Beyl Realning Evroittifoqdan bo'lmagan to'rtinchi futbolchisiga aylanadi
24 iyu 2016 15:38
Yangiliklar
Beyl Realning Evroittifoqdan bo'lmagan to'rtinchi futbolchisiga aylanadi
Buyuk Britaniyaning Evroittifoqdan chiqishi Realga muammo keltirib chiqaradi.
Ispaniya chempionati reglamentiga ko'ra klub o'z safida Evroittifoqdan bo'lmagan davlatdan uch nafar futbolchiga ega bo'lishi kerak. Ayni paytda Madridda Xames (Kolumbiya), Danilo va Kazemiro (ikkisi – Braziliya) ushbu limitda turishibdi.
Buyuk Britaniya Evroittifoqdan chiqqach Garet Beyl limitda 4-futbolchi bo'ladi. Bu esa muammo keltirib chiqaradi. Malumot uchun, Marselo, Keylor Navas kabi legionerlar Ispaniya fuqaroligini qabul qilib bo'lishgan.
Fikrlar