So’nggi yangiliklar

09:15Туркия чемпионати. "Глатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  2 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  1 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  3 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  6 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  8 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  2 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   3 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  5 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  6

Beshta Jahon chempionatida ishtirok etgan Saudiya Arabistoni haqida Yangiliklar

Beshta Jahon chempionatida ishtirok etgan Saudiya Arabistoni haqida

Bugun, 14 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi yil o'yinini o'tkazadi desak mubolag'a bo'lmasa kerak.

Zero bu uchrashuv g'olibi juda katta ehtimol bilan yakunda guruh g'olibiga aylanadi. Biz odatga ko'ra o'quvchilarimizga bo'lajak raqibimiz haqida malumotlarni beramiz.

TARIX
Saudiya Arabistoni futbol Federaciyasi 1956 yil tashkil topgan hamda o'sha yilning o'zida FIFA va OFK azosiga aylangan. Terma jamoa dastlabki rasmiy uchrashuvini 1957 yil Livanga qarshi o'tkazgan. Saudiya faqat 1975 yilga kelibgina Osiyo Kubogi saralashi, keyingi yilda esa Jahon CHempionati saralashi doirasida o'yin o'tkazgan.

Saudiya Arabistoni uch marta Osiyo Kubogida g'olib bo'lgan. Bu holat 1984, 1988 va 1996 yillarda sodir bo'lgan. Bu jamoa o'z tarixida besh marta Jahon chempionati final bosqichlarida ishtirok etgan - 1994, 1998, 2002, 2006, 2018 yillarda.

Saudiya Arabistoni terma jamoasida turli yillarda ko'plab mashhur murabbiylar ishlashgan. Jumladan: Ferenc Pushkash, Mario Zagallo, Karlos Alberto Parreyra, Leo Benxakker, Nelu Vingada, Milan Machala, Gabriel Kalderon, Markos Paketa, Frank Raykaard, Bert van Marveyk.



BUGUNGI KUN
Bugungi kunda terma jamoada avlodlar almashinuvi davri davom etmoqda. Erve Renar O'zbekiston bilan o'yinga chaqirgan futbolchilar orasida eng yoshi kattasi Salmon Al Faraj hisoblanadi. U 30 yoshda. Tarkibda 8 nafar 23 yoshdan kichik futbolchilar bor. Eng yoshi 2000 yilda tug'ilgan Firas Al Buraykan.

Toshkentga kelgan futbolchilar orasida terma jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazganlar Yahyo Al SHehri (72ta), Salman Al Faraj (52), Yosir Al SHahroni (52). Hozir tarkibda bo'lganlar orasida eng ko'p gol urgan futbolchilar: Salim Al Davsari (10ta), Yahyo Al SHehri (8) va Navaf Al Obid (8).

Bugungi kunda terma jamoa o'zagi uchta klub vakillaridan tashkil topgan. Bular "Al Ittihod", "Al Hilol" va "Al Nassr". Etiborli jihati Saudiya Arabistoni terma jamoasidagi barcha futbolchilar mahalliy chempionatda o'ynashadi, yani tarkibda bironta legioner yo'q.


JCH-2022 SARALASHI
Saudiya Arabistoni terma jamoasi Jahon chempionati saralashining dastlabki turida dam oldi. Ikkinchi turda Erve Renar shogirdlari Bahraynda Yaman mehmoni bo'lishdi. Ko'pchilik mazkur bahsda Saudiya Arabistonidan osongina g'alaba kutgandi. Biroq uchrashuv davomida ikki marta hisobda ortda qolgan bo'lajak raqiblarimiz yakunda 2:2 hisobida durang qayd etishdi. "Yashil lochinlar" safida Xattan Bahebri va Salim Al Davsari gol urishdi.

Navbatdagi turda Saudiya o'z maydonida Singapur bilan to'qnash keldi va osonlik bilan 3:0 hisobida zafar quchdi. Abdulfattah Asiri dublga erishgan bo'lsa, yana bir golga Abdulloh Al Hamdam mualliflik qildi.

Nihoyat o'tgan turda Renar shogirdlari Falastin mehmoni bo'lishdi va yana kutilmaganda 0:0 hisobida durang qayd etishdi.

SHu tariqa 3ta o'yinda maydonga tushgan Saudiya Arabistoni bir g'alaba va ikki durang qayd etib 5 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinda bormoqda.


Saudiya Arabistoni futbol Federaciyasi
Laqabi –
“Yashil lochinlar”
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy – Erve Renar (Franciya)
Sardor – Yahyo Al SHehri
Eng ko'p o'yin o'tkazgan – Muhammad Al Deaya (178)
Eng ko'p gol urgan – Majid Abdulloh (71)
FIFA kodi - KSA
FIFA reytingidagi o'rni - 69 (2019 yil 24 oktyabr)

Birinchi rasmiy o'yin
Livan – Saudiya Arabistoni 1:1

1957 yil 18 yanvar, Bayrut, Livan.

Eng yirik g'alabasi
Timor Leste – Saudiya Arabistoni 0:10

2015 yil 17 noyabr, Dili, SHarqiy Timor.

Eng yirik mag'lubiyati
Misr – Saudiya Arabistoni 13:0

1961 yil, 6 sentyabr, Kasablanka, Marokash.

Jahon chempionatidagi ishtiroki - 5 marta (1994, 1998, 2002, 2006, 2018)
Eng yaxshi natijasi – 1/8 final (1994)

Osiyo Kubogidagi ishtiroki – 10 marta (1984, 1988, 1992, 1996YU 2000, 2004, 2007, 2011, 2015, 2019)
Eng yaxshi natijasi – chempion (1984, 1988, 1996)

Konfederaciyalar Kubogidagi ishtiroki – 4 marta (1992, 1995, 1997, 1999)
Eng yaxshi natijasi – Vice-chempion (1992)



BOSH MURABBIY

Ayni paytda Saudiya Arabistoni terma jamoasini franciyalik Erve Renar boshqarib bormoqda. 1968 yil Franciyada tug'ilgan ushbu murabbiy 1983-1998 yillarda o'rtamiyona klublarda futbol o'ynagan. Keyinchalik murabbiy bo'lib turli klub va jamoalarda ishladi. U Afrika terma jamoalaridagi faoliyati orqali dunyoga tanildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Renar 2011 yil Afrikaning o'rtamiyonadan ham pastroq bo'lgan Zambiya terma jamoasida ish boshladi va bir yil o'tib ushbu jamoa o'z tarixida ilk bor Afrika kubogi sohibiga aylandi! 2014 yilda murabbiy Kot-D'Ivuar ustoziga aylandi. Bir yil o'tib bu jamoa 23 yil ichida birinchi marta Afrikada tengsz bo'ldi. O'tgan yil u boshchilik qilayotgan Marokash terma jamoasi 1998 yildan buyon birinchi bor Jahon chempionatiga chiqdi. Renar shu yilning iyul oyida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Terma jamoadagi ilk uchrashuvni 10 sentyabr kuni Yamanga qarshi o'tkazdi va bu bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.



O'ZARO O'YINLAR TARIXI

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari shu kunga qadar o'zaro 10 marta o'yin o'tkazishgan. 4 marta vakillarimiz g'alaba qozonishgan, beshta uchrashuvda raqiblar ustun kelishgan va bitta bahsda durang qayd etilgan.

O'zaro dastlabki uchrashuv 1994 yil Xirosima mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlari doirasida bo'lib o'tgan. Rustam Akramov boshchiligidagi jamoamiz 4:1 hisobida g'alabaga erishishgan. Bizdan gollarni Sergey Lebedev, Mirjalol Qosimov va Igor SHkvirin (ikkita) urishgandi.

Ikkinchi bahs 2000 yilga to'g'ri keladi. Livan mamlakatida o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichida Saudiya Arabistoni terma jamoamizni 5:0 hisobida taslim qilgandi. O'sha musobaqada O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga ham sharmandali tarzda imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.

Navbatbagi to'qnashuv 2004 yilgi Osiyo Kubogida bo'lib o'tgan. Bu safar ham bitta guruhdan joy olgan bu jamoalar o'rtasidagi bahsda Aleksandr Geynrixning urgan goli O'zbekistonga g'alaba keltirgandi - 1:0.

Bu jamoalar JCH-2006 saralashi doirasida o'zaro ikkita uchrashuv o'tkazishgan. Toshkentda bo'lgan bahsda Anvarjon Solievning so'nggi soniyalarda urgan goli barchaning yodida bo'lsa kerak - 1:1. Saudiya Arabistonida o'tgan uchrashuvda esa mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.

2007 yilgi Osiyo Kubogida ham bu jamoalar to'qnash kelishgan. CHorak final doirasidagi bahsda Rauf Inileev boshchiligidagi terma jamoamiz ajoyib o'yin namoyish etgandi, biroq hakamlarning g'alati qarorlari tufayli Saudiya Arabistoni yakunda 2:1 hisobida zafar quchgandi.



JCH-2010 saralashi doirasida Toshkentda bo'lgan uchrashuvda Inileev shogirdlari bu raqibni har tomonlama taslim qilishgandi - 3:0. To'lib toshgan MHSK stadioniga kelgan muxlislar Timur Kapadze, Maksim SHackix va Server Jeparovning gollariga guvohi bo'lishgan. Mazkur g'alaba Toshkentda bu jamoa ustidan qo'lga kiritilgan hozircha so'nggi g'alaba bo'lib turibdi.

Ar-Riyoddagi bahsda esa vakillarimiz 0:4 hisobida yutqazib qo'yishgan edi.

2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida 2010 yil oktyabr oyida bu jamoalar Jidda shahrida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgan. Unda Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.

Nihoyat Saudiya Arabistoniga qarshi hozirga qadar eng so'nggi bahs 2015 yil bo'lib o'tgan. Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoamiz 3:1 hisobida g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqqan edi. O'zbekiston terma jamoasi safida Sardor Rashidov dubl qayd etgan, yana bitta golga Vohid SHodiev mualliflik qilgan edi - 3:1.


Saudiya Arabistoni terma jamoasining O'zbekiston bilan o'yin uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar:
Muhammad Al-Ovays ("Al-Ahli"), Favaz Al-Qarni ("Al-Ittihod"), Amin Buxari ("Al-Ittihod").

Himoyachilar: Abdullah Madu ("Al-Nasr"), Ziyod Al-Sahafi ("Al-Ittihod"), Muhammad Al-Xabrani ("Al-Ahli"), Hassan Al-Tombakti ("Al-Vahda"), Yosir Al-SHahroni ("Al-Hilol"), Saud Abdulhamid ("Al-Ittihod"), Muhammad Al-Breyk ("Al-Hilol"), Abdulrahmon Al-Obayd ("Al-Nasr")

Yarim himoyachilar:
Abdullah Al-Haybari ("Al-Nasr"), Abdullax Otayf ("Al-Hilol"), Abdulrahmon Al-Dossari ("Al-Nasr"), Abdullah Al-Malki ("Al-Ittihod"), Salmon Al-Faraj ("Al-Hilol"), Salim Al-Davsari ("Al-Hilol"), Yaxyo Al-SHehri ("Al-Nasr"), Abdulaziz Al-Bishi ("Al-Ittihod"), Abdulfattoh Asiri ("Al-Ahli"), Navaf Al-Obid ("Al-Hilol"), Xattan Bahebri ("Al-Hilol")

Hujumchilar: Firas Al-Buraykan ("Al-Nasr"), Abdullah Al-Hamdan ("Al-SHabab"), Harun Kamara ("Al-Ittihod").



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика