikmaykin, Bobur Davlatov kabi futbolchilar ilk bor O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'lishdi.

"Paxtakor"ga ikkinchi davrada o'tgan Eldorbek Suyunov va SHerzod Azamov esa ketma-ket beshinchi yil bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Bu borada ular mutloq rekordchi bo'lishdi.

Mavsumni "SHo'rtan"da boshlagan Umar Eshmurodov esa davralar oralig'ida "Nasaf" o'tib yakunda kumush medallariga ega chiqdi. "Bunyodkor"dan "Nasaf"ga ko'chib o'tgan Akmal SHorahmedov qatorasiga ikkinchi yil kumush medallariga sazovor bo'ldi. Himoyachi o'tgan yili "Bunyodkor" bilan 2-o'rinni ko'lga kiritgandi. Bu yili "Nasaf" bilan bu ishni takrorladi.

SHuningdek, "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze bosh murabbiy sifatida ilk bor sovrindor bo'ldi.
Gruziyalik murabbiy "Paxtakor" bilan bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Bu medal Arveladzening murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrin hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Реал" бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar