Beyl “Real”dagi eng qadrli g'alabasi qaysiligini oshkor qildi

Eldor Akmurzayev
22 apr 2020, 21:40
Madridliklar vingeri Garet Beyl Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatlardan birini tanladi.

“Agar “Real” bilan Chempionlar Ligasidagi eng sevimli g'alabamni tanlash kerak bo'lsa, bu desima (o'ninchi titul) bo'lar edi. O'shanda ilk marta mazkur kubokni ko'targandim, finalning so'nggi daqiqalarida g'alaba qozonish esa – bu o'zgacha tuyg'u.

Bular men uchun ajoyib xotiralardir

Yana bir qadrli kun – tug'ilgan shahrim Kardiffda “Yuventus”ga qarshi Chempionlar Ligasi finalidagi g'alaba. Hamma ham Chempionlar Ligasini o'z uyimda yutganman, deb ayta olmaydi”, deydi Beyl.

Eslatib o'tamiz, 2013/14 yilgi mavsum YCHL finalida “Real” hamshahari “Atletiko”ga qarshi to'qnash kelgan va madridliklar ekstra taymlarda (4:1) g'alabaga erishib, 10 titulni qo'lga kiritgan edi. Garet jamoasining 2-goliga mualliflik qilgan.

2016/17 yilgi mavsumning hal qiluvchi bahsida esa "Qirollik klubi" asosiy vaqtda "Yuventus"ni yirik hisobda (4:1) taslim etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BT Sport