Beyl: "Uels yana bir yaxshi o'yin ko'rsatishga tayyor"
25 iyu 2021 21:46
Yangiliklar
Beyl: "Uels yana bir yaxshi o'yin ko'rsatishga tayyor"
Uels hujumchisi Garet Beyl Evro-2020'ning nimchorak finalidagi Daniyaga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Oldimizda yana bir katta mashaqqat turibdi. Daniya juda yaxshi jamoa, ularning uyushqoqlik bilan harakat qilishini bilamiz. Yana bir yaxshi o'yin namoyish etish uchun tayyormiz. Biz nima uchun futbol bilan shug'ullanamiz — yirik turnirlarda o'z mahoratimizni namoyon qilib, g'olib chiqish uchun. Qaerda ekanligimizni yaxshi bilamiz. Har bir uchrashuvimiz katta ahamiyatga ega ekanligini his qilyapmiz. Ertangi o'yindan boshqa narsa haqida o'ylashimiz mumkin emas. Biz shunchaki ertangi o'yinni kutmoqdamiz, bu haqda unutmasligimiz kerak", — deydi jamoa sardori.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 1/8 final doirasida Uels — Daniya uchrashuvi 26 iyun kuni Amsterdamda bo'lib o'tadi.
Fikrlar